Frans gaz modda holatlaridan


Download 62.57 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi62.57 Kb.
#209924
Bog'liq
Gazlar - Vikipediya



Gazlar

Gazlar (frans. gaz) — modda holatlaridan

biri. Har bir modda temperatura va bosim

oʻzgarishiga qarab qattiq, suyuq va gaz

holatda boʻladi. Mac, suv qattiq (muz),

suyuq (suv) yoki gaz (bugʻ) holatda

boʻlishi mumkin. G. molekulalari

siqiluvchan, harakatchan, zichligi juda

kichik, birbiri bilan tez aralashadi. G.

tashqi taʼsir boʻlmaganda idish hajmining

hammasini egallaydi. G. molekulalari

orasidagi tortishish kuchi qattiq va suyuq

jism molekulalarinikidan ancha kichikdir.




Normal sharoit (273, 15K temperatura va

1,01 105 Pa bosim)da G. zichligi

suyukliklar zichligiga nisbatan 1000

baravar kam yoki gaz molekulalari

orasidagi masofa suyuqliklarnikiga

nisbatan 10 baravar katta boʻladi.

Shunday boʻlsa ham normal sharoitda 1

sm3 gazda 310" dona molekula bor. G.

uchta kattalik: bosim (r), hajm (V) va

temperatura (T) bilan ifodalanadi. Bu

kattaliklar maʼlum boʻlsa, gaz holatini

aniqlash mumkin. r, V va T kattaliklarning

oʻzgarishi bir-biriga bogʻliq. Holatining

oʻzgarishiga qarab, G. har xil xususiyatli

boʻladi. Mas, kuchli siqilgan gazning fizik

xususiyatlari normal bosimdagi

gaznikidan farq qiladi. Normal bosim va



temperaturadagi G. holati Klapeyron

tenglamasi ifodalanadi Bu tenglamada

molekulalarning oʻzaro taʼsir kuchi va

xususiy hajmi hisobga olinmagan,

shuning uchun bu qonunga

boʻysunuvchan G. ideal G. deyiladi.

Tabiatda ideal G. yoʻq, lekin normal

sharoitdagi va yana ham yuqori

temperatura va past bosimdagi G.ga

Klapeyron tenglamasini tatbiq qilish

mumkin. Bosim juda yuqori va

temperatura juda past boʻlgan sharoitda

Van-der-Vaals tenglamasi R + -jkW ‘ b) = f

RT tatbiq qilinadi. Bunda Pi = -^g —

molekulalarning oʻzaro taʼsiridan paydo

boʻlgan ichki bosim, — molekulalarning

xususiy hajmi; a — berilgan G. uchun



oʻzgarmas kattalik. Van-der-Vaals

tenglamasiga boʻysunuvchi G. real G.

deyiladi. Normal sharoitda G.da issiqlik

oʻtkazuvchanlik, diffuziya hodisalari va

boshqa ichki hodisalar kuzatiladi. Bu

hodisalar molekulalarning doimo

tartibsiz harakati va bir-biri bilan

toʻqnashuvi natijasidir Normal sharoitda

G. oʻzidan elektr toki oʻtkazmaydi, lekin

bosim va temperaturaning oʻzgarishi

bilan G.ning bu xususiyati oʻzgaradi. Har

qaysi real gaz oʻziga xos kritik

temperatura (Tk) gacha sovitilganda

suyuqlikka aylanadi. Mas, suv uchun

Tk=374,2°K, shunda suv bugʻ holatida,

kislorod uchun TK=91,14°K, shunda u gaz

holatida boʻladi va h.k.



G.ning barcha turlari moddiy dunyoning

ham energetik boshqaruvchisidir, chunki

kislorod-azot G. aralashmasi yoqilgʻilarni

(ichki energiyasi moʻl moddalar

majmuasi) turli sohalarda yoki umuman

tabiatda yonishi (vulkanlar harakati, katta

oʻrmon hududlarining oʻt olishi va

boshqalar) maʼlum darajada

planetamizning hozirgi energetik holatini

ham boshqarib turadi. G.ning noyob

oksidlanish va oksidlash, yoqish va

yondirish, portlash va portlatish

xossalaridan hayotimizda, xalq

xoʻjaligida, texnikada va ulkan hajmdagi

loyihalarni amalga oshirishda

foydalaniladi. G. chiroklari, lampalari,

alangalatkichlari, oʻchoqlari,



kavsharlagichlari, yoritkichlari, turbinalari,

isitkichlari, dvigatellari, kondensatorlar,

sovitgichlar, ochgichlar, turbinali elektr

stansiyalar, turbinali avtomobillar,

lokomativ turbovozlari, lazerlari va

boshqa taraqqiyotning asosiy mohiyatini

belgilaydi. Bunda yuqorida keltirilgan

aynan G.dan tashqari neftni qayta

ishlash, yoʻlakay, tabiiy yonuvchan

(metan, etan, propan, butan) G.dan

amalda keng foydalaniladi Neftni qayta

ishlash G.i neftning termokrekingi yoki

haydash mahsulotlarining katalitik

krekingi, pirolizi hamda katalitik

gidrogenlashdan hosil boʻladi. Neftning

tezlik krekingidan hosil boʻladigan G.

tarkibi aynan olingan neft turiga, chuqur



kimyoviy qayta ishlanganda esa

jarayonlar olib borish usullari va

sharoitlariga bogʻliq boʻladi Neftni chuqur

kimyoviy qayta ishlash jarayonida G.

tarkibida toʻyinmagan G. ham hosil

boʻladi. Bu G. sanoatda organik va neft-

kimyoviy sintezlarda yarim mahsulot yoki

monomerlar sifatida koʻp qoʻllaniladi.

Respublikamizda Koʻkdumaloq "neft-

gazokondensat-gaz" konida yoʻlakay

G.dan foydalanish tajribadan oʻtmoqda.

Bu G. tarkibida metan — 89%, etan —

0,3%, propan — 0,2%, butanlar — 0,6%, G.

kondensati — 6—7% va boshqa G. (N2,

CO2, H2S) - 1,2% boʻladi. G. sanoatda

keng ishlatiladi (qarang Gaz sanoati).




Ahmadjon Alimov.

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Axmedov R. B., AtadjanovA. R., Gaz v

narodnom xozyaystve Oʻzbekistana, T.,

1974;

Baroz V. I., Dobicha neftyanogo gaza,



M., 1983.

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Adabiyotlar




  Soʻnggi tahrir 2 yillar avval EdgarsBot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Gazlar&oldid=2002813



" dan 

olindi 

Download 62.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling