Frezalash stanoklari haqida umumiy tushunchalar, stanoklarning asosiy tiplari. Konsolli-frezalash stanoklari


Download 193.5 Kb.
bet2/5
Sana09.11.2023
Hajmi193.5 Kb.
#1760082
1   2   3   4   5
Bog'liq
abu kesish

Konsolli-frezalash stanoklari


Bu stanoklarning konsolli deb atalishga sabab, ularda stanokning stoli stanina bo'ylab yuqori va pastga harakatlanuvchi qism—konsolga o'rnatilgan. Konsolli-frezalash stanoklari gorizontal, vertikal, uni­versal va keng universal turlarga bo'hnadi.
Umumiy foydalaniladigan frezalash stanoklarining asosiy parametri stol ish yuzasining o'lchamlaridir. Ular quyidacha keltirilgan .



Konsolli-frezalash stanoklari shpindel o'qiningjoylashishi bo'yicha gorizontal va vertikal stanoklarga bo'linadi. Shpindelga freza o'rnatilib, u aylanma harakat oladi. Stol karetkaga, karetka esa konsolga o'rnatilgan bo'lib, zagotovka stoI bilan birga bo'ylama, ko'ndalang va vertikal yo'nalishlarda harakatlanadi. Universal konsolli gorizontal-frezalash stanoklari oddiy gorizontal-frezalash stanoklaridan buriluvchi stoli bilan farqlanadiki, u uch o'zaro perependikular yo'nalishlar bo'yicha harakatlanishidan tashqari o'zining vertikal o'qi atrofida ±45° ga burila oladi. Bu stanokda vintsimon ariqchalarni va g'ildiraklarda qiyajoylash-gan tishlarni shakllantirishga imkon beradi.
Keng universal stanoklar (modeli oxirida Ш harfi yoziladi) uni­versal stanoklardan qo'shimcha, vertikal va gorizontal o'qlar atrofida

buriluvchan shpindelning mavjudligi bilan farqlanadi. Shuningdek ikki shpindel (gorizontal va vertikal) va gorizontal o'q atrofida buriluvchan stolga ega bo'lgan stonoklar ham uchraydi. Keng universal stanoklarda shpindel ishlov o'tayotgan zagotovkaga nisbatan istalgan burchak os-tida o'rnatilishi mumkin.
modelli keng universal frezalash stanogi mayda va o'rta zagotovkalarda har xil ishlarni, shu jumladan vintsi-mon ariqchalarni frezalashni yakka buyurtmali va o'rta seriyali ishlab chiqarish sharoitida bajarish uchun mo'ljallangan.

Optik bo'lish kallaklari juda aniq bo'lish ishlarida va bajarilgan bo'lishni nazorat qilishda foydalaniladi.
Konsolli-vertikal frezaiash stanoklari gorizontal stanok asosida qurilib, ularda xobot qismi bo'lmaydi, staninaning yuqori qismi biroz o'zgartirilib, unga shpindel kallagi o'rnatilgan bo'ladi. Shpindel ver­tikai o'qli. Ba'zi stanoklarda shpindel kallagi gorizontal o'q atrofida burilishi mumkin.
Shunday qilib, konsolli-frezalash stanoklari quyidagi variantlarda chiqariladi:
Gorizontal (modellari 6Р80Г, 6Р81Г, 6Р82Г, 6Р83Г,... 6T82,..); Vertikal (modellari 6P10, 6PU,6P12, 6P13, 6P12B, 6MNK,...); Universal (modellari 6P80, 6P81, 6P82, 6P83,..); Keng universal (mode!Iari 6Р80Ш, 6Р81Ш, 6Р82Ш, 6Р83Ш, 6Т80Ш,...).


Download 193.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling