Fransiya qishloq xo’jaligi
Tabiiy sharoiti va resurslari
Download 59.73 Kb.
|
FRANSIYA QISHLOQ XO’JALIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- (5 mlrd t)
2. Tabiiy sharoiti va resurslari.
Xitoy hududi tabiiy sharoitining va resurslarining xilma-xilligi bilan katta farq qiladi. Mamlakat maydonining 75 foizga yaqinini tog'lar, yassi tog'liklar, tog' oralig'idagi botiqlar egallagan. Xitoy jahonda mineral resurslar bilan yaxshi ta'minlangan mamlakat. Mamlakat toshko'mir, qora va rangli metallar, nodir elementlar,tog'kon ximiya xomashyosi zaxirasi bo'yicha jahonda oldingi o'rinlarni egallaydi. Bundan tashqari Xitoyning g'arbiy rayonlari to'la tadqiq qilinmagan. Xitoyda toshko'mir konlari barcha provinsiya bo'yicha joylashgan, biroq sanoat axamiyatiga ega boy ko'mir konlari va shimol va shimoliy-sharqda joylashgan. Bu yerda eng yirik Shanxay, Shensi, Kayluan, Fushun va Fusin ko'mir xavzalari joylashgan. Xitoy ko'mirning umumiy zaxirasi bo'yicha AQShdan keyin ikkinchi, lekin qazib olish bo'yicha birinchi o'rinni egallaydi. Xitoyda neft va gazning aniqlangan zaxirasi (3 mlrd va 200 mlrd3) faqat neft qazib oluvchi mamlakatlardan orqada turadi, biroq neft qazib chiqarish bo'yicha jahonda beshinchi o'ringa chiqdi. Asosiy neft konlari Shimoliy Xitoyda (Boxay qo'ltig'i qirg'oqlarida) Shimoliy-Sharqiy Xitoyda, Bundan tashqari ichki Xitoyning Jung'oriya va Saydam botig'ida joylashgan. Gaz qazib olish. Schuan botig'ida qazib olinmoqda. Bundan tashqari Xitoyda yonuvchi slanes ham qazib olinmoqda. Mamlakatda juda hilma-xil rudali foydali qazilmalar qazib olinmoqda. Yirik temir ruda zaxirasiga ega bo'lgan Anshan havzasi shimoli sharqiy Xitoyning boy ko'mir konlari havzasi yaqinida joylashgan. Mamlakat temir ruda zaxiralari bo'yicha (5 mlrd t) dunyoda uchinchi o'rinda turadi. Rangli metall ruda konlari janubiy va markaziy provinsiyalarda to'plangan. Bu yerdan alyuminiy xom-ashyosi, mis, qalayi, rux, surma, oltin, kumush qazib olinadi. Mamlakatning ko'pgina rayonlarida osh va tosh tuzi, fosforitning yirik zahira konlari joylashgan. Mamlakat mo''tadil, subtropik va tropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Xitoyning g'arbiy qismida iqlim keskin kontinental (xaroratning yillik va sutkalik amplituda farqi yuqori). Ayniqsa shimoli-g'arbiy rayonlarga yog'in kam tushadi. Xitoyning sharqiy qismi uchun musson iqlimi xos bo'lib, yozgi yog'in miqdorining ko'pligi bilan ajralib turadi. Bu yerda yoz oylarida issiq, qishda esa shimolida sovuq (yanvarning o'rtacha harorati -30C daraja), janubda esa-iliq (+18C). Yozgi issiq va yomg'irli mavsumda harorat shimol va janub o'rtasida unchalik farq qilmaydi. Iyulning o'rtacha harorati shimoliy-sharqiy Xitoyda 24 ni janubiy Xitoy dengizi qirg'oq bo'ylarida va ichki Mangoliyada 26-28 ni tashkil etadi. Xitoy iqlimining xarakterli xususiyati yog'inlarning taqsimlanishida keskin farqning mavjudligi. Yog'in miqdori janubi-sharqdan shimoli-g'arbga tomon kamayib boradi.(1200-1400 mm dan 100 mm gacha kamayadi). Unumdor tuproqli yerlar mamlakatning sharqida ya'ni Buyuk Xitoy tekisligida joylashgan. Bu rayon Xitoyning asosiy dehqonchilik rayoni xisoblanandi. Mamlakatning g'arbida dehqonchilik faqat daryo vodiylarida va vohalardagina olib boriladi. Bu yerlarda chorvachilik sohasi ustun darajada rivojlantirilgan. Yog'inlarning notekis mavsumiy holda yog'ishi qishloq xo'jaligi sohasida sug'orib dehqonchilik qilishni taqoza etgan. Qishloq xo'jaligida nafaqat sholi sug'orib yetishtiriladi balki bug'doy ham sug'orib yetishtiriladi. Download 59.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling