Frankfurtdagi nasa kosmik kemalari muzeyi, 2022-yil, Germaniya
Download 16.26 Kb.
|
Yozma ish
Yozma ish Frankfurtdagi NASA kosmik kemalari muzeyi, 2022-yil, Germaniya. Insoniyat tarixidagi eng shov-shuvli voqealardan biri Apollon-15 (Oydan tuproq namunalari olib kelingan) missiyasida qatnashgan reaktiv raketaning maketiga yosh o’smir yigit juda katta qiziqish va zavq bilan qarab turibdi. Inson agar xohlasa, juda ko’p narsaga qodir ekanligini shu oddiygina misol bilan uning qiziqishlari orqali tushunib yetayotgandi. Ko’ngliga qachondir u ham shu chegaralarni zabt etishini tugib qo’ygan o’sha yosh yigit men edim. Qiziqishim tobora hayotim mazmuniga aylanib borayotganligi sababli, magistraturani ushbu soha rivojlangan va eng yaxshi reytinglardagi universitetlardan birida o’qish va ularning muvaffaqiyat sirlarini o’zimizning astronomiya sohasiga qo’llashni o’zimga maqsad qilib qo’ydim. Soham pedagogika (matematika) bo’lishiga qaramay, ish tajribam davomida o’quvchilarga qo’shimcha astronomiya sohasidan bilimlar berardim. Universitetni tamomlagandan so’ng, oldimda soham va qiziqishimni qanday bog’lashim haqida o’ylovlar turardi. Aynan shu tufayli, amaliy matematika bo’limidagi “differensial tenglamalar” sohasini tanladim. Chunki bu sohaning foydalari va tadbiqlari ayni rivojlanib borayotgan O’zbekistonimiz uchun beqiyosdir. Fizika, iqtisodiyot, texnika va boshqa javhalarning muammolarini yechish va masalalarini tekshirish aynan differensial tenglamalarni yechishga olib keladi. Jumladan, tibbiyotda, neft-gaz konlarini qidirishda, zilzilalarni oldindan bilishda, yerosti qazilma boyliklarini aniqlashda tovush to’lqinlari yordamida differensial tenglamani yechimini topish orqali hal qilinadi. Shuningdek, uning astronomiya sohasiga bog’liqligi shundaki, har qanday kosmik kema va reaktiv samolyotning harakat qonunlarini aniqlash va ularning iloji bo’lgan vaqt va masofa chegaralarini toppish aynan differensial tenglama tuzib, uni yechish orqali o’z ijobiy yakunini topadi. Mustaqillik davridan so’ng, O’zbekistonlik fazogirlar ilk marotaba ochiq kosmos chegaralarini zabt etishini judayam xohlardim. Izlanish olib borayotgan soham orqali bunga erishish mumkinligiga, kerak bo’lsa, Oyda O’zbekiston bayrog’ini qadalishiga shak-shubham yo’q. Muhtaram Prezidentimizning hozirgi kunda yoshlar uchun yaratayotgan keng imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida matematikaning “amaliy matematika” yo’nalishida Rossiya Federatsiyasida joylashgan Novosibirsk davlat universitetida magistratura bosqichida tahsil olyapman. So’ngra bu imkoniyatlarga javob sifatida o’rganilgan bilimlar va egallangan tajribalar orqali yuqorida sanab o’tilgan sohalarni O’zbekistonimiz amaliyotida qo’llashim ̶ Vatanimizni iqtisodiy va siyosiy jihatdan yanada yuqori pog’onalarni egallashiga sababchi bo’ladi desam mubolag’a bo’lmaydi va buni o’zim uchun oliy maqsad qilib qo’yganman. “El-yurt umidi” fondi esa aynan shu ko’lamda katta yordam va Vatanim tomonidan menga berilgan qo’llab-quvvatlash bo’lib xizmat qiladi. Uning stipendianti bo’lish esa, insondan yanada mas’uliyatliroq bo’lishni, har bir o’tkazilgan vaqt, egallangan bilim va oshirilgan tajriba esa o’z Vatanim rivojiga ulkan hissa bo’lishi uchun qattiq mehnat qilishni talab qiladi. Chunki sizni yaqinlaringiz, oilangiz kutyapti, sizni Vatan kutyapti. Sizni kelajak avlod siz yaratgan imkoniyatlar orqali eslaydi. Siz Vatanning va el-yurtning umidisiz!!! Berdimurodov Amriddin Jalil o’g’li 08.11.2023 Download 16.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling