Frank va Gers tajribalari

Download 0.57 Mb.
bet3/4
Sana02.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1075219
1   2   3   4
Bog'liq
Frank va Gers tajribalari

to‘qnashuvlar bo‘ladi. Bu tajribalardan elektronlar energiyasi har 4,9 eVga oshganda simob atomlari bilan noelastik to‘qnashuvlar bo‘lishiko‘rinadi. Demak, tajribada simob atomida 4,9, 9,8, 14,7 eV diskret energiyalarga ega bo‘lgan stasionar holatlar mavjudligi aniqlandi Atomdagi holatlar kvantlangan bo‘lib, faqat diskret DE=E2–E1=9,8– 4,9=4,9 eV energiyalarnigina qabul qilishi yoki chiqarishi mumkin. Noelastik to‘qnashuvlarda 4,9 eV energiyani qabul qilgan simob atomlari uyg‘ongan holatga o‘tadilar.

Uyg‘ongan holatda 10–7–10–8 sekundgina yashab, so‘ng olgan energiyalarini yorug‘lik (chaqnash) kvant sifatida chiqarib yana asosiy holatga o‘tadilar. Simob atomi nurlanishida chiqargan energiyasi 4,9 eV ga teng. Yoki boshqacha aytganda, simob atomlari asosiy holatdan uyg‘ongan holatga o‘tishida energiyani yutadi, atom uyg‘ongan holatdan asosiy holatga o‘tishida yutgan energiyasini yorug‘lik kvanti ko‘rinishida chiqaradi. Atom chiqaradigan diskret qiymatdagi energiyalar diskret spektrni hosil qiladi. Energiyaning har bir diskret qiymatiga spektrda ma’lum spektral chiziq to‘g‘ri keladi. Umumiy holda o‘tishlar ikki uyg‘ongan holatlar orasida bo‘lishi mumkin. Pastki energetik sathdan yuqoriga o‘tishda energiya yutiladi, yuqori sathdan pastki sathga o‘tishda esa energiya chiqariladi. Asosiy holat qatnashadigan o‘tishlar rezonans o‘tishlar deyiladi. Simob atomi chiqaradigan 4,9 eV energiya (yorug‘lik kvanti) simob atomining to‘lqin uzunligi 253,7 nm bo‘lgan rezonans chizig‘iga tegishlidir, ya’ni simob atomi 4,9 eV energiya chiqarganda rezonans o‘tish bo‘ladi, chunki bunda asosiy holat qatnashadi. 4,9 V simob atomi rezonans potensiali deyiladi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling