"ФУҚаролик ҳУҚУҚИ" кафедра низоми ва хизмат вазифалари йўРИҚномаси


Download 258 Kb.
bet2/7
Sana06.10.2023
Hajmi258 Kb.
#1693998
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2022 ЙИЛ ТУГАРАК РЕЖАСИГА НАМУНА узгартирилгани

Kafedra mudiri Mirzyeva F.O
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI “PEDAGOGIKA” KAFEDRASI QOSHIDAGI
KREATIV PEDAGOGIKA”
KASBIY-IJODIY TO‘GARAGI
NIZOMI



  1. UMUMIY QOIDALAR




  1. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti “Pedagogika” kafedrasi qoshidagi “Kreativ pedagogika” to‘garagi (bundan buyon to‘garak deb yuritiladi) ixtiyoriy tuzilma hisoblanadi.

  1. “Kreativ pedagogika” kasbiy-ijodiy to‘garagi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, 2019 yil 19 mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan: yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga oid 5 ta muhim tashabbus, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining huquqiy-me’yoriy hujjatlari, “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy, ijodiy to‘garaklarning Nizomi” hamda mazkur Nizom asosida ish yuritadi.

  1. To‘garak uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, ta’limning rivojlantiruvchi vazifasini amalga oshirish bo‘yicha davlat va jamiyatning uzviy hamkorligida ishlab chiqilgan dasturlar va rejalar asosida o‘sib kelayotgan yosh avlodni ruhiy va ma’naviy jihatdan mustaqil hayotga tayyorlash, jamiyatda munosib o‘rin egallashini kafolatlaydigan, real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga yuqori malakali, mustaqil fikrlaydigan kadrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyat yurituvchi hamda ilmiy-ijodiy ishlarni maqsadli hamda tizimli asosda amalga oshiruvchi amaliy va ilmiy-uslubiy ijodiy uyushmasi hisoblanadi.

  2. To‘garak TDPU Pedagogika va psixologiya fakulteti Pedagogika kafedrasi qoshida tashkil etiladi.




Download 258 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling