Frans Kafka (1883-1924)
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Frans Kafka (1883-1924) 2
ko‘ra, mana shu joyni qo‘riqlab turishga mahkum, u bu joyni-postni tashlab hech qayoqqa ketishi mumkin emas...», -deydi ruhoniy. Chindan ham, uning bu gaplarida mantiq bor.
Lekin bu mantiq insonning erkini bo‘g‘ishga, uni boshi-keti yo‘q chigalliklar zanjiriga mahkamroq bog‘lab tashlashga xizmat qiladi. Yozuvchi esa asarda aynan shu singari mantiqqa qarshi isyon qiladi. U insonni hamma narsadan, hatto qonundan ham baland, undan ham ozod ko‘rishni istaydi. Shuning uchun ham K. ning: “Butun tuzumni yolg‘on zabt etajak», -degan gapi asar mohiyatini aks ettiradi deyish mumkin. Chunki adibning fikricha, yorug‘ olamning maqsadi bo‘lmish insonning erkiga daxl Aim.uz qiladigan mantiq yolg‘on va yovuz mantiqdir. Kafka romanda shaxs hamma narsadan hur va yuqori turishi kerak degan g‘oyani aks ettiradi. Lekin hayotning tartiblari bu g‘oyaga mutlaqo teskaridir. Shuning uchun ham nimaligi ma’lum bo‘lmagan aybi uchun hukm qilingan qahramonning o‘ldirilayotgan paytdagi: “Xuddi it kabi», -degan so‘nggi so‘zlari odam umriga berilgan o‘ziga xos baho va insonning jamiyat tomonidan nechog‘lik xor qilinganligining yorqin ifodasi deyish mumkin. Kafka inson hayoti ma’nisizligi asosini odam intilishlarining cheksizligi va voqelik beradigan imkoniyatlarning chegaralanganligi o‘rtasidagi tuganmas qarama-qarshilikda deb biladi. Odam juda ko‘p narsaga erishmoqchi bo‘ladi, o‘shalarga tinim bilmay intiladi, o‘zidan kechadi, lekin ko‘pincha hech qanday natijaga erisholmaydi. Kafka asarlarida inson zotining mana shu ojizligi butun fojiasi bilan aks ettirilgan. «Jarayon» romanidagi timsollardan biri savdogar Blokning: «..go‘yo ayblanuvchining taqdiri uning qiyofasida, ayniqsa, uning lablarida shundoq ko‘rinib turarmish. Ha, hakam sizning lablaringizga qarab hukm chiqaradi...», -degan gapi sudlarning nechog‘lik «jiddiy»ligini ko‘rsatishi jihatidan muhimdir. Ko‘rinadiki, inson hayoti, uning umri sudlar uchun sariq chaqachalik qimmatga ega emas, sudlovchilar javobgarning lab bichimiga qarab turibgina hukm chiqarishi mumkin. Adolat, qonun degan tushunchalar umum-jahon yovuzligi oldida hech narsaga arzimaydi. Bu qadriyatlar hech kimga kerak emas. Inson-ojiz, ilojsiz, mahkum. Odamning bu holati Blok tilidan aytilgan: “Bilganingizdek, men savdogarman, birinchi navbatda, hozirgiga qaraganda ham ko‘proq savdo ishlari bilan shug‘ullansam derdim, buning uchun esa ish oxirigacha yetib borishi yoki hech bo‘lmaganda, qandaydir darajada ravnaq olishi kerak edi. Buning o‘rniga, ma’no mazmuni bir xil bo‘lgan adoqsiz tergovlar olib borilardi, men ulardagi javoblarni, xuddi ibodatdagi oyatlar kabi yoddan, hech narsani o‘ylamasdan aytib bera olaman, har haftada bir necha marta suddan idoramga yoki uyimga... tinimsiz chaqiruv qog‘ozi yuboriladi, ...ammo yaqin kunlarda, hech bo‘lmasa, ishni ilk bor ko‘rish haqida biron-bir alomat ko‘rinay demasdi», -gaplari ijtimoiy muhit va inson munosabatlari mohiyatini ochishi jihatidan katta ahamiyatga egadir. Romanda boshi-keti yo‘q sud jarayoniga tortilgan qahramonlardan birining: ,,..ishni ko‘rib chiqishni hech kirn tezlashtirishi mumkin emas, arz qilib, ishni bir yoqlik qilishni talab qilib, qattiq turib olishim behuda, bu ularga yetib ham bormaydi...», -tarzidagi iqrorida shafqat bilmay, sovuqqonlik bilan yurayotgan yovuzlik mashinasi qarshisida odam ilojsiz, intilishlari besamar, kelajagi yo‘q ekanligi butun dahshati bilan ko‘rsatilgan. Jarayonning g‘ayri-insoniyligi shunchalikki, vazifasi javobgarlarni oqlash, ularga ko‘mak berish bo‘lgan oqlovchilar ham ularni qiynash, odamni qonunga yemish qilish bilan shug‘ullanadilar. Shuning uchun ham bosh qahramon K.: “Demak, oqlovchining ish uslubi o‘zi shunaqa: Mijozini butunlay yorug‘ olamdagi hamma narsani unutib qo‘yish darajasigacha olib borish, uni yolg‘on bir yo‘l bilan hukm o‘qilguncha umid uzmaslikka majbur qilib turishdan iborat», -degan xulosaga keladi. Bu uning jamiyat mohiyatni anglab yetgani natijasidir. O‘zingiz ko‘rdingizki, F. Kafkaning asarlari og‘ir o‘qiladi. Ularni o‘qib orom olish, lazzatlanish mumkin emas. Avvalo, ularni tushunish, qahramonlarning ruhiy holatini tuyish juda og‘ir kechadi. Chunki bu qahramonlarni yaratgan yozuvchining o‘zi boshqa odamlarga mutlaqo o‘xshamaydi. U olamni o‘zigagina xos ko‘z bilan ko‘radi. Birinchidan, Kafka hayotdan nusxa olmaydi, undan o‘rganmaydi, balki asarlarida o‘z bilganicha hayot yaratadi. Uning asarlari qahramonlari ham adib yaratgan ana shu hayotning qonunlariga muvofiq umr kechirishadi, mavjud bo‘lishadi. Ikkinchidan, ijtimoiy tuzumning har qanday mexanizmida faqat insonga zug‘um qiluvchi, zulm o‘tkazuvchi vositani ko‘rgan adib, insonni qora ranglar qurshovida, adoqsiz baxtsizliklar og‘ushida tasvirlaydiki, bu kitobxonni ruhan toliqtiradi, muvozanatdan chiqaradi, unda umidsizlik paydo qiladi. Lekin insonni o‘zgacha bir holatda ko‘rmoqchi, odam va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning murakkabligini anglamoqchi bo‘lgan kishi Kafkaning asarlaridan xabardor bo‘lishi kerak. Chunki Frans Kafka tasvirlagan odamlar faqat uning asarlaridagina mavjud. Lekin ularning tuyg‘ulari, hissiyoti hammaniki qatoridir. Shuning uchun ham biz ularni anglashimiz, tuyishimiz mumkin. Shuni aytish kerakki, yozuvchi sifatida Frans Kafka hech bir adabiy maktabga a’zo emasdi. U hech qanday yozuvchini, hech qaysi jihatdan takrorlamaydi. Xuddi shuningdek, uning adabiy maktabi bo‘lishi ham mumkin emas. Chunki bu maktabdan bo‘lish uchun Kafka kabi yozish talab etiladi. Kafka kabi yozish uchun esa Kafka kabi yashash, tuyish, ta’sirlanish kerak Aim.uz bo‘ladiki, buning aslo iloji yo‘q. Chunki inson taqdiri betakror va variantsizdir. Kafkaning asarlari betakror va o‘xshashsiz insonlarning qaytarilmas hamda g‘aroyib hayoti tasviridan iborat bo‘lgani uchun ham qimmatlidir. «Menda adabiy qiziqishlar yo‘q, men o‘zim adabiyotdan iboratman» -degandi F. Kafka do‘stlaridan biriga. Uning bu gapi chin ekaniligini vaqt isbotladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling