Frazeologiya iboralarni o‘rganuvchi soha Dars rejasi


Download 24.87 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi24.87 Kb.
#1022284
Bog'liq
Frazeologiya – iboralarni o‘rganuvchi soha


Frazeologiya – iboralarni o‘rganuvchi soha

Dars rejasi:


1. Turk tilining frazeologiyasi haqida ma’lumot


2. Frazeologiya keng va tor ma’noda


3. Turk tilshunosligida deyim, söz grubu va özdeyiş orasidagi o‘xshashlik va


farqliliklar


4. Iboralarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari


Tayanch tushunchalar: frazeologiya (frazeoloji, deyimler), ibora, aytim


(deyimler), tilning frazeologik qatlami (Deyim hazinesi), turg‘un ibora, söz


grubu, özdeyiş, polisemantik iboralar, sinonimik iboralar, antonimik iboralar,


omonimik iboralar.


Frazeologiya (lotincha frazes «ibora», logos «ta’limot» yoki «fan») iboralarni


va ularning ma’nolarini o‘rganadi. Turk tilshunosligida frazeoloji atamasi

bo‘lsa-da, ushbu atamaga kamdan-kam hollarda murojaat qilinadi. Bu o‘rinda,


asosan, deyimler (ibora, aytim) atamasi qo‘llanadi. O‘z ma’nosidan farqli ma’no


tashuvchi, obrazli ifoda xususiyatiga ega bo‘lgan so‘z birikmalariga deyimler


(iboralar) deyiladi: abayı yakmak (‘chakmonni yoqmoq’, ya’ni oshiq bo‘lib


qolmoq, yuragidan urmoq), saman altından su yürütmek (‘somon tagidan su


yuritmoq’, ya’ni zimdan ish qilmoq) va b.


Umumiy tilshunoslikda ikki yoki undan ortiq so‘zning yaxlit holda bir


ma’noni ifodalashiga ibora (deyim) deyiladi: keyifçatmak (kayf-safo qilmoq),


boşa kürek sallamak (behuda eshkak eshmoq, ya’ni behuda urinmoq),


sözlerinitartmak (so‘zlarinin tarozida tortmoq, ya’ni o‘ylab gapirmoq), sözü


ağzından almak (gapini og‘zidan olmoq), dereyigörmedenpaçayısıvamak


(darani ko‘rmasdan pochasini shimarmoq), elsıvamak (yeng shimarmoq),


hertaraktabezivar (har taroqda bo‘zi bor, ya’ni har yomon ishda qo‘li bor),


karıncayı bileincitmemek (chumoliga ham ozor bermaslik) kabi.


39
Frazeologiya fani tilshunoslikning muhim sohalaridan biridir. Tilning


frazeologik qatlamini bilmay turib, nutqni na og‘zaki, na yozma shaklda

tushunish, na u tilda erkin so‘zlashish mumkin. Frazeologiya keng va tor


ma’noda tushuniladi. Keng ma’noda, frazeologiya, turg‘un birikmalarning


barcha turlari: qo‘shma tarkibli atamalar, qo‘shma va juft so‘zlar, balandparvoz


iboralar, gazeta shtamplari, aforizmlar, maqollar, matallar, idiomalar va shunga


o‘xshash birikmalarni o‘z ichiga oladi.Tor ma’noda, frazeologiyaning qamrovi


juda toraytirib yuboriladi va faqat iboralar o‘rganiladi. (O‘zbek tilida maqol,


matal, aforizmlar, iboralarni umumiy o‘rganadigan soha paremiologiya deb ham


yurilimoqda.)


Yuqorida ta’kidlangan hodisalardan faqat bir turi – so‘zlarning turg‘un


birlashishi hodisasi – turg‘un iboralarni til birligi deb baholash mumkin.


«Frazeologik birlik bo‘lish uchun so‘zlarning obrazli birlashuvi obrazli ma’no,


ko‘chma ma’no anglatishi shart»


9


. Bunga ko‘ra, frazeologik birlikdan kelib

chiqadigan ma’no uning tarkibidagi so‘zlarning alohida leksik ma’nolari


yig‘indisiga emas, birikmaning umumlashgan ma’nosiga teng bo‘ladi.

Turk tilshunosligida olimlar orasida iboralar haqida turli fikrlar mavjud bo‘lsa-


da (“deyim”, “söz grubu”, “özdeyiş”), ular yagona fikrga (deyim) asoslanishadi.


Ya’ni deyarli barcha olimlar iboralarga quyidagicha umumiy ta’rif berishadi: “Bir


tushunchani, holatni jozibador bir ifoda bilan yoki o‘ziga xos bir birikma ichida


ta’kidlagan va asosiy ma’nolaridan alohida boshqa bir ma’nosi bo‘lgan


qoliplashgan birikmalarga frazeologizmlar (deyimler) deyiladi»


10


- deyishadi.

Masalan: ‘burnu bűyűmek’ (‘burni ko‘tarilmoq’) - “deyim”, ‘acıları dindir-


mek’(‘og‘riq, iztirobni tindirmoq’), ‘akıl hastası’(‘ruhiy hasta’), ‘akıl dişi’(‘aql


tishi’) - “söz grubu”, ‘her kemalin bin zevali vardır’ (so‘zma-so‘z: ‘har


kamolning bir zavoli bor), ‘bize göre hava hoş’ (‘biz uchun havo yaxshi’, ya’ni


boshqalarini muammosi bizni qiziqtirmaydi) birikmalari - “özdeyiş” deb beriladi.


Aslida, turg‘unlik, ma’no butunligi, boshqa tilga so‘zma-so‘z tarjima

qilinmaslik, muqobillarning mavjudligi, metaforiklik, obrazlilik, ekspressivlik kabi


alomatlarning hech biri frazeologizmning belgilovchi, farqlovchi alomati bo‘la


olmaydi. Buni belgilash uchun frazeologizmning tabiati, uslubiy xususiyatlari,


nutqda qo‘llash qonuniyatlarini aniqlashtirish to‘g‘ri bo‘ladi.


Hozirgi zamon turk tilining frazeologik xazinasi uzoq davom etgan taraqqiyot


yo‘lining mahsulidir. Frazeologik birliklar inson ongi «aniqlikdan mavhumlikka,


predmetlilikdan obrazlilik sari» taraqqiy eta boshlagan uzoq o‘tmishda yuzaga kela


boshlagan.


Iboralar quyidagi xususiyatlarga ega:


1.


Bir necha so‘z birgalikda yaxlit bir ma’no ifodalanadi. Ibora tarkibidagi

so‘zlar alohida-alohida olinsa, kutilgan ma’no kelib chiqmaydi: gözü oyulmak –


cezalanmak, yanağından kan damlamak – sağlıklı, sağlam, ödü kopmak - korkmak


9

Raxmatullaev Sh.U. O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati, –T., 1992, –B.3.


10
Aksoy A.O. Atasözleri ve Deyimler Sözlüğü, –İstanbul, 1994, –S.52.


40
va b. Iboraning ma’nosi, asosan, so‘z ma’nosiga teng bo‘ladi (ağzı kulağında -


mutlu).


Turk tilida iboralar ba’zan gap shaklida ham bo‘lishi mumkin. Masalan, koynunda

yılan beslemek, kökűnű kazmak, köşeye sıkışmak, körler ülkesinde ayna satmak,


kulak dikmek iboralari so‘z birikmasiga, köhne hamam, köhne tas, kulağına


çalındı,kuş uçurtulmadiiboralari esa gapga teng. Gapga teng iboralar tarkibida ega


va kesimlik munosabati mavjud bo‘ladi.

2.


Iboralarning ma’nosi ko‘chma bo‘ladi. Undagi so‘zlar o‘z ma’nosida

ishlatilmaydi. Masalan, demiri tavında dövmek(temirni qizig‘ida bosmoq) iborasi


ishni o‘z vaqtida bajarmoq ma’nosida, başına taç etmek (boshiga ko‘tarmoq)


iborasi hurmat qilmoq ma’nosida ishlatiladi.

3. Iboralar sintaktik tahlil qilinganda yaxlit holda gap bo‘lagi bo‘ladi. Masalan,


Babası elinin ekmeğiyle geçinirdi (Otasi halolnon topib kun kechirardi) gapida


elinin ekmeğiyle geçinmek ‘halolnon topib kun kechirmoq’ iborasi gapda kesim


vazifasini bajarib keladi. Şu anda başımı kaşıyacak vaktim yok (Shu topda


boshimni qashlashga ham vaqtim yo‘q) gapida esa “ish bilan band bo‘lganidan


hech narsaga vaqt topa olmaslik” ma’nosidagi başını kaşıyacak vakti olmamak

iborasi bir tarkibli gap shakliga ega. Ayağa kaldırmak (oyoqqa turg‘izmoq)iborasi


“moddiy ahvolning yaxshilanishi”ni bildiradi: Yıllardır batmış durumda olan


fabrika kısa sürede ayağa kalktı (Ko‘p yillardan beri botib yotgan fabrika qisqa


muddatda oyoqqa turdi) gapida ayağa kalktı iborasi kesim vazifasini bajargan.


Iboralar ham so‘zlar singari til birligi hisoblanadi. Ular shakl va ma’no

munosabatiga ko‘ra 4 turga bo‘linadi:


1. Polisemantik iboralar – bir iboraning bir necha xil ma’nolarda ishlatilishi:


başı dönmek (boshi aylanmoq) – 1. behush bo‘lmoq; 2. esankiramoq.


baş kaldırmak (bosh ko‘tarmoq) 1. qo‘zg‘almoq; qo‘zg‘olon ko‘tarmoq 2.


qilib turgan ishini to‘xtatmoq; 3. kurashga chog‘lanmoq.


2. Sinonim iboralar(frazeologik sinonimlar) – bir tushuncha doirasidagi


sinonim
iboralar:

ağzınabirkemikatmak


-
ağzınıyağlamak;


boyasımeydanaçıkmak - su yüzüneçıkmak; günışığına çıkarmak - kirli


samaşırlarınıortaya dökmek; elikalemtutmak - mekter medrese görmek, gönül


yeğlendirmek – gününügünetmek - hayatsürmek - halivaktiyerinde olmak;


hırkayıbaşına çekmek - içinekapanmak - kabuğunaçekilmek; kanadının altına


almak - kolkanat olmak; kefeniboununda - kelle koltukta; tıngır elektıngırtaş -


yerinde yelleresmek - cinler tor ounamak; umutsuzluğakarılmak-ümidinikesmek


- hayalkırıklığınauğramak; göz açıp karanıncaya kadar - kaşla göz arasında -


derdemez; varını yoğunu uemek - (servetini) havaua savurmak va h.


Ba’zan so‘z bilan ibora yoki ibora bilan so‘z sinonim bo‘lishi mumkin:


karıncayı bile incitmeyen – iyi kalpli (beozor), yere bakan yürek yakan – (hiç)


konuşmayan (pismiq) va b.


41
3. Antonim iboralar (frazeologik antonimlar) – ma’nosi bir-biriga qarama-
qarshi bo‘lgan iboralar: ayağa kalkmak ‘oyoqqa turmoq’– yere düşmek (yerga

yiqilmoq),alnının teriyle geçinmek ‘peshona teri bilan kun o‘tkazmoq’ – ekmek


elden su gölden (non qo‘ldan, suv ko‘ldan), bir baltaya sap olmak ‘bir boltaga


sop bo‘lmoq’, ya’ni ‘biror ishga yaramoq, mustaqil ravishda bir ishning boshini


tuta olmoq’ – ciğeri beş para etmemek (so‘zma-so‘z: jigari ikki pulga


arzimaslik) kabi.


4. Omonim iboralar (frazeologik omonimlar) – shakli bir xil, ma’nosi har xil


bo‘lgan iboralar: boshga ko‘tarmoq iborasi – to‘polon qilmoq hamda hurmat

qilmoq ma’nolarida; ko‘z yummoq iborasi kamchiliklarni ataylab ko‘rmaslik


hamda o‘lmoq ma’nolarida ishlatiladi. Ba’zan ibora (turg‘un birikma) bilan

erkin birikma orasida ham omonimlik uchrab turadi. Masalan, Eskiden lüzümsüz


şeyleri bahane ederek göz açırmıyordu (İlgari arzimagan narsalarni bahona


qilib ko‘z ochirgani qo‘ymas edi) gapidagi – ibora. Ko‘z ochirmay sovuq


shiddat bilan qoqar qanotin – erkin birikma. Arzimagan maosh bilan ularning


kuni o‘tar edi – ibora. Ishlining ishi bitar, ishsizning kuni o‘tar – erkin birikma.


Iboralar ko‘proq so‘zlashuv va badiiy nutqda ishlatiladi.


Iboralarning grammatik xususiyatlari. Iboralarning asosiy grammatik


xususiyatiularning kamida ikki so‘zdan iborat erkin so‘z birikmalaridan farqli,

qoliplashgan, turg‘un birikma ekanligidadir. Iboraning tabiatini to‘g‘ri tushunish


uchun, birinchidan, ushbu birliklarni u bilan umumiy belgilarga ega bo‘lgan so‘z


bilan, ikkinchidan, erkin so‘z birikmasi bilan qiyoslash kerak. Chunki so‘z


birikmasi iboralarning genetik manbai hisoblanadi.


Ibora va so‘z leksik ma’no, komponentlar tarkibi va grammatik kategoriyalar


kabi umumiy alomatlarga ega. Leksik ma’no iboraning nafaqat so‘z kabi


izohlanishi bilan, balki ibora va so‘zning leksik ma’noga ko‘ra sinonimlarni tashkil


qilishi bilan ham isbotlanishi mumkin. Masalan: ödü kopmak (o‘takasi yorilmoq) –


korkmak (qo‘rqmoq); yanağından kan danlamak (yanog‘idan qon tommoq) –


sağlam (sog‘lom), tereyağından kıl çeker gibi(saryog‘dan (xamirdan) qil


sug‘urganday) – kolay (oson) va h.


Ibora gap ichida so‘zlar bilan munosabatga kirishish uchun grammatik

kategoriyalarga ega bo‘lishi, ya’ni ibora gap ichidagi boshqa so‘zlar bilan


moslashishi, so‘zlarni boshqarishi yoki boshqarilishi, bitishishi mumkin. Shunga


qaramay, ibora gap ichidagi so‘zlarga nisbatan alohida, bo‘linmas birlik sifatida


namoyon bo‘ladi, so‘zlar bilan birlashib, qismlarga parchalana olmaydi. Iboraning


gap ichidagi sintaktik vazifasini oldindan belgilovchi leksik-grammatik xarakte-


ristikaga ko‘ra, ot ibora gapda ega, murakkab ot kesimning ot qismi; fe’l ibora -


kesim, sifat ibora - aniqlovchi, ravish ibora - hol bo‘lishi mumkin. Masalan:


Gözlerine doymadan gidersem eğer, gözlerim açık gider (Ko‘zlaringa to‘ymasdan


ketsam, ko‘zim bu dunyodan ochiq ketadi). Ushbu gapdagi gözleri açık gitmek


iborasi kesim vazifasida kelgan. Chunki bu ibora gap shaklida bo‘lsa-da, uni ega-


kesimga bo‘lish mumkin emas.


Ibora ham, so‘z ham paradigmatik shaklga ega va gap ichida ular orasida


muayyan munosabat mavjud. Shu o‘rinda, «so‘z va ibora orasidagi munosabat o‘zi


42
nima?» va «Iboraning gap ichidagi so‘zlar bilan aloqasi paradigmatik shakllar


bilan chegaralanadimi?» degan savol tug‘iladi. Masalan: Kadın da nasılsa şeytana

uymuş ve çocuğunu bırakarak zabitle beraber kaçmış…(Xotin ham shayton


vasvasasiga uchib, eri bilan bolasini tashlagan-u, o‘sha ofiser bilan qochib ket-


gan…) Bu gap ichidagi şeytana uymuş iborasi kadın va nasılsa so‘zlariga


bog‘langan. Bu yerda ibora leksik birikuv qoidasiga ko‘ra leksik jihatdan,

grammatik birikuv qoidasiga ko‘ra esa grammatik jihatdan gapning boshqa


bo‘laklari bilan bog‘langan. Tilning aniq leksik ma’no va grammatik


xarakteristikaga ega bo‘lgan mustaqil birligi sifatida şeytana uymuş iborasi


gapning egasi bo‘lgan kadın so‘ziga nisbatan kesim bo‘lib, “to‘g‘ri yo‘ldan


adashmoq” ma’nosidagi harakat (holat)ni ifodalaydi. Şeytana uymuş iborasi


gapning egasi (kadın) bilan moslashgan va hol (nasılsa) bilan bitishgan.


Iboraning so‘z bilan birikuvi negizida leksik ma’no yotadi. Grammatik birikuv


asosida esa har bir til birligining aniq grammatik kategoriyalari, ya’ni so‘z va


iboraning grammatik ma’nosi bilan bog‘liq grammatik xossalari turadi. Iboraning


so‘zlar bilan birikuvi bir vaqtning o‘zida ham leksik, ham grammatik birikuv


qonuniga muvofiq reallashadi.


Grammatik kategoriyalar iboraning leksik ma’no kabi farqlovchi belgisidir. Shu


ikki alomati bilan ibora so‘zga juda yaqin turadi. Iboraning so‘z bilan birikuvi


sanab o‘tilgan mushtarak belgi, alomatlar-ning mavjudligi bilan belgilanadi.


Frazeologiyada ibora va so‘zning til birliklari sifatida bir-biriga muqobil


birliklar ekanligi ko‘p tilga olinadi. Ammo bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Ibora


so‘z kabi belgilar yig‘indisi, tilning o‘ziga xos birligidir. Biroq, uning kategorial


belgilari so‘znikidan farq qiladi. Bular: leksik ma’no, komponentlar tarkibi va


grammatik kategoriyalardir.


Ibora so‘z birikmasi bilan faqat genetik jihatdan o‘xshashdir. Chunki har qanday

ibora bir so‘z birikmasi yoki gapdir, faqat u oddiy so‘z birikmasi emas, inson


fikrida qayta ishlangan obrazli, metaforik birikmadir.


Ko‘pchilik iboralarning prototiplarierkin so‘z birikmalaridir. Masalan, kuyruk


sallamak erkin birikmasi “it yoki boshqa bir hayvonning dumini likillatishi”ni


bildirsa, uning ibora ma’nosi laganbardorlik qilmoqdir. Yoki kanadını kayırmak


erkin birikma sifatida “parrandaning qanotini qayirish”ni, ibora sifatida esa


birovni mavjud imkoniyatlardan mahrum qilishni bildiradi.


Iboralar kamdan-kam hollarda o‘z birikuv manbaiga ega bo‘lmasdan so‘z


birikmasi yoki gap modeli bo‘yicha yuzaga keladi. Masalan, turkcha “o‘ta kuchli”


ma’nosidagi taşı sıksa suyunu çıkarır, “oldin yaxshilab o‘ylab, so‘ngra gapirmoq”


ma’nosidagi sözlerini tartmak iboralari erkin birikma nuqtayi nazaridan


mantiqsizday tuyuladi. Chunki hech qachon toshni siqib, suvini chiqarish, yoki


so‘zni tarozida tortish mumkin emas.


IX.

Ma’ruza

LEKSIKOGRAFIYA


43
Leksikografiya – lug‘atlar haqidagi soha


Dars rejasi:


1. Leksikografiya haqida ma’lumot

2. Lug‘atlarning turlari


3. Mahmud Koshg‘ariyning «Devoni lug‘atit turk» va Alisher Navoiyning


«Muhokamat ul-lug‘atayn» asarlari


Tayanch tushunchalar: Leksikografiya (leksikografiya), Lug‘at (sözlük), alifbo


tartibi, Türkçe Sözlük, Osmanlıcadan Türkçe`ye Sözlük, Deyimler Sözlüğü,


Mecazlar Sözlüğü, Köken Bilgisi Sözlüğü, Lug‘at bilimi (Sözlük bilimi),


Ensiklopedik lug‘at (ansiklopediler), Lingvistik lug‘atlar: 1.Izohli lug‘atlar


(açıklamalı sözlük). 2. Tarjima lug‘atlar (çeviri sözlükleri), Büyük Rusça-Türkçe


Sözlük (Katta ruscha-turkcha lug‘at), Büyük Türkçe-Rusça Sözlük (Katta ruscha-


turkcha lug‘at), Büyük Türkçe-Rusça Sözlük (Katta turkcha-ruscha lug‘at),


«Devoni lug‘atit turk», «Muhokamat ul-lug‘atayn», «Abushqa».


Leksikografiya (yunoncha leksikos - «so‘z», grafo - «yozmoq») –


tilshunoslikning lug‘at tuzish va ularni tuzish prinsiplarini o‘rganuvchi bo‘limi.


Leksikografiyada so‘z va iboralarning lug‘atlarda joylashishi, ularni


joylashtirish qoidalari o‘rganiladi.


Lug‘at(sözlük). Usmonli turk tilida lügat. Bir tildagi so‘zlarni asos olib,


ularning asosiy va ko‘chma ma’nolari hamda boshqa so‘zlar bilan birga tashkil

etgan ifodalardagi ma’nolari, farqli qo‘llanishlarini, iboralarini ko‘rsatuvchi va


tilning butun zahirasini o‘z ichiga oluvchi kitob. Lug‘atlar, asosan, alifbo tartibiga


ko‘ra tayyorlanadi. Lekin sohalar va turli mavzularga ko‘ra tuzilgan lug‘atlar ham


bor: Türkçe Sözlük, Osmanlıcadan Türkçe`ye Sözlük, Deyimler Sözlüğü, Mecazlar


Sözlüğü, Köken Bilgisi Sözlüğü va b.


Lug‘atbilimi (Sözlük bilimi) bir til yoki bir necha tilning so‘z boyligini lug‘at


shaklida yuzaga keltirish usul va metodlari va amalga oshirish yo‘llarini

ko‘rsatuvchi soha (leksikografiya).


Ko‘zlangan maqsadi jihatidan lug‘atlar ikki turli bo‘ladi:


1. Ensiklopedik lug‘atlarda (ansiklopediler) so‘zning anglatadigan ma’nosi


emas, balki shu so‘z bilan nomlangan voqelik bayon qilinadi. Masalan, lug‘atda


Türkiyeso‘zi berilgan bo‘lsa, uning yonida shu davlatning joylashgan o‘rni,


chegaralanishi, poytaxti, aholisi, yetishtiriladigan xom-ashyolari haqida

ma’lumotlar beriladi.


2. Lingvistik lug‘atlar so‘z va iboraning ma’nosini, uning turkumini, imlosini


ko‘rsatuvchi lug‘atlardir. Lingvistik lug‘atlar ikki turli bo‘ladi: 1.Izohli lug‘atlar


(açıklamalı sözlük). 2. Tarjima lug‘atlar (çeviri sözlükleri).


Izohli lug‘atda so‘z yoki iboraga izoh beriladi, uning turkumi, qaysi tilga


mansubligi, o‘z va ko‘chma ma’nolari izohlanadi, misollar keltiriladi. Har 10 yilda


44
qayta nashr etiladigan (oxirgi nashri 2008 yilda chop etilgan) turk tilining izohli


lug‘ati (Türkçe Sözlük)da 100 000ga yaqin so‘zning izohi berilgan.

Tarjima lug‘atlarda tanlangan so‘zning boshqa bir tildagi muqobili topiladi va


uning ma’nolari beriladi. 1977-yilda Moskvada chop etilgan va 1995 yilda

Istanbulda nashr etilgan Büyük Rusça-Türkçe Sözlük (Katta ruscha-turkcha lug‘at)


va Büyük Türkçe-Rusça Sözlük (Katta turkcha-ruscha lug‘at)larning har birida 48


000 dan so‘z joy olgan.


Turk tilining imlo lug‘atlari ham har 2-3 yilda qayta nash etiladi. Ularda 10000 dan


boshlab 75000 tagacha so‘zning imlosi beriladi. Shuningdek, turk tilining izohli


lug‘ati (Türkçe Sözlük)da 100000ga yaqin so‘zning izohi berilgan.


Bulardan tashqari, turk tilining turli sohalariga oid atama lug‘atlari ham mavjud.


Lug‘at tuzish qadimgi davrlarda ham mavjud bo‘lgan. Masalan, XI asrda mashhur


tilshunos olim Mahmud Koshg‘ariy «Devoni lug‘atit turk» asarini yaratgan.


Unda 6000 ta turkiy so‘zning arabcha izohi berilgan.


Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug‘atayn» («Ikki til muhokamasi») asarida


o‘zbek va fors-tojik tillari bir-biriga qiyoslanadi. A. Navoiy unda o‘zbek tilining


boyligini, o‘zbek tilida ham ajoyib asarlar yaratish mumkinligini asoslab bergan.


Bu asarda Navoiy dunyoda uch asl va mo‘tabar til borligi (arab, fors-tojik va


turkiy), Nuhning o‘g‘li Yofas «Abut turk» (turklarning otasi) ekanligi haqida fikr


yuritadi. Qadimiy lug‘atlardan biri bo‘lgan «Abushqa» XVI asrga taalluqli




bo‘lib, usmonli turk tilida yozilgan.
Download 24.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling