Fransiya-talim-tizimi pdf
Download 49.85 Kb. Pdf ko'rish
|
fransiya-talim-tizimi
 Qiziqarli dunyo: Dunyoning turli mamlakatlarida ta’lim tizimi qanday?  
muallif Elon qilindi 3 года назад— 10,850 Korish
QIZIQARLI Har bir mamlakat o‘z mezonlari asosida ta'lim tizimini belgilaydi. Shuning uchun turli davlatlarda ta'lim olish imkoniyatlari turlicha bo‘ladi. Tizimga asos solinayotganda mamlakatning tarixiy an'analari, bugungi kun talablari inobatga olinadi. Bugungi maqolamizda ba'zi mamlakatlarning maktabdagi ta’lim tizimi haqida so’z boradi. Frantsiya: to’rt kunlik o’quv haftasi  O’quv yilining davomiyligi: 11 oy/ haftasiga 4 kun Ta’lim davomiyligi: 11 yil Ta’lim olish yoshi: 3 (6) – 15 (17) yosh Uy vazifalar: yozma ishlar ta’qiqlangan Maktab formasi: yo’q Baholash tizimi: 20 balllik Bilimni sinash: nazorat ishi, imtihonlar Ta’tilga galma-galdan chiqadilar O’quv yili sentyabrdan boshlanib, iyul oyigacha davom etadi. Ta’til vaqtida yo’llarda tirbandliklar sodir bo’lishining oldini olish maqsadida Frantsiya uchta hududga bo’lingan bo’lib, ular galma- galdan yozgi ta’tilga chiqadilar. O’quv haftasining davomiyligi oxirgi o’n yil ichida ikki marta o’zgartirildi. 2008 yilda sobiq prezident Nikolya Sarkozining farmoniga muvofiq o’quvchilar haftasiga to’rt kun – dushanba, seshanba, payshanba va juma kunlari kuniga olti soatdan o’qishar edi. Qolgan kunlari esa dam olish kuni hisoblanardi. Hukumat tepasiga Fransua Olland kelgandan keyin esa reforma natijasida o’quvchilar maktabda chorshanba kuni uch yarim soatdan, boshqa kunlari esa bech yarim soatdan o’qiy boshladilar. Dam olish kunlari shanba va yakshanba kunlari bo’ldi. Yaqin kunlarda Frantsiyada yana bir reforma bo’lishi kutilmoqda. 2018 gacha kommunalar chorshanba dam olish kuni yoki yarim o’qish kuni bo’lishiga oydinlik kiritadilar. Eng asosiysi, ta’lim olish vaqti haftada 24 soatdan oshmasligi kerak. Maktablarda oddiy tanaffuslardan tashqari 1,5-2 soatlik tanaffuslar ham bor. Maktabga birinchi qadam uch yoshdan boshlanadi 
Frantsiyada boshlang’ich maktab olti yoshdan boshlanadi, biroq undan oldin uch yil bolalar bog’chasini eslatuvchi “ekol maternel” maktabiga boradilar. O’rta maktabni bitirayotgan o’quvchilar davlat imtihonini topshiradilar. O’n ball to’plagan o’quvchi oily ta’lim muassasasiga qabul qilinadi. Boshlang’ich maktabdan boshlab nazorat ishi bajariladi. Sinfdan sinfga sakrash Boshqa mamlakatlar qatori Frantsiya ta’lim tizimida ham sinfda qolish yoki sinfdan sinfga sakrash hollari uchrab turadi. Ba’zi ota-onalarga sinfdan sinfga sakrash holati yoqmaydi. Bu narsa ularning fikricha maktab dasturining mukammal emasligidan dalolat beradi. Ular shuningdek, o’quvchining sinfda qolishi ham uning ruhiyatiga ta’sir qiladi, deb hisoblaydilar. Frantsiya maktablarida reformalar sodir bo’layotganligi ham ko’pchilikni qoniqtirmaydi. Noroziliklarda o’qituvchi, professorlar bilan birga o’quvchilar ham ishtirok etadilar. Download 49.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling