Фуқаролиги бўлмаган шахс А. Ким Ўзбекистондаги олий таълим муассасасида ўқиб, олий юридик маълумотни эгаллади


Download 71.81 Kb.
bet1/3
Sana08.11.2023
Hajmi71.81 Kb.
#1754360
  1   2   3
Bog'liq
kazus brief


5-ТОПШИРИҚ
Фуқаролиги бўлмаган шахс А.Ким Ўзбекистондаги олий таълим муассасасида ўқиб, олий юридик маълумотни эгаллади. У юридик мутахассислик бўйича камида икки йиллик иш стажига эга бўлгач, “Фемида” адвокатлик фирмасида олти ой стажировка ўтади. Аммо у авдокатлик лицензиясини олиш учун ариза берганда, адлия органи унинг ҳужжатларини қабул қилишни рад этди. Бундан норози А. Ким Инсон ҳуқуқлари бўйича Миллий марказга мурожаат қилди. Миллий марказ ушбу масалани атрофлича ўрганиб, Конституциявий судгa мурожаат қилди. Миллий марказ ўз мурожаатида “Адвокатура тўғрисида”ги Қонуннинг 3-моддаси биринчи қисмини Ўзбекистон Республикаси Конституциянинг 24-моддаси ва 42-моддаси биринчи қисмига зид деб топишни сўради.
Юқоридаги ҳолат ҳамда қуйидаги ҳуқуқий нормаларга таянган ҳолда 4 бетдан ошмайдиган иш ёзинг. Иш Конституциявий суд қарорининг аргумент қисмини акс эттириши керак. Унда берилган қонун нормаси ва конституциявий нормалар таҳлил қилиниши, танқидий баҳоланиши ҳамда қонун нормасининг конституциявийлиги юзасидан ҳуқуқий аргумент билдирилиши керак. Шунингдек, ишда конституциявий нормалар шарҳланиши талаб этилади.
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 24-моддаси иккинчи қисми Ўзбекистон Республикаси ҳудудидаги чет эл фуқароларининг ва фуқаролиги бўлмаган шахсларнинг ҳуқуқ ва эркинликлари халқаро ҳуқуқ нормаларига мувофиқ таъминланади. Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 42-моддаси биринчи қисми Ҳар ким муносиб меҳнат қилиш, касб ва фаолият турини эркин танлаш, хавфсизлик ва гигиена талабларига жавоб берадиган қулай меҳнат шароитларида ишлаш, меҳнати учун ҳеч қандай камситишларсиз ҳамда меҳнатга ҳақ тўлашнинг белгиланган энг кам миқдоридан кам бўлмаган тарзда адолатли ҳақ олиш, шунингдек ишсизликдан қонунда белгиланган тартибда ҳимояланиш ҳуқуқига эга. Ўзбекистон Республикаси “Адвокатура тўғрисида”ги Қонунининг 3-моддаси (Адвокат): Олий юридик маълумотга эга бўлган ва адвокатлик фаолияти билан шуғулланиш ҳуқуқини берувчи лицензияни (бундан буён матнда лицензия деб юритилади) белгиланган тартибда олган Ўзбекистон Республикасининг фуқароси Ўзбекистон Республикасида адвокат бўлиши мумкин.
Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi (keyingi o‘rinlarda — Konstitutsiyaviy sud) rais Sh.Xamitov, sudyalar S. Aliyeva, F. Kayumov, S. Koshayeva, B. Mirboboyev, G. Pirjanov va Q. Uljayevdan iborat tarkibda, taraf — Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi (keying o’rinlarda – Milliy markaz), manfaatida murojaat taqdim etilgan shaxs A.Kim va uning huquqlarini himoya qiluvchi “Xalqaro advokatura” advokatlik firmasi advokati Q. Nasimov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bosh konsultanti Sh. Axatova, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi katta prokurori A. Qodirov, tarjimon A.Boymurodov, Toshkent davlat yuridik universiteti ilmiy xodimi F.Ahmedovning ishtirokida, Milliy markazning O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura to’g’risida”gi Qonunining 1-qismining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining (keyingi o‘rinlarda — Konstitutsiya) 24-moddasi va 42-moddasining birinchi qismiga zid deb topish haqidagi murojaati bo‘yicha yuritilgan ishni ochiq sud majlisida ko‘rib chiqdi.
Ma’ruzachi sudya S. Aliyevaning ma’ruzasini, taraf – Milliy markaz, manfaatida murojaat taqdim etilgan shaxs A.Kim va ko‘rsatib o‘tilgan davlat idoralari vakillarining fikrlarini eshitib, ish materiallarini o‘rganib, Konstitutsiyaviy sud quyidagilarni aniqladi:
Fuqaroligi bo’lmagan shaxs A.Kim advokatlik litsenziyasiyani olish bo’yicha tegishli adliya organiga ariza bergan, biroq uning arizasi rad qilingan. A.Kim ushbu holat yuzasidan norozi bolib, Milliy markazga murojaat qilgan.
Milliy markaz A.Kimning manffatida Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilib, “Advokatura to’g’risida”gi Qonunning 3-moddasi birinchi qismini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasi va 42-moddasi birinchi qismiga zid deb topishni so’ragan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 133-moddasi birinchi qismiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi.
“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 82-moddasi birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq “Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiyaga muvofiqligi xususida shubha tug‘dirgan aniq normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Konstitutsiyaviy sud normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirib, tekshirilgan hujjatga asoslangan yoxud uning qoidalarini takrorlaydigan normativ-huquqiy hujjatlar xususida ham, garchi Konstitutsiyaviy sud ko‘rib chiqishi uchun kiritilgan murojaatda ular to‘g‘risida so‘z yuritilmagan bo‘lsa-da, bir vaqtning o‘zida qaror chiqarishga haqli”.
Konstitutsiyaviy sud o’zini ushbu ishni ko’rish bo’yicha vakolatga (yurisdiksiyaga) ega deb hisoblaydi.
Konstitutsiyaning 24-moddasi birinchi qismiga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi”.
Konstitutsiyaning 42-moddasi birinchi qismiga muvofiq “Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega”.
“Advokatura to’g’risida”gi Qonunning 3-moddasi birinchi qismida keltirilgan va nizolashilayotgan qonunchilik normasiga muvofiq: “Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) belgilangan tartibda olgan
Download 71.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling