Fransuz adabiyotida romantizm (Viktor hugoning Bibimaryam ibodatxonasi asari timsolida)


Download 60.93 Kb.
bet2/2
Sana29.05.2020
Hajmi60.93 Kb.
#111409
1   2
Bog'liq
2BOB. 2.1, 2.2


Romantizm (frans. romantisme) 18-asrning 1-yarmi — 19-asrda Yevropa,

shuningdek, Amerika adabiyoti va sanʼatida paydo boʻlgan hamda jahon

boʻylab keng tarqalgan oqim. Romantizm ispancha romans soʻzidan olingan boʻlib, bu so’z dastlab lirik va qahramonlik mazmunidagi qoʻshiqni, keyinchalik esa ritsarlar haqidagi katta epik asarlarni anglatgan. "Romantik" sifatdoshi 17- asrda roman tillarida yozilgan avantyura va qahramonlik ruhi bilan sugʻorilgan

asarlarga nisbatan qoʻllana boshlagan. Ingliz yozuvchilari va adabiyotshunoslari

18-asrda Oʻrta asrlar va Uygʻonish davrlari adabiyeti haqida bahs borganda

shu suzdan foydalanganlar. Angliyaga romantizmning kirib kelishi arafasida (18-asrning 2-yarmi) sheʼriyatning muhim unsuri hisoblangan barcha gʻayrioddiy, sirli,

gʻaroyib va fantastik narsalar (tuygʻular,holatlar, sarguzashtlar) romantik soʻzi

orqali ifodalana boshlagan. 18-asr oxirida Germaniyada, 19-asr boshlarida esa

Fransiyada, shuningdek, Italiya, Polsha,Rossiya kabi mamlakatlarda Romantizm

klassitsizmdan farqlanuvchi adabiy oqimning nomi sifatida isteʼmolga kirgan.

Romantizm Yevropadagi barcha mamlakatlarni oʻz qamroviga olgan gʻayri maʼrifatparvarlik harakatining samarasidir. Buyuk fransuz inqilobining natijalaridan qoniqmaslik bu oqimning paydo boʻlishida ijtimoiy zamin bo’lib xizmat etgan. Burjua jamiyatidagi turmush tarziga, jamiyat aʼzolaridagi xudbinlik va axloqsizlik koʻrinishlariga qarshi kayfiyat, sanoat, siyosat va ilm-fan sohalaridagi taraqqiyotning yangi-yangi ziddiyatlarni keltirib chiqarishi romantiklarda mutlaq ideallarga intilish hissini uygʻotdi. Ular hayotni qisman takomillashtirishni emas, balki undagi barcha ziddiyatlarni butunlay bartaraf etishni orzu qilgan ekan. Ideal bilan voqelik oʻrtasida katta farqning borligi romantizmda oʻzining yorqin ifodasini topdi va bu hol romantizmga xos 2 yo’nalishning mohiyatini belgilab berdi. Agar ayrim romantiklar ijodida hayotda aql bovar qilmaydigan, sirli kuchlar hukmronlik qiladi, binobarin,

taqdirga tan berish kerak, degan fikr ustuvorlik qilgan bo’lsa (U. Vordsvort, S. T.

Kolrij, R. Sauti, F. R. Shatobrian, V. A.Jukovskiy), boshqa birlari (J.N. Bayron, P. B. Shelli, A. Mitskevich, M.Yu. Lermontov) ijodida zulm va zoʻravonlik dunyosiga qarshi kurash va undan norozilik kayfiyati yetakchi ahamiyatga ega.

romantizmda ideal bilan voqelik oʻrtasidagi ziddiyatni ifodalovchi vositalardan biri

kinoya (A. Myusse, G. Geyne va boshqalar). Dastlab kinoya har qanday tarixiy voqelik nisbiydir, degan fikrning eʼtirof etilishini anglatgan bo’lsa,keyinchalik romantik ideallarning roʻyobga chiqmasligini anglash hissi bilan toʻyingan.

Romantizm namoyandalari jamiyatdagi rangeiz hollarga qarshi oʻlaroq fantastika, xalq rivoyatlari, tabiat manzaralari, oʻtgantarixiy kunlar, olis xalqlar va mamlakatlar turmushi, urfodatlari hamda xulq-atvorlarini tasvir doirasiga tortdilar;

katta ishqiy ehtiroslar va ruhiy hayot tasviriga alohida eʼtibor berdilar. Shu sababdan din, sanʼat va falsafaning romantizmdagi oʻrni va ahamiyati mislsiz darajada oshdi.

Klassitsizm estetikasidagi "tabiatga taqlid" tamoyiliga qarshi oʻlaroq romantiklar sanʼatkorning ijodiy faolligini oʻzlarining ustuvor aqidalari deb bildilar.Sanʼatkor, romantizm estetikasiga koʻra, real olamni o’zgartirish huquqiga ega: u oʻzining goʻzal va haqiqiy, binobarin, real olamini yaratadi; modomiki, sanʼat bu olamdagi eng yuksak qadriyatni tashkil etar va bu olamning mohiyatini ifodalar ekan, demak, u reallikdir. Sanʼat asari, romantizm estetikasiga koʻra, bamisoli tirik organizm, badiiy shakl esa mazmunning po’stlogʻi yoki gʻilofi emas, balki shu mazmunning ichichidan oʻsib chiquvchi va mazmun bilan uzviy ravishda bogʻliq

hodisa. Romantiklar estetikadagi mezonlashtirish hollarini, sanʼatning yaxshi maqsadda boʻlsada, muayyan chegara ustunlari bilan oʻralishini inkor etib, sanʼatkorning ijodiy erkinligini ehtiros bilan himoya qildilar. Shunga qaramay, ular oʻzlarining yangi estetik qonun va qoidalarini ham ishlab chiqdilar.Romantizm davrida yangi badiiy shakllar maydonga keldi. Tarixiy roman, fantastik qissa, liroepik doston janrlari, sahna sanʼatidagi islohotlar shu davrning ajoyib samaralaridir. Lirika xuddi shu davrda oʻzining ikkinchi bahorini kechirdi. Sheʼriy

soʻzning yangiyangi maʼno qirralari kashf etildi va sheʼriy soʻz his va tuygʻu silsilalarini ifodalash uchun istioraviy vositalar bilan boyidi. Sheʼriyatda musiqiy

va tasviriy ibtido oʻzaro uygʻunlashdi; sanʼat, falsafa va dinning omuxta koʻrinishlari paydo boʻlib, sanʼat turlarining oʻzaro yaqinlashish, oddiy hodisalar bilan gʻayrioddiy hodisalarning , komizm bilan tragizmning uygʻunlashish jarayoni avj oldi. Fantastikaga, hajviy mubolagʻalarga, shaklning oshkora shartliligiga moyillik romantizm namoyandalarining badiiy tasvirdagi oʻziga xosligini belgilovchi omillarga aylandi. Germaniya romantizmning klassik mamlakati boʻlib, Buyuk fransuz inqilobi shabadalarining bu yerdan esib oʻtishi

ijtimoiy muammolarning falsafa, etika va ayniqsa, estetika sohalariga ravon kirib

borishiga imkon berdi. Nemis yozuvchilari va nazariyotchilarining Iyen maktabi (V. G. Vakkenroder, Novalis, aka-uka F. A. Shlegellar va boshqalar) tomonidan ishlab chiqilgan romantik estetika va dunyoni romantik his etish asoslari nemis romantizmining birinchi avlodi vakillari ijodida oʻzining dastlabki samaralarini berdi (Tikning "Etik kiygan mushuk" komediyasi, Novalisning "Tun madhiyalari" lirik turkumi va "Genrix fon Ofterdingen" romani va boshqalar). Nemis romantiklarining ikkinchi avlodi (Geydelberg maktabi) din, milliy o’tmish va xalq ogʻzaki ijodiga koʻproq qiziqdi (L.Arniv va Brentano toʻplagan "Bolaning sehrli shoxi" xalq qoʻshiklari toʻplami, aka-uka Ya. va V. Rilshlarning ertaklari). Shu davrda lirik sheʼriyat ham kamol topdi (Y. Eyxendorf). Folkloristika va adabiyotshunoslikdagi birinchi yoʻnalish mifologik maktabga asos solindi. Jamiyat va insoniyat taraqqiyoti muammolariga eʼtibor qaratish, tarixiy jarayonning ziddiyatliligi, hatto halokatli oqibatlarga olib borishi mumkinligini his etish ingliz romantizmga xos xususiyatlardir. Dunyoni aql idrok yordamida qayta qurish

mumkinligiga ishonmagan shoirlar avlodi (U. Vordsvort, S. T. Kolrij, R. Sauti) insonning botiniy hissiyotiga chuqurroq kirishni targʻib qildilar. Milliy oʻtmish va

xalq ogʻzaki ijodiga qiziqish Valter Skottning Yevropa adabiyotlaridagi tarixiy

roman janriga asos solishi va oʻrta asrlar hayotidan olingan romantik asarlarning

maydonga kelishi bilan yakunlandi. "Londonlik romantiklar" guruhi vakili J. Kits sheʼriyatida dunyoning va inson tabiatining goʻzalligi oʻz inʼikosini topdi. Kurash va norozilik kayfiyati bilan yoʻgʻrilgan J. N. Bayron va P. B. Shellining romantik ijodi ingliz romantizmi oʻz taraqqiyotining yuksak bosqichiga kirganini namoyish etdi.

Fransiyada klassitsizm anʼanalari uzoq vaqtgacha oʻz kuchini saqlab keldi. Shu

tufayli romantizmning fransuz adabiyoti va sanʼatiga kirib kelishi katta qiyinchilik

bilan kechdi. Faqat 19-asrning 20- yillaridagina romantizm fransuz adabiyotidan oʻzining qonuniy oʻrnini egalladi. Maʼrifatparvarlik davri merosi va oʻtmishdagi adabiy anʼanalar bilan uzviy aloqa, davrning dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolariga qiziqish fransuz romantizmining ajralmas xususiyatlaridir. Fransiyada romantizmning shakllanishi, birinchi navbatda liropsixologik roman va qissa janrlarining yaratilishi bilan bogʻliq (F. R. Shatobrianning "Atala" va "Rene", J. Stalning "Deolfina" va "Korina yoki Italiya", E. P. Senankurning"Oberman" asarlari va boshqalar). Fransuz romantizmi davrida sheʼriyat, ayniqsa, gullab yashnadi (A. Lamartin, V. Gyugo, A. Vini, A. Myusse, Sh. O. SentByov va boshqalar). Eski sanʼat tarafdorlari bilan qizgʻin kurash natijasida romatik drama janri qam tantana qilib, teatr saxnalaridan munosib oʻrin egalladi

(A. Dyuma, V. Gyugo, A. Vini, A. Myusse). Roman janrining psixologik (A. Myusse), tarixiy (A. Vini, ilk O.de Balzak, P. Merime) va ijtimoiy (V. Gyugo, Jorj Sand, E. Syu) turlari maydonga keldi. Romantizm adabiy tanqid sohasida ham oʻz nishonalarini berib,SentByov asoschisi boʻlgan biografik metodning tugʻilishiga zamin hozirladi. Rossiyada romantizmning tugʻilishi 1812 y. Vatan urushidan keyingi milliy koʻtarilish davri bilan bogʻliq. Rus adabiyotida R. kurtaklari romantik doston janri (Mas, A. S. Pushkin "janubiy" dostonlari)ning yuzaga kelishi bilan aniqlik kasb etdi. Bayronning Sharq dostonlari taʼsirida yozilgan rus romantik dostonlarida yangi tasvir tamoyillari koʻzga tashlandiki, bular bosh qahramon taqdiri tasvir etilganligi, doston matnidagi uslublarning rangbarangligi,

ijodkorning tarixiy haqiqatdan chekinib, oʻz badiiy versiyasini yaratganligidir. Doston rus Romantizm taraqqiyotida shu qadar muhim rol oʻynadiki, hatto romantik nasr va dramaturgiya asarlari ulardagi yetakchi kolliziyalarning rivojlantirilishi hisobiga maydonga keldi. V. A. Jukovskiy, K. N. Batyushkov, A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov va boshqalarning romantik asarlari). R. shu davrda Yevropaning boshqa mamlakatlari (Italiya, Ispaniya, Avstriya, Daniya, Shvetsiya, Vengriya, Ruminiya, Polsha)ga kirib bordi. Milliy mustaqillik gʻoyasining yetakchilik kelishi maʼrifatparvarlik anʼanalaridan yuz oʻgirmagan AQShda ham R.ning rivojtopishiga imkoniyat yaratdi. R., shuningdek, Osiyo mamlakatlari

(hindiston, Xitoy, Yaponiya)da ham oʻziga xos ifodasini topdi. Oʻrta Osiyo mamlakatlarida R., Yevropa mamlakatlari adabiyoti va sanʼatidagi singari, izchil oqim sifatida shakllanmadi. Oʻzbek adabiyoti va sanʼati 18-asrga qadar va undan keyingi davrlarda uziga xos taraqqiyot yoʻlini bosib utgani uchun oʻzbek R. i toʻgʻrisida soʻz yuritish o’rinsizdir. Ammo 20-asrning 10—20- yillarida jadid adabiyotida taraqqiyparvarlik gʻoyalarining targʻib etilishi (Mas, Choʻlponning "Duxtir Muhammadyor", D&shaning "Yangi saodat", Abdulla Qodiriynnnt "Oʻtgan kunlar" asarlarida), ayniqsa, 30-yillarda oʻzbek adabiyoti va sanʼatiga rus madaniyati anʼanalarining kirib kelishi natijasida milliy adabiyot va sanʼatda

romantik tasvir uslubi shakllana boshladi. Chulpon ("Goʻzal"), Oybek ("Uzbekistan"), Gʻafur Gʻulom ("Bogʻ"), shuningdek, Hamid Olimjon, Uygʻun va

boshqa shoirlarning koʻplab sheʼrlarida yor, vatan, ona, muallim obrazlari romantik tasvir boʻyoqlari yordamida yaratildi. Xuddi shunday jarayon kino ("Qasam", "Tohir va Zuhra", "Alisher Navoiy" filmlari) va teatr ("Tormor", "Uygʻonish", "Buyuk kanal", "Sharqtongi" spektakllari) va boshqa sanʼat turlarida

ham kechdi. R. adabiyot va sanʼat taraqqiyotidagi muhim oqimlardan biri sifatida 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Yevropa, Amerika va Osiyoning aksar mamlakatlarida oʻz oʻrnini realizmga boʻshatib berdi. Oʻzbek adabiyoti va sanʼatida oʻtgan asrning 20-yillarida koʻrina boshlagan realizm adabiy metod sifatida 40—60-yillarga kelib uzil kesil shakllandi. R., boshqa ayrim milliy adabiyot va sanʼatlar qatori, oʻzbek adabiyoti va sanʼati asarlarida hozir ham romantik pafos sifatida yashab kelmoqda. Tasviriy sanʼatda yaratilgan badiiy obrazlar va hayotiy lavhalar hayot haqiqatiga yaqin boʻlib, ijodkorning turmush toʻgʻrisidagi orzu va qarashlarini aks ettiradi. 19-asrning 20—30-yillarida oʻzining eng gullagan davrini boshidan kechirgan R. rassomlik va qisman haykaltaroshlik hamda meʼmorlik (psevdogotika)da namoyon boʻldi. Bu yoʻnalishdagi asarlarga qaynoq ehtiros va hayajon xos boʻlib, unda rang , shakl ifodaliligi, real va xayoliy qiyofalar uygʻunligi muhim oʻrin egallaydi; yorqin ranglar, nursoya oʻyini va keskinligi asarlarga oʻziga xoslik bagʻishlaydi, obrazlar koʻtarinki ruhda, tantanavor kayfiyatda tasvirlanadi. R. oʻz taraqqiyotida rasmiy akademizm,

klassitsizm tamoyillariga qarshi kurashdi (fransuz E. Delakrua, T. Jeriko, nemis F.

O. Runge, K. D. Fridrix, ingliz J. Konstebl, U. Terner, rus O. Kiprenskiy, A. O.

Orlovskiy va boshqalar). R. meʼmorlikda, asosan, bogʻpark sanʼati va mayda haykaltaroshliqsa koʻzga tashlandi. R. turli mamlakatlarda turlicha namoyon

boʻldi: Fransiyada ehtiros va shijoat, Germaniya, Avstriyada nolish ohanglari, yoʻqolgan ideallarni qoʻmsash tuygʻulari, diniy zoxidlik yetakchiligi bilan ajralib

turadi, Amerikada romantik fantastika, zohidlik kayfiyatidagi asarlar maydonga

keldi. Oʻzbekiston tasviriy sanʼatida R. tamoyillari 20-asrda mungli lirik kayfiyatli

Usta Moʻmin (A. Nikolayev), ehtirosga toʻla O. Tatevosyan, A. Volkov, keyinroq V. Melnikov, V. Burmakin, J. Umarbekov, A.Aliqulov asarlarida namoyon boʻldi.

Musiqada R. ijodiy oqim sifatida 19-asr boshlarida yuzaga kelgan (F. Shubert, E. Gofman, K. Veber, N. Paganini, V. Bellini va boshqalar). 19-asrning 30— 50-yillari (F. Shopen, F. Mendelson, R. Shuman, F. List, G. Berlioz va boshqalar)da yanada rivojlandi. Romantik kompozitorlar odam his-tuygʻularini, tabiat manzaralarini ifodaladilar, afsonaviyfantastik, qahramononaromantik opera, ballada, qoʻshiq, romans, cholgu miniatyura, raqs kuylari, programmali musiqa janrlarini rivojlantirdilar. 19-asrning 2-yarmida yirik musiqa janrlari (R. Vagner operalari, F. List simfonik poemalari, I. Brams, G. Maler konsert va simfoniyalari)da R. gʻoyalari chuqurlashdi. Baʼzi mamlakatlarda musiqiy R. mustaqil uslub sifatida emas, balki ayrim kompozitorlar ijodida namoyon boʻldi (Rossiyada — A. Alyabyev, N. RimskiyKorsakov, P. Chaykovskiy va boshqa; Chexiyada — B. Smetana va A. Dvorjak; Norvegiyada — E. Grig , Finlyandiyada —Ya. Sibelius). Oʻzbekistonda yaratilgan musiqali drama va operalar ("Layli va Majnun", "Farhod va Shirin", "Toxir va Zuhra" kabi afsonaviyromantik asarlar)da, M. Tojiyev simfoniyalarida, M. Burhonov, D. Zokirov, S. Yudakov, Ik. Akbarov, Sayfi Jalil, T. Sodiqov va boshqa romanslari, kamer cholgʻu asarlarida R. Xususiyatlari kuchlidir.

Yevropa romantizm adabiyoti. XIX asrning boshlarida paydo bo`ldi. Feodal tartiblariga o`rniga taraqqiyparvar romantiklar mehnat ahlining manfaatlarini himoya qilib chiqdilar. Romantizm vakillaridan Angliyada Bayron, Shelli, Valter Skott Fransiyada Gyugo, Jorj San, Polshada Adam Mitskevich, Yuli us, Slovatskiy va boshqalar ijod qila boshladilar. Romantizm nemis adabiyotida A.Shamisso, A.Gofman, aka-uka Grimlar hisoblanadi. Ingliz adabiyotida esa, Bayron, Shelli, Kolresh, Kits, Lem, Xezlit va boshqalar bu yo`nalishda ijod qildilar. Bayron 1788-1824-yillarda ijod qildi.

Bayronning yoshligi Shotlandiyada o`tgan. 10 yoshiga to`lganda, Lord unvoni olgan. U ikki yil o`rta yer dengizi bo`ylab, sayohatga chiqadi. Ispaniya, Malta, Albaniya, Turkiya, Portugaliya hamda Gretsiyani aylanadi. Ana shu sayohatlar natijasida “Chayld Garoldning ziyorati” nomli lirik-epik doston yaratadi. Dostonda asar qahramoni shoirning o`zi bo`ladi. U Portugaliya, Ispaniya, Albaniya va Gretsiyada bo`ladi.



Bayron ijodida “Sharq dostonlari” alohida o`ringa ega. Bayron “Gyaur” dostonida Leyla ismli ayolni sevadi. Leylaning rashkchi eri Hasan o`z xotinining Gyaur bilan sevishganidan xabar topib uni o`ldiradi. Bu xol Gyaurda Leyla uchun Hasandan qasd olishga chorlaydi. Asar oxirida Leylaning ishqida azob chekib Hasan ham vafot etadi. “Korsor” dostonida esa, asar qahramoni Konrod bo`ladi. Shoirning “Don Juan” she’riy romani uni dunyoga mashhur qiladi.

Fransuz adabiyotida esa buyuk dramaturg, romatizmning yorqin namoyondasi bu Gyugo Viktor Maridir. Dastlabki asari- “Qasidalar” (1821) she’rlar to‘plami monarxiya g‘oyalari ta’sirida bo‘lib, 20-yillarning 2-yarmida demokratik qarashlari mustahkamlana borgan.“Kromvel” (1827), “Sharq motivlari” (1829), “Marion Delorm” (1829), “Ernani” (1830), “Ryui Bliz” (1838) va boshqa she’riy va dramatik asarlari davrning dolzarb masalalari aks etgan. “Parijdagi Bobi Maryam ibodatxonasi” (1831) tarixiy romani voqealari o‘rta asrda bo‘lib o‘tadi, asarda muhabbat fojiasi tasvirlanadi. 1848 yildagi inqilobni olqishlagan. Lui Bonapartning davlat to‘ntarishini (1851) qoralagan. Shundan so‘ng 18yil surgunda bo‘lib, qator romanlar yozgan. “Pakana Napoleon” (1852), “Xo‘rlanganlar” (1862), “Dengiz zahmatkashlari” (1866), “Kulib turuvchi kishi” (1869), “Bir jinoyat tarixi” (1877-78) romanlarini yozib, ularda oddiy fransuzlarning og‘ir hayoti va kurashini tasvirlaydi. Gyugo romanlaridagi buyuk va olijanob insonlar turmushdagi pastkashliklar va illatlarga qarshi kurashishadi. “Dahshatli yil” (1872) she’rlar to‘plami fransuz-pruss urushi va Parij Kommunasi (1871) voqealariga bag‘ishlangan. So‘nggi “93-yil” romani (1874)da inqilobga xayrixohlik bilan qaragan. “Dengiz zahmatkashlari” (1938, 1965), “Xo‘rlanganlar”ning “Kozeta” va “Gavrosh” bo‘limlari (1952, 1955), “Byug Jargal” (1982) Q.Mirmuhamedov, Nurbek, E.Obidov tarjimasida o‘zbek tilida nashr qilingan, “Kulib turuvchi kishi” Navoiy teatrida sahnalashtirilgan (1966).
Viktor Gyugo 1802-1885-yillar ijod qildi. Gyugo, Ernana, “Marion Delorm” dramalarini yaratdi. Yozuvchining “Parij Bibi Maryam ibodatxonasi” romanida “Ananke” yozuvi taqdir qismat degan ma’nolarni anglatishi bitib qo`yilgan. Asar qahramoni Klod Frullo, Kvazimoda, Fib Esmiralda kabilar asarda asosiy o`rinni egallaydi.

V.Gyugoning “Xo`rlanganlar” romanida xor-zorlikka tubanlikka tushgan zo`rlangan kishilar qismatining ayanchli ekanligini ko`rsatadi. Ammo yozuvchi ushbu qahramonlarning hayot xavfidan qanday qutilish kerakligini bilolmaydilar. U jamiyat a’zolarini axloqiy jihatdan tarbiyalab adolat o`rnatish mumkin deb hisoblaydilar. Asar qahramoni Jan Baljan obrazi misolida insof-saxiylik, yomonlikka yaxshilik qilish, gunohni kechirish mumkin deb hisoblaydi.
Download 60.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling