Fransiya qishloq xo’jaligi


Mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini prognozlash uslubiyati


Download 59.73 Kb.
bet5/7
Sana28.10.2023
Hajmi59.73 Kb.
#1729338
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
FRANSIYA QISHLOQ XO’JALIGI

2. Mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini prognozlash uslubiyati.
Oxirgi yillarda mintaqalar darajasida qisqa va o‘rta muddatli iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish prognozlarini tuzish bo‘yicha ish olib borildi va olib borilmoqda.
Bunday prognozlashning uslubiy shart-sharoitlari bo‘lib quyidagi holatlar hisoblanadi:
-mintaqa-umumiy jamiyat ishlab chiqarish tizimining bir alohida bo‘lagi bo‘lgan va bir necha miqdor mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish vositasida aniq bir xalq xo‘jalik funksiyasini bajaradigan kichik bir tizimni ifodalaydi;
-mintaqaning iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlarining pasayishi butun jamiyatning ishlab chiqarish tizimi yoki ijtimoiy-iqtisodiy tizimi faoliyatida negativ o‘zgarishlarga olib keladi.
-ma‘lum muddatgacha berilgan mintaqa iqtisodiy tizim faoliyati natijasining zarur darajasini mintaqa rivojlanishida hosil bo‘lgan inersion tendensiyalar sharoitida ta‘minlash mumkin emas.
-mavjud hududiy boshqaruv tizimi doirasidagi mintaqa iqtisodiy tizimi faoliyat rejimini berilgan muddatda yaxshilab bo‘lmaydi. Bu hollardan kelib chiqqan holda mintaqaviy-iqtisodiy rivojlanish prognozning ishlab chiqarilish sxemasi, tarkibi va asosiy bosqichlari aniqlanadi. Prognozni tuzish jarayoni o‘z ichiga uchta blokni oladi: analitik, konsentual va prognozli.
Analitik blok doirasida berilgan hududning ichki bog’liqligini o‘rganish, tizimning butun faoliyat samarasini aniqlovchi mintaqa tizimi iqtisodiy yadrosi va ishlab chiqarishni ahamiyatli tuzilmaviy aloqalarni aniqlash zarur.
Bu mintaqaning mehnat taqsimoti tizimida asosiy funksiyani bajaruvchi mintaqa xo‘jaligining xalqalarini aniqlash imkoniyatini beradi. Undan tashqari, butun mamlakat iqtisodiyoti tarkibida mintaqaning rivojlanishi tendensiyalarini ko‘rib chiqish lozim. Bu umumiy ishlab chiqarishni ayni vaqtdagi bog’liqlik darajasini va kelajakdagi mintaqaviy iqtisodiyot faoliyatiga bog’liqligini ko‘rsatadi.
Konseptual blok doirasida izlanishlarning asosiy tarkibi-mintaqa oldida turgan iqtisodiy va ijtimoiy mintaqalarni hisobga olgan holda mintaqa iqtisodiy tizimini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqarishdir.
Mintaqa rivojlanishining konsepsiyasini ishlab chiqarishda ikkita asosiy bosqichni ajratish mumkin:

  1. mavjud muammolar yechimiga yo‘naltirilgan maqsadlarni shakllantirish

va ularni aniq masalalar ko‘rinishida konkretlashtirish;

  1. iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning ustun maqsad va yo‘nalishlarini

aniqlash va shu asosda mintaqaviy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqarish.
Ayni mintaqada rivojlanishning maqsad, konkret muammolar, omillarning o‘ziga xosligi bu masalaning yechimini umumlashtirishga yo‘l qo‘ymaydi. shu bilan birga barcha mintaqalarga xos bo‘lgan qator maqsad va masalalar mavjud. Bular:

    1. ishlab chiqarishni barqarorlashtirish va iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash;

    2. rivojlangan bozor munosabatlarni shakllantirish; 4- kompleks ijtimoiy masalalarni yechish; 5- atrof-muhitni himoyalash va boshqalar.

Prognozli blok doirasida asosiy masala bo‘lib kelajakda mintaqaviy iqtisodiy tizim rivojlanishining ko‘rsatkich va miqdor parametrlarini aniqlashdir. Bunda 3 xil prognozlar ishlatiladi: umuman mintaqaviy iqtisodiy tizim rivojlanishining umumiqtisodiy alohida ishlab chiqarish va tarmoqlar rivojlanishining prognozlari; mintaqalarning alohida ma‘muriy hududiy birliklar (shahar, rayon va boshqalar)ning rivojlanish prognozlari.


Download 59.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling