Funksiyalar


Download 0.81 Mb.
Sana11.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1261300
Bog'liq
5-Ma\'ruza

Funksiyalar (functions)

Mavzu: Funksiyalar

  • Funksiya tavsifi
  • Funksiya turlari
  • Funksiya parametrlari
  • Rekursiv funksiyalar
  • Funksiyalarni qayta yuklash
  • Foydalanuvchi kutubxonasini tashkil etish.

Funksiya nima?

Dasturlash mobaynida bir xil ifodalarni, hisoblash jarayonlarini qayta qayta bajarishga to’g’ri keladi.

Dasturlash tilida kompyuter xotirasini va dasturchining vaqtini tejash maqsadida bunday qayta qayta hisoblash jarayonlarni dasturda ajratib yozib, unga asosiy dasturdan yoki boshqa funksiyalardan murojaat qilish imkoniyati yaratilgan.


Dasturning istalgan qismidan murojaat qilib, bir necha bor ishlatish mumkin bo’lgan operatorlar guruhi (qism dastur) ga funksiya deyiladi.

Funksiyaning qiymat qaytarishiga ko’ra turlari


Funksiya
Qiymat qaytaruvchi
Qiymat qaytarmaydigan (void)

Funksiyaning parametriga ko’ra turlari


Funksiya
Parametrli
Parametrsiz

Qiymat qaytaruvchi funksiya

Qiymat qaytaruvchi funksiya biror bir o’zgaruvchi tipida e’lon qilinadi va chaqiriluvchi funksiyaga yoki asosiy (main) funksiyaga aynan e’lon qilingan tipdagi qiymatni qaytaradi. return xizmatchi so’zi funksiya qiymat qaytarishini ta’minlaydi.


toifa funksiya_nomi(parametrlar){
ifoda, amallar
return qaytariluvchi_qiymat;
}
Funksiya tanasi

Qiymat qaytarmaydigan funksiya (void)

Asosiy (main) funksiyaga yoki chaqiriluvchi funksiyaga hech qanday qiymat qaytarmaydigan, void xizmatchi so’zi bilan e’lon qilinadigan funksiya qiymat qaytarmaydigan funksiyadir.

void funksiya_nomi(parametrlar){

ifoda va amallar;

}


Funksiya tanasi

Parametrsiz funksiya

Asosiy (main) funksiyadan, yoki chaqiriluvchi funksiyadan hech qanday qiymat qabul qilib olmaydigan funksiyaga parametrsiz funksiya deyiladi.

Lokal va Global o’zgaruvchilar

  • Faqat funksiya ichida e’lon qilinib, shu funksiya ichida ishlatish mumkin bo’lgan o’zgaruvchilar lokal o’zgaruvchilardir.
  • Funksiyadan tashqarida e’lon qilinib, dasturdagi har qanday funksiya ichida ishlatish mumkin bo’lgan o’zgaruvchilar esa global o’zgaruvchilardir.

Rekursiv funksiyalar (Recursion)

O’z o’zini chaqiruvchi funksiya rekursiv funksiyadir. Rekursiya (Recursion) – o’zini o’zini chaqirish. O’z o’zini chaqirish ya’ni rekursiya yordamida takrorlanuvchi algoritmlarni hosil qilish mumkin. Rekursiya takrorlanuvchi operatorlarning o’rnini bosishi mumkin.

Funksiyalarni qayta yuklash (Overloading)

Nomi bir xil, parametrlari esa turlicha bo’lgan funksiyalarni ishlatish imkoniyati funksiyalarni qayta yuklash deyiladi. Bunda bir xil nomli funksiyalardan yuborilgan parametrga mos kelgan funksiya ishga tushadi.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling