Fsmu jadvali


Download 21.11 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi21.11 Kb.
#207515
Bog'liq
pedagogika 8 b574c358e0148b3ecbf63ff8b6953aa3


O’qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi.

FSMU JADVALI.



F FIKRINGIZNI BAYON ETING

O’qituvchi o’quvchi bilan muloqotda har bir o’quvchining qadr qimmatini inson sifatida hurmat qilishi, o’quvchiga nisabatan ishonchini

Dars va darsdan tashqari ishlarda muomala madaniyatiga rioya qilib o’rnak bo’lishi, har bir o’quvchining dars bo;lgan qiziqishini uyg’otadi.

Yaxshi rivojlangan nutq va muomala madaniyati kishining o’quvchilar ,hamkasblari va ijtimoy hayotda ham o’z o’rnini topishga imkon yaratadi.


S FIKRINGIZNI BAYONIGA BIROR SABAB KO’RSATING

Masalan o’qituvchi haddan tashqari qo’pol va noma’qul so’zlarni ko’p ishlatsa o’quvchilarning u fanga ham o’qituvchiga ham bo’lgan munosabati salbiy bo’lib qoladi.

M KO’RSATILGAN SABABGA TUSHUNTIRUVCHI MISOL KELTIRING

Maktabda 7-sinf o’quvchilari kimyo fanidan birinchi oraliq nazorat ishi olishayotgan edi. O’qituvchi Ibragimova.M.N komilaning doston sinfdoshiga masalani o’rgatayotganini ko’rib qolib ularni birga sevishib yuradigan oshiqlar deb aybladi. Nazorat savollarini ulardan tortib olib xaqoratli so’zlar bilan ularni darsdan haydadi.. Bundan kuchli ta’sirlangan komila va doston kimyo darsiga qayta kirmay qo’yishdi.

U FIKRINGIZNI UMUMLASHTIRING

O’qituvchi bo’lishnii xohlagan har bir shaxs avvalo o’zining muomala madaniyatiga e’tibor berishi nutqini ravon qilib insonlar orasida kirishimli bo’lishi kerak . zero, ularning har bir aytgan so’zi, xarakteri, muomalasi, xarakati yosh avlodga o’rnak bo’ladi

JADVALNI TO’LDIRING VA TAHLIL QILING

Pedagogik muloqotda muomala madaniyati.

O’qituvchi nutqining ravonligi, tushunarliligi bilan ,o’zini tutishi va muloqot vaqtida har bir o’quvchini inson sifatida qadrlashi bilan o’quvchilar uchun ideal shaxs sifatida gavdalanishi kerak. Zero biz o’qituvchilarga kelajak avlodimizni bilimli aqlli dono va vatan ravnaqi uchun o’z hissasini qo’shadigan avlodni tarbiyalash zimmasi yuklatilgan.




O’qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyati.

O’qituvchi dars jarayonida ham hamkasblari bilan ham samimiy xushmuomala bo’lishi kerak . ijtimoiy sohada ham kaasbiy faoliyatdagi muloqotda ham muomala madaniyatiga rioya qilish kishini el oldida o’bro’sini oshiradi .



‘’Bilts- so’rov savollariga javoblar.

1 pedagogik muloqot madaniyatio’qituvchi kasbiy faoliyatida qanday ahamiyat kasb etadi

Pedagogic muloqot madaniyati o’qituvchi faoliyatini muvaffaqiyatga yo’naltiruvchi eng muhim vosita bunda o’qituvchining muhim fazilati uning muloqot madaniyatiga asoslangan muomalasidir. muomala barcha falsafiy va psixologik fanlarda o’ziga xos ta’rifga ega pedagogikaning kategoriyasi sifatida muomala o’quvchilar qalbiga yo’l topa olish , ularga yondashish mehrni qozonish,pedagogic nuqtai nazardan ta’lim tarbiya jarayonida o’quvchilar bilan o’zaro aloqa bog’lashga qaratilgan o’qiyuvchining pedagogic qobiliyatidir.

2 o’qituvchining muloqot madaniyatini shakllantirish metodikasi qanday bosqichlardan iborat

-o’quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish har tomonlama tavsif berish ,

-shaxsiy muloqotda ro;y beradigan kamchiliklarni aniqlash va darhol ularga barham berish choralariniizlab toppish;

-rahbar o’zi uchun muloqotning qulay bo’lgan uslublarini ishlab chiqishi,o’z o’zi kuzatish bilan yutuq va kamchiliklarni taqqoslash’

-oz’ining muloqoqt madaniyati uslublariga muvofiq keluvchi milliy an’ana va ma’naviyatimizga xos xususiyatlardan unumli foydalanish.

-muloqot madaniyatida pedagogic faoliyat qoninuyatlaridan chetga chiqmaslik, bu uslubni mustahkamlash

3o’qituvchi pedagogic muloqot madaniyatiga erishish uchun qanday vaziyatlarni e’tiborga olish kerak.

-o’quvchilarning individual xususiyatlarini, psixik holatlarini chuqur o’rganish;

-jonli muloqot asosida mustaqil fikrlovchi o’zining qadr qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat iymoni butun , hayotda aniq maqsadga intiluvchi erkin shaxsga ta’lim tarbiya berishi shartligini unutmaslik.

4 o’quvchilar diqqatini o’ziga jalb qilish deganda nimani anglash lozim

Fikrning aniqligini so’zning tushunarliligi va o’qituvchi dunyoqarashining kengligi o’quvchilar diqqatini oz’iga jalb etishda mihim rol o’ynaydi.

5o’qituvchining pedagogik muloqot madaniyatiga xos xususiyatlariga ta’rif bering

-muloqot o’qituvchining pedagogic faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi.

-muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qoniniyatlar muhim ahamiyatga ega.

-O’qituvchi va o’quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi moloqot sanalib motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa u ham xuddi shunday muhim rol o’ynaydi.

-muloqot-hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chiqadi va shaxslararo munosabat rivojlanishining ko’p qirrali jarayoni hisoblanadi.

6 O’qituvchining pedagogic muloqot madaniyatini shakllantirish yo’nalishlari.

-yuksak pedagogic faoliyatnuqtai nazaridan o’z o’zini anglashiva shu asosda fikr almashish yo’li bilan o’z o’zini tarbiyalashi

-kishilar bilan o’zaro munosabatda kommuniaktiv iqtidorini shakklanib borishi,muloqot asosida to’gri bashorat qilish sezgilarini mashq qildirishi muloqotda o’zining ideal tasavvurlariniimkoniyatlarini boshqalar qanday baholashi haqidagi refleksiy tasavvurlarnitahlil qilish.

-o’zozda muosharat odobining muhim xususiyatlarinirivojalantirish yuzasidan ixtisoslashtirilgan ashqlar saosida ishlash

-o’quvchilar va ota onalar bilan tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan turli jamoat ishlarini olib borishi va bunda o’zaro fikr almashish asosida pedagogic tashkilotchilik qobiliyatlarinitakomillashtib borishi



-muloqot jarayonida paydo bo’ladigan salbiy holatlarni yengish ko’nikmalarini shakllantirish dilkahlik va xushmuomalaikni rivojlantiradigan vaziyatlar tizimini yaratish.
Download 21.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling