Funksional dasturlashda amaliy masalalarni hal qilish
Download 130 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy ma\'lumotlar bazasi
Dasturni tekshirish
Masalani dasturlashda osongina adashish mumkin. Dasturning to‘g‘riligini har xil yo‘llar bilan tekshirish mumkin. Ulardan eng soddasini ko‘rib chiqamiz. U shundan iboratki, aniq dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda dasturchining o‘zi, EHM ishtirokisiz, dasturda yozilgan amallarni bajaradi. Bu holda barcha amallarni, xuddi mashina bajaradigandek, ularning mohiyatini o‘ylab ko‘rmasdan, beixtiyor bajarishi kerak. Olingan natijalarga qarab, dasturning to‘g‘riligini muhokama qilish mumkin. Dasturni tashkil qiluvchi funksiyalar va protseduralarni birbiridan mustaqil ravishda tekshirish, olingan natijalarni esa 211 masalaning hammasini tekshirishda ishlatish maqsadga muvofiqdir. Rekursiv protsedura funksiyalarning to‘g‘riligini aniqlash ancha murakkab. O‘zgaruvchilarning qiymatlarini aniq ko‘rsatish uchun rekursiv protsedura yoki funksiyaning har bir nusxasini alohida jadvalga yozish kerak. Dasturning to‘g‘riligini tekshirishda foydalaniladigan ma’lumotlar nazorat ma’lumotlari deyiladi. Qulay va shu bilan birga aynan shu masala uchungina xos nazorat ma’lumotlarini tanlash juda muhimdir. Masalan, agar dasturga sikl kiritilgan va uning takrorlanish soni dastlabki ma’lumotga bog‘liq bo‘lsa, bu holda nazorat qiymat sifatida shunday qiymatni tanlash maqsadga muvofiqki, unda sikl amallarini ko‘p marta bajarish talab qilinmaydigan bo‘lsin. Aks holda siklni tekshirish ko‘p vaqtni oladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Internet ma’lumotlari 2. Oripov M.M. va boshqalar. Informatika. Axborot texnologiyalari. Toshkent. TDTU. 2002. 3. S. I. Raxmonqulova. IBM RS shaxsiy kompyuterida ishlash. Toshkent, 1998. Download 130 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling