Foydali qazilmalarning turlariga qarab ularni qo'yidagi asosiy guruhlarga bo'lish mumkin
Download 25.85 Kb.
|
Музаффар 2-20
Kirish Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarish unumdorligini rivojlanishi, bugungi demokratik davlatimizda kelajak avlodlar uchun ko'pgina hollarda mineral xom ashyolarni qazib olish va ularni qayta ishlash ko'rsatkichlariga bog`liq bo'ladi. Foydali qazilmalar – asosan organik va noorganik tabiiy minerallar bo'lib, hozirgi rivojlangan texnologiyalar yordamida tabiiy va qayta ishlangan holda xalq xo'jaligida yuqori samara bilan foydalanish mumkin bo'lgan mahsulotga aytiladi. Foydali qazilmalar manbasi konlar, ya'ni erning geologik ta'sir natijasida foydali qazilmalarning bir joyga to'planishi hisoblanadi. Foydali qazilmalar qattiq , suyuq va gazsimon holda bo'ladi. Foydali qazilmalarning turlariga qarab ularni qo'yidagi asosiy guruhlarga bo'lish mumkin: 1. Metalli foydali qazilmalar - qora va rangli metallar olish uchun xom ashyo. xisoblanadi. 2. Nometall foydali qazilmalar - qurilish, keramika va boshqa mahsulot olish uchun xom ashyo xisoblanadi. 3. Tabiiy yoki qayta ishlangan holdagi yoqilg`i yoki ximiya sanoati uchun xom ashyo hisoblangan, yoqilg`i qazilmalari. Foydali qazilmalar xalq xo'jaligining asosi hisoblanadi, biror bir tarmoq yo'qki foydali qazilmalar yoki ularning qayta ishlangan mahsulotlari ishlatilmasa. O'zbekiston konlarining foydali qazilmalarga nihoyatda boyligi, bir necha o'n million tonna qazib oladigan va qayta ishlaydigan yuqori texnik-iqtisodiy ko'rsatkichli yirik mexanizatsiyalashtirilgan boyitish va metallurgiya korxonalari ko'rish imkonini beradi. Konchilik sanoati, hozirgi zamon texnika darajasida metall yoki mineral mahsulot olish imkonini beradigan qattiq xom ashyoni beradi va qayta ishlaydi. Foydali qazilma konlarini qayta ishlashda er ostidan qazib olishni ko'paytirish va ulardan kompleks foydalanish asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Bu qo'yidagilar bilan izohlanadi: - yangi konlarini izlab topish va sanoat miqiyosida o'zlashtirish uchun ko'p mablag` va mehnat sarflanishi; - xalq xo'jaligi tarmoqlarida ruda tarkibiga kirgan deyarli barcha mineral komponentlariga bo'lgan talabni oshishi; - chiqindisiz qayta ishlash texnologiyasini yaratish va bu bilan ishlab chiqarish chiqindilari bilan atrof muhitni ifloslantirmaslik. Shu sabablarga ko'ra, konlardan sanoat miqiyosida foydalanish imkoni nafaqat uning qiymati va foydali qazilma miqdori, uning zahirasi, geografik joylashishi, qazib olish va transportirovka qilish shartlari, boshqa iqtisodiy va siyosiy omillarga, balki qazib olinayotgan rudani yuqori samara bilan qayta ishlash texnologiyasi mavjudligiga ham bog`liq. Rudalar – metall va uning birikmalaridan tashkil topgan mineral bo'lib, tabiiy kimyoviy birikmalar hisoblanadi. Ruda tarkibidagi minerallar, qimmatbaho komponentlar va puch tog` jinslaridan iborat bo'ladi. Bunday minerallarga misli (xalkozin, xalkoprit,), ruxli (sfalerit, smitsonit),qo'rg`oshinli (galenit, tserussit) va hokazolar kiradi. Puch tog` jinslarga tarkibida ajratib olinadigan va qimmatli metall bo'lmagan jinslar kiradi. Bunday minerallarga kvarts, karbonatlar, silikatlar va hokazolar kiradi. Bu erda foydali mineral, zararli yoki foydali qo'shimcha, puch tog` jinslari tushunchalarining nisbiyligini ta’kidlab o'tish lozim. Mineralning bu tushunchalarning qaysi biriga mansubligi faqat foydali qazilmani berilgan turigagina bog`liq. Bitta mineralning o'zi dastlabki mahsulotda foydali, boshqasida esa puch tog` jinsi bo'lishi mumkin. «Puch tog` jins» tushunchasi ham shartli hisoblanadi. Chiqindisiz metallurgik texnologiya va jarayonlar yaratishga yo'naltirilgan metallurgik texnologiyaning taraqqiyoti, qurilish materiallari olish uchun puch tog` jinslarning barcha komponentlaridan foydalanish mumkinligini isbotladi. Boyitma tarkibida mahsulotlardagi foydali mineral va foydali qo'shimchalarning asosiy qismi bo'lsa , chiqindida puch tog` jinslari va zararli qo'shimchalarning katta qismi ajratiladi. Chiqindi boyitish jarayonidan chiqarib tashlanadi va chiqindilar maydonida yig`iladi, boyitma esa keyingi qayta ishlash va ishlatishga jo'natiladi. Rudaning tarkibi odatda kimyoviy yo'l bilan aniqlanadi. Biroq amalda buning o'zi kamlik qiladi. Xom ashyo tarkibida mavjud bo'lgan minerallar turini (mineralogik tarkib) va qayta ishlanayotgan xom ashyoning barcha komponentlarining minerallar bo'yicha taqsimlanishini ( fazoviy tarkib ) larini bilish kerak. Mineralogik va fazoviy tahlilni bilish, metallurgik qayta ishlaganda xom ashyo tarkibidagi barcha komponentlarining o'zini tutishini oldindan aytish, to'g`ri ratsional texnologiyani tanlash va boyitish jarayonlaridagi amallarni to'g`ri bajarish imkonini beradi. Boyitish texnologiyasini rivojlanishi va takomillashuvi hamda xom ashyodan kompleks foydalanishning oshishi, ya'ni qancha ko'p qimmatli komponent olinsa, shuncha asosiy metallning kam miqdori bilan iqtisodiy va texnik jihatdan rudani qayta ishlash samarali bo'lishi isbotlandi. Rudalar ham, boshqa foydali qazilmalar singari, er yuzasida tabiiy ravishda to'planadi, bu to'planish kon deb ataladi. Geologiya va konchilik ishining asosiy vazifasi boyitish fabrikalari va metallurgik korxonalarni kerakli tabiiy xom ashyo va qo'shimcha materiallar bilan o'z vaqtida ta'minlash hisoblanadi. Konlardagi ruda zahiralari miqdoriy va sifatli xususiyatlari inobatga olinib, shuningdek ularni o'rganish bosqichiga qarab bir necha kategoriyalariga xalq xo'jaligidagi ahamiyatiga qarab balansli va nobalansli turlarga bo'linadi. 1 - kategoriyadagi konlarga bevosita ishlatish mumkin bo'lgan konlar yoki konchilik korxonalari qurish uchun loyihalash, ishlab chiqish va texnik loyihalar tuzish uchun geologik ma'lumotlar bilan ta'minlash kiradi. 2 – kategoriyadagi konlarga, qushimcha geologik izlanishlar talab qiladigan, lekin loyihalash shartlari ishlab chiqishga yaroqli konlar kiradi. 3 – kategoriyaga, yuqori kategoriyali topilgan konlar atrofidagi taxminiy zahiralar tushuniladi. Bu kategoriyadagi kon zahiralari tarmoqning kelajakdagi rejalarini tuzishda foydalanish imkonini beradi. 4– kategoriyaga zahiralari geologik taxminlar yordamida topiladigan kon va minerallashgan zonalar kiradi. Ular xalq xo'jaligini rejalashtirish va geologik – qidiruv ishlarini rejalashtirishda muhim hisoblanadi. Balansli rudalarga mavjud yoki sanoat bilan o'zlashtirilayotgan taraqqiy etgan yuqori texnologiya yordamida iqtisodiy samara bilan foydalanadigan foydali qazilma zahiralari kiradi. Nobalans rudalardan foydalanish hozirgi vaqtda iqtisodiy samara bermaydi yoki texnik imkon yo'q, biroq qayta ishlash texnologiyasining taraqqiy etishi bilan balansli kategoriyaga o'tishi mumkin. Ruda konlarini o'zlashtirish va xom ashyoni boyitish va metallurgik korxonalarga etkazish bilan konchilik sanoati shug`ullanadi. Ruda konlarini o'zlashtirishda ochiq, yopiq va aralash usullardan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda xalq xo'jaligining barcha sohalarida ishlab chiqarishni yangi dastgohlar bilan almashtirish, ishlab chiqarish unumdorligini oshiruvchi, material resurslarni tejab ishlatuvchi, ishlab chiqarishga tamoman yangi texnika va materiallarni, ilg`or texnologiyalarni joriy etib, yuqori quvvatli va samarali dastgohlarni yaratish dolzarb masala hisoblanmoqda O'zbekiston dunyodagi juda katta oltin, kumush va boshqa qimmatbaxo hamda er bag`rida kam uchraydigan metallar zaxiralariga ega bo'lgan davlatlar jumlasiga kiradi. Rudalardan oltin va kumush ajratib olish texnologiyasi juda murakkabligi , uning moddiy tarkibining nihoyatda xilma –xilligi va asosiy component hisoblanuvchi oltinning dastlabki ma'dan tarkibidagi miqdorining kamligidir. Oltinning ajratib olish texnologiyasida gravitatsiya va flotatsiya usulida boyitish , gidrometallurgiya , pirometallurgiya , kuydirish kabi usullarni o'z ichiga oladigan tarmoqlangan sxemalar qo'llashni talab etadi. Bu malakavi bitiruv ishida Zarmiton koni oltinli rudalarini boyituvchi fabrikaning texnologik sxemasini tanlash va hisoblashdir. Zarmitan oltin koni , NKMK ning janubiy kon boshqarmasiga qarashli bo'lib ma'muriy jihatdan Samarqand viloyatining Qo'shrabod tumani tarkibiga kiradi. Eng yaqin aholi maskanlaridan tuman markazi qo'shrabod – kon maydonining janubi-harbiy tomonida 14 km masofada joylashgan, Samarqand shahrigacha masofa – 120 km, temir yo'l bekati Kattaqo'rg`on shahrida – 80 km masofada joylashgan. Samarqand rudali hududida ochilgan birinchi oltin koni Qoraqo'ton koni (Zirabuloq-Ziyoviddin tog`ida) hisoblanadi. Undan keyin Zarmiton va Marjonbuloq konlari ochilgan. Bu konlarni rudalari Marjonbuloq OSF da ajratib olingan. Keyinchalik Janubiy Nurota tog`ida olib borilgan izlanishlar natijasida to'rtta oltin rudli konlar – Sarmich, Biran, Jizlan va Oltinqazgan konlari ochildi. Sarmich konidagi bita ruda tanasi “O'zbekoltin” trestining Ziyoviddin arteli tomonidan qazib olina boshlandi. Samarqandning rudali hududida eng yirik va qimmatbaho metallar zahirasiga boy maydon Zarmiton rudali maydoni hisoblanadi. Bu erda uchta yirik kon – Zarmiton, G`ujumsoy va Yangibuloq konlari joylashgan. Zarmiton maydonining oltin rudali ob'ektlari umumiy geologik tuzilishga, bitta texnologik tsiklga ega, rudalar morfologiyasi va tarkibi bitta turga ega hisoblanadi. Zarmiton oltin koni yuqori rentabelli yirik sanoat ob'ekti hisoblanadi. Zahiralarning asosiy qismi er ostida ma'dan tanalarini shaxta orqali ochish usulida qazib olinadi. Zarmiton rudali maydonida istiqbolda konning unumdorligini o'stirish, yangi sanoat korxonalari qurish, chet el investorlarining sarmoyalarini jalb qilish ko'zda tutilgan. Zarmiton oltin konidan keltirilgan rudalar GMZ №4 boyitish fabrikasiga yuboriladi . U erda gravitatsiya usulida boyitilib, sianlab corbsiya jarayoni yordamida ion almashgich smolaga yuttiriladi va NTKM kombinatiga yuboriladi. Download 25.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling