Fransiya va Islom


Download 23.76 Kb.
Sana05.11.2020
Hajmi23.76 Kb.
#141247
Bog'liq
Policy Brief


Fransiya va Islom

Muallif: Ramazonov Dilshodbek 0-2a-18

16-oktabr kuni Parijdan chetroqda joylashgan maktabda juma kuni Fransiyada qochqinlar safida yashayotgan 18-yoshli yigitcha 47-yoshli o’qituvchisi S.Patyning joniga qasd qildi.

Sababi quyodagicha:

O’qituvchi so’z erkinligi haqida dars o’ta turib, turli xil karikaturalarni namoyish qiladi. Bu karikaturalardan birida Muhammad (s.a.v) ni kulgili ko’rinishda tasvirlashga urinilgan bo’ladi. Yigitcha buni o’z dini va sha’niga haqorat sifatida qabul qilib o’qituvchini qatl qiladi.

Natija: Voqea sodir etilganidan keyin politsiya xodimlari qotilni otib tashlashadi. Birgina o’qituvchining o’limi butun Fransiyada aks sado berdi va sekularizm tarafdorlari bu qotillikni Islomiy terroristik harakat deya baholadi. Fojiani terakt deya atab, o‘qituvchi sharafiga yaxshi fiklar bildirdi. «Vatandoshimiz bolalarga so‘z erkinligini, e'tiqod qilish yoki qilmaslik huquqini o‘qitgani uchun o‘ldirildi. U o‘ldirildi, chunki islomchilar bizning kelajagimizni egallab olmoqchi. Chunki ular aynan shu kabi oddiy qahramonlar borligi tufayli hech qachon kelajagimizni olib qo‘ya olmasliklarini bilishadi», dedi Fransiya prezidenti.», dedi. Hozir bu o’qituvchi Fransiya qahramoniga aylangan. Siyosiy mummoni esa prezidentning o’zi , E.Makron shu karikaturalarni yoqlab chiqib o’z mamlakati ichida ham Fransiyaning tashqi aloqalarida ham noturg’unlik holatini keltirib chiqarishi bilan boshladi.

Fransiyadagi vaziyat:

Prezidentning qotillikni ochiqchasiga terrorizm deb baholashi va bu orqali o’z fuqarolari o’rtasini bo’lishga harakati fransiyalik musulmonlarni qiyin ahvolga. solib qo’ydi, holbuki Fransiya – Yevropaning eng ko‘p musulmonlar yashovchi davlati sanaladi. Makron ularni fransiyada o’z jamiyatlarini yaratishga urinishda(separatizmda) ayblayapti .Bu voqeadan oldin u o’z chiqishlarida “Islom sepratizmi”ga qarshi hushyorlikka chaqirayotgan edi.

Prezident sekularizmga doir qonun hujjatlarini o’zgartirish tarafdori. Agar qabul qilinsa, islom dini ustidan mamlakatda nazorat kuchaytiriladi (masjid imomlarining faqat Fransiyada o’qitilishi kabi). Uning nutqining eng ilmoqli nuqtasi: “Islom dini hozirda dunyo bo’ylab krizisni boshdan kechiryapti” degani bo’ldi1

O’qituvchining o’limidan so’ng islomni yana tanqid qilganidan uchun avvalgi gaplariga ham javoblar kela boshladi. To’lqinning qo’zg’olishiga sabab karikaturalar mavzusining yana ko’tarilishi bo’ldi.

Davlat rahbari tomonidan karikaturalardan voz kechilmasligi e’lon qilingach Fransiya yana bir muammoga duch keldi.

Keskinlashgan tashqi aloqalar:

Arab dunyosi bunga javoban fransuz mahsulotlariga boykot e’lon qila boshladi: Quvaytda 430 ga yaqin turistik agentliklar Fransiyaga bilet sotmay qo’ydi, supermarketlarda fransuz mahsulotlari uchun ajratilgan joylar bo’shab qoldi . Qatar universitetidagi fransuz madaniyati haftaligi shu sabab qoldirildi.

Qator shaharlarda, xususan Fransiyaning Iroq va Isroildagi elchixonalari oldida mitinglar bo‘lib o‘tdi, ularda uchrangli bayroq va Makronning suratlari yoqildi 2.

Daily Sabah nashrida Islom hamkorlik tahskilotining Fransiya rahbarining ayblovlariga raddiyasi e’lon qilindi. Eron, Pokiston, Iordaniya va Marokash ham Makronning bu ishidan norozi ekanliklarini bildirishdi.

Turkiya prezidenti, ayniqsa, fransiyalik hamkasbini harakatlari uchun qattiq tanqid ostiga oldi. Erdogan uning “ruhiy holatini tekshiruvdan o’tkazish kerakligini” aytdi va 2 kundsn so’ng o’z xalqini fransuz mahsulotlarini sotib olmaslikka da’vat qildi3.

Avvalgi kelishmovchiliklar ham qo’shilib, Fransiya Turkiyadagi o’z elchisini arzimagan boshqa bahona bilan chaqirib oldi.

Janob Erdo'g'an bu nashrni musulmonlarga qarshi dushmanlik harakati sifatida qoraladi va Islomofobiyaning "deyarli saraton kasalligi singari tarqalayotgani, ayniqsa, Yevropada hukmronlik qilayotganlar orasida" paydo bo’layotganini ta’kidladi— Ulardan ba'zilari salib yurishlarini qayta boshlashni xohlashadi”.

"Mening qayg'u va alamim shaxsiyatimga qilingan jirkanch hujum tufayli emas, balki o’ z jonimizdan ham aziz bo’lgan Payg’ambarimiz (s.a.v)ga nisbatan beparvolarcha qilinganidandir", dedi Turkiya prezidenti4. Ammo Saudiya Arabistoni qo’l ostidagi Musulmonlar ligasi haddan ortiqcha harakatlardan saqlanishga chaqirdi . “Ushbu multfilmlar musulmonlar sha’niga tajovuz ekanligiga shubha yo'q, ammo Payg’ambarimiz (s.a.v) siymolari bunday narsalardan ancha baland turadi", dedi liga rahbari Muhammad al-Issa. “Salbiy reaktsiyalar, deya qo'shimcha qildi u, boshqalarda Islomni haqorat qilish mumkin ekan, bu bilan ularni jahlini chiqarib o’ynash mumkin ekan degan tasavvur uyg’otadi".

Endi tahliliga o’tsak . Fransiyada yuz bergan bu holat avvalgi islomga qo’yilgan ayblovlardan farq qilmaydi. Har doimgidek , “Jeyms jinoyat qilsa, bunga faqat uning o’zi aybdor, ammo Abdulloh jinoyat qilsa, butun Ummat aybdor” qabilida fikr bildirishyapti. Ammo bu safar bu narsa yaqqol sezilib qolyapti. Qolaversa, shariatda bunga ruxsat berilmagan. (Shayx Yasid Qadhi). Bu voqeaga ozroq kontekst berish kerak. Aslida Fransiyada musulmonlarning hayoti qanday? Bu haqida yaqinda Iqtisodchi Behzod Hoshimovnng telegram sahifasida o’qib qoldim. Fransiyada jamiyatning aksariyat qoloq qatlamini musulmonlar va afrikaliklar tashkil qiladi (bir paytlar Fransiya ham mustamlakachi bo’lgan, odamlar qul qilib olib kelingan). Bu qatlamni qanday qilib rivojlantirish mumkin? Sifatli ta’lim orqali .

Fransiyada kishining universitet diplomiga ega yoki rga emasligi kelajak muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy ko’rsatkichdir. Yaxshi universitet talabasi bo’lish uchun yaxshi maktab va litseylarda o’qish kerak. Albatta, Fransiyadagi imkoniyatlarning notekis taqsimlanishi quyi qatlamga “zodagon”lar kabi ta’lim olishiga imkon bermaydi. Muallif solishtirish uchun AQSh ta’lim tizimini misol qilib keltiradi: dunyoning top universitetlari hisoblangan Harvard, Stenford, MIT larda ham talabalikka qanul qilishda oilaviy sharoitga e’tibor berilishi haqida ham yozadi5. Qashshoqlik jinoyatga sabab bo’luvchi bir faktor ekanligi hech kimga sir emas. Fransiyafa har 10 kishidan biri musulmon bo’la turib, parlamentida birorta ham musulmon yo’qligi ( qo’yingki vazir ham yo’q), holbuki Amerikada aholining 1%ni ham tashkil qilmasa-da, Kongressda 3 o’rin musulmonlarniki ekanligi qiziq tuyuladi6.



Demokratik jamiyat boshqalaridan kamchilikka ko’pchilik oldida o’z so’zini ayta olish imkonini berishi bilan farq qiladi. Fikrimcha, hali bu muammolar yakuniga yetmasa kerak. Shu sababli ushbu briefni xulosa qilishga shoshilmadim.

1 Voanews.com

2 Kun.uz

3 Kun.uz

4 Wall Street Journal

5 https://t.me/iqtisodchi_kundaligi/1142

6 https://t.me/iqtisodchi_kundaligi/1143

Download 23.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling