Fransiya-talim-tizimi pdf


Download 49.85 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.01.2022
Hajmi49.85 Kb.
#264547
Bog'liq
fransiya-talim-tizimi



Qiziqarli dunyo: Dunyoning turli mamlakatlarida ta’lim tizimi qanday?



dilfuza 



muallif

Elon qilindi 3 года назад—

10,850

Korish


QIZIQARLI

Har bir mamlakat o‘z mezonlari asosida ta'lim tizimini belgilaydi. Shuning uchun turli davlatlarda

ta'lim olish imkoniyatlari turlicha bo‘ladi. Tizimga asos solinayotganda mamlakatning tarixiy

an'analari, bugungi kun talablari inobatga olinadi. Bugungi maqolamizda ba'zi mamlakatlarning

maktabdagi ta’lim tizimi haqida so’z boradi.

Frantsiya: to’rt kunlik o’quv haftasi

O’quv yilining davomiyligi: 11 oy/ haftasiga 4 kun Ta’lim davomiyligi: 11 yil Ta’lim olish yoshi: 3 (6) –



15 (17) yosh Uy vazifalar: yozma ishlar ta’qiqlangan Maktab formasi: yo’q Baholash tizimi: 20 balllik

Bilimni sinash: nazorat ishi, imtihonlar 

Ta’tilga galma-galdan chiqadilar

O’quv yili sentyabrdan boshlanib, iyul oyigacha davom etadi. Ta’til vaqtida yo’llarda tirbandliklar

sodir bo’lishining oldini olish maqsadida Frantsiya uchta hududga bo’lingan bo’lib, ular galma-

galdan yozgi ta’tilga chiqadilar. O’quv haftasining davomiyligi oxirgi o’n yil ichida ikki marta

o’zgartirildi. 2008 yilda sobiq prezident Nikolya Sarkozining farmoniga muvofiq o’quvchilar

haftasiga to’rt kun – dushanba, seshanba, payshanba va juma kunlari kuniga olti soatdan o’qishar

edi. Qolgan kunlari esa dam olish kuni hisoblanardi. Hukumat tepasiga Fransua Olland kelgandan

keyin esa reforma natijasida o’quvchilar maktabda chorshanba kuni uch yarim soatdan, boshqa

kunlari esa bech yarim soatdan o’qiy boshladilar. Dam olish kunlari shanba va yakshanba kunlari

bo’ldi. Yaqin kunlarda Frantsiyada yana bir reforma bo’lishi kutilmoqda. 2018 gacha kommunalar

chorshanba dam olish kuni yoki yarim o’qish kuni bo’lishiga oydinlik kiritadilar. Eng asosiysi, ta’lim

olish vaqti haftada 24 soatdan oshmasligi kerak. Maktablarda oddiy tanaffuslardan tashqari 1,5-2

soatlik tanaffuslar ham bor. 

Maktabga birinchi qadam uch yoshdan boshlanadi




Frantsiyada boshlang’ich maktab olti yoshdan boshlanadi, biroq undan oldin uch yil bolalar

bog’chasini eslatuvchi “ekol maternel” maktabiga boradilar. O’rta maktabni bitirayotgan o’quvchilar

davlat imtihonini topshiradilar. O’n ball to’plagan o’quvchi oily ta’lim muassasasiga qabul qilinadi.

Boshlang’ich maktabdan boshlab nazorat ishi bajariladi. 

Sinfdan sinfga sakrash

Boshqa mamlakatlar qatori Frantsiya ta’lim tizimida ham sinfda qolish yoki sinfdan sinfga sakrash

hollari uchrab turadi. Ba’zi ota-onalarga sinfdan sinfga sakrash holati yoqmaydi. Bu narsa ularning

fikricha maktab dasturining mukammal emasligidan dalolat beradi. Ular shuningdek, o’quvchining

sinfda qolishi ham uning ruhiyatiga ta’sir qiladi, deb hisoblaydilar. Frantsiya maktablarida

reformalar sodir bo’layotganligi ham ko’pchilikni qoniqtirmaydi. Noroziliklarda o’qituvchi,



professorlar bilan birga o’quvchilar ham ishtirok etadilar. 

Download 49.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling