Fuqaro, fuqaroviylik va faol fuqarolik pozitsiyasi guruh: 346 Isoqulova Sh Ne’matjonova m reja


Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda fuqarolik madaniyati va masʼuliyatining o‘rn


Download 13.74 Kb.
bet3/9
Sana05.01.2022
Hajmi13.74 Kb.
#225810
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fuqaro, fuqaroviylik va faol fuqarolik pozitsiyasi-hozir.org

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda fuqarolik madaniyati va masʼuliyatining o‘rn


  • Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish o‘zining bir qator mezonlariga ega bo‘lib, ularning asosiylaridan biri – har bir insonda masʼuliyat tuyg‘usi bilan yashash xususiyatini shakllantirishdir. Masʼuliyat odamning xar bir amali, faoliyati mahsulini to‘liq tasavvur qilgan holda uning o‘zi va o‘zgalar uchun nima naf keltirishini anglay olish qobiliyatidir. Masʼuliyatni his qilgan inson o‘z ishini doimo puxta rejalashtirib, uning oqibatlarini oldindan tasavvur qila oladi va zarur natijaga erishish uchun butun kuchi va salohiyatini safarbar etishga qodir bo‘ladi. Shaxsiy masʼuliyatni fuqarolik masʼuliyatidan farqlash lozim. Birinchisi shaxsning kundalik faoliyatidan keladigan shaxsiy manfaatni, ikkinchisi esa jamiyat manfaatlarini nazarda tutadi. Fuqarolik masʼuliyatini his etgan inson, eng avvalo, o‘zi mexnat qilayotgan jamoa yoki taʼlim olayotgan o‘quv dargohi, o‘z mahallasi va yurti ravnaqini o‘ylaydi.

  • Fuqarolik masʼuliyati, O‘zbekistonda yashayotgan har bir ongli fuqaroning qaysi millat vakili bo‘lishidan qatʼiy nazar Respublika Konstitutsiyasida kafolatlangan xuquqlaridan foydalanish barobarida, unga javoban fuqarolik masʼuliyatini ham xis etib yashashidir. Bu shunday deganiki, har bir fuqaro mamlakat Konstitutsiyasiga, Oliy Majlis qabul qilgan barcha qonunlarga, Vazirlar Maxkamasi chiqargan qarorlarga rioya etishi va hurmat qilishi, ularni amalga oshirishi uchun masʼuliyat sezishi lozim. Binobarin, davlat o‘z fuqarosiga xuquq va kafolat berar ekan, shunga yarasha uning zimmasiga masʼuliyat ham yuklaydi.

Download 13.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling