Frans lot larzaga keltiraman, hayajonlantiraman


Download 63.05 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.02.2023
Hajmi63.05 Kb.
#1181866
Bog'liq
Emotsiya - Vikipediya



Emotsiya
Emotsiya (frans. lot. — larzaga
keltiraman, hayajonlantiraman) —
odam va hayvonlarning tashqi va ichki
qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan
subʼyektiv reaksiyalari. E. qoniqish yoki
qoniqmaslik, quvonch, qoʻrquv va
boshqalar shakllarda namoyon boʻladi.
E. ixtisoslashgan miya tuzilmalarining
faol holatidan iborat boʻlib, odam va
hayvonlarda bu holatni minimal yoki
maksimallashtirish (kuchaytirish,


takrorlash) istagini paydo qiladi. E
xususiyati zarur ehtiyoj va uni
qoniqtirish imkoniyati bilan belgilanadi.
Ehtiyojni qoniqtirish ehtimoli kam
boʻlganida E. salbiy (qoʻrquv, gʻazab)
shaklda namoyon boʻladi. Aksincha uni
qondirish ehtimoli kutilganiga nisbatan
yuqori boʻlganida E.ga ijobiy tus
(qoniqish, quvonch) beradi. Miyaning
turli qismlariga elektr toki taʼsir ettirish
orqali dastlab hayvonlarda, keyinchalik
odamlarda salbiy va ijobiy E. paydo
qiladigan nerv markazlari aniqlanadi.
Bu markazlar, asosan, bosh miya
poʻstlogʻining oldingi qismida, limbik
sistemasi (uzunchoq miya, oraliq miya,


oʻrta miyaning bir qancha tuzilmalari
majmui)da, markaziy kulrang moddada
va gipotalamusda joylashgan. E.
oʻrganish, hosil boʻlgan shartli
reflekslarni mustahkamlash jarayonida
benihoya katta ahamiyatga ega. E.
bilimlarni oʻzlashtirish (zehn)
chegaraskni kengaytiradi; xotirani
faollashtiradi, odam va hayvonlar
kommunikatsiyasida qoʻshimcha
vosita (mimika, nutq yoki tovush
intonatsiyasi va boshqalar) boʻladi.
Odamda oliy ijtimoiy ehtiyojlar asosida
paydo boʻluvchi differension va turgun
E.lar, odatda, hissiyot deb ataladi.
Hissiyotlar o'zining yuzaga kelishi


nuqtai nazaridan odamning
ehtiyojlari,qiziqishlari va intilishlari bilan
bog'liq bo'ladi
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
(https://uz.wikipedia.org/w/index.php?t
itle=Emotsiya&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin. 
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.


Bu sahifa oxirgi marta 3-Sentabr 2022, 18:50
da tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"https://uz.wikipedia.org/w/ind
ex.php?
title=Emotsiya&oldid=2838387" 
dan olindi 

Download 63.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling