Fridrix nitsshe reja


Download 0.95 Mb.
Sana23.03.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1287415
Bog'liq
Fridrix Nitsshe

O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI SIYOSATSHUNOSLIK YO`NALISHI 1-KURS TALABASI NASRULLAYEVA DILDORANING SIYOSIY TA’LIMOTLAR TARIXI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

Fridrix nitsshe

REJA

    • FAYLASUF BOLALIGI:”12 YOSHLI MITTI ISO” TIMSOLIDA

1
    • “TUSHUNARSIZ DARAJADA TUSHUNARLI BO`LGAN” DEYA TA’RIFLANGAN FAYLASUF IJODI

2
    • ZAMONA AVLODLARIGA O`LMAS MEROS QOLDIRGAN NITSSHE

3
Nemis faylasufi FRIDRIX VILGELM NITSSHE 1844-yil 15-oktabrda Saksoniyada joylashgan Rekken qishlog`ida protestant ruhoniysi oilasida tug`ilgan. Gimnaziyadagi o`qib yurgan paytlari do`stlari uni “ibodatxonadagi 12 yoshli iso”ga o`xshatib, “mitti pastor” deb atashgan. U 10 yoshidan she’rlar yoza boshlagan. Gimnaziyani tugatgach 1864-1868-yillarda Bonn va Leypsig shaharlarida ta’lim oladi. 1869-1878-yillarda Bazel universitetida professor bo`lib ishlaydi. Kasalligi tufayli universitetdagi ishni tashlab ketishga majbur bo`ladi. 1871-yildan boshlab Nitsshening salomatligi yomonlashib qattiq bosh og`rig`iga uchraydi. 1888-yilda falaj bo`lib qoladi. Ko`p o`tmay aqli zaiflasha boshlaydi.

Singlisi Elizabet fyorster-nitsshe unga o`limiga qadar mehribonlik ko`satadi. Vafotidan so`ng esa nitsshening ijodiy merosi haqida qayg`uradi. Nitsshe kasalmand, odamlarga qo`shilisha olmaydigan, noqulay inson edi. U o`zi xayolan yaratgan ideal inson timsoliga butkul berilib, tanholikda yashashni Afzal ko`radi.

1872-yil nitsshening “musiqa ruhidan fojianing tug`ilishi” deb atalgan 1-kitobi bosilib chiqdi. Bunda u borliqning ikki asosini – bir tomondan “hayotiylik”, ”maishat”, “fojiaviylik”ni va 2-tomondan “mushohadaviylik”, “mantiqiylik”, “bir tomonlama intelektuallik”ni o`zaro qarama-qarshi qo`ygan. Bu kitobni zamondoshlari g`ayriilmiy asar sifatida rad etishadi.

Nitsshening mashhur asari “zardusht tavallosi: “har bir kishi va hamma uchun kitob” hisoblanadi. Nitsshening o`zi uchun bu asar “insoniyat qo`lidagi kitoblar ichida eng terani” bo`lgan. Nitsshe o`zini insoniyat imkoniyatlari chegarasidan tashqariga chiqqan ongni o`zida mujassamlashtirgan zardusht bilan tenglashtirgan.

Nitsshe barcha soxta, chirkin, hayotga dushman bo`lgan narsalarni yo`q qilishga tayyor turuvchi yangi inson idealini yaratishga intilgan. Uning falsafasi yaqinlashib kelayotgan nigilizm o`rnini egallashi lozim edi. Nitsshe xristianlikka qarshi qarshi kurashdi va “qullik axloqi”ni xristianlikning mahsuli deb baholadi. U burjuaziyaga qarshi edi, bu sinf axloqini soxta deb bildi. Nitsshechilikning metafizik g`oyasi “barcha mavjudotlar shu jumladan , inson ongida ham hokimiyatga intilish shakli namoyon bo`ladi, hech qanday Mutlaq hayot yo`q, hamma narsa mangu qaytarilishga mahkum” degan fikrda mujassamlashgan. Nitsshe falsafaga “hokimiyatga intilish” g`oyasidan tashqari, “barcha qadriyatlarni qayta baholash”, “ideal inson”, “odamlarning yangi nasli”, “mallarang dog`ulilar” tushunchalarini kiritdi.

Nigilizm (lotincha nihil-”hech nima” ) olamning ,ayniqsa insoniyatning obyektiv qiymati yo`q< deb uqtiruvchi falsafiy oqimdir. Nigilizmga ko`ra, agar xudo mavjud bo`lsa ham, unga itoat etish, bo`ysunish faqat uning bosimi tufayli amalga oshirilishi mumkin. Xudoga itoat etish, boshqa har qanday amal kabi, ma’nosizdir.

Nitshening quyidagi asarlari ma’lum: “tarixning hayot uchun foydasi va zarari to`g`risida” , “shopengauer muraabbiy sifatida” , “rixard vagner bayreytda” , “erkin tafakkur sohiblari uchun qo`llanma” , “tong yallig`I” , “quvnoq bilim” , “yovuz donishmandlik: hikmatlar va dono so`zlar” , “ axloqning mohiyati” va eng mashhur asari “zardusht tavallosi: har bir kishi va hamma uchun kitob”. Uning yana bir asari mavjud bo`lib , u asar uning o`limidan 6 yil o`tib “hokimiyatga intilish” nomi ostida 1906-yilda singlisi tomonidan chop ettiriladi.

Nitsshe hayotni boshqalarga qaraganda teranroq his etgan. U o`z aniq-ravshanligi bilan sirli, tushunarsiz darajada tushunarli bo`lgan yagona faylasuf edi.


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling