Fuqaro Isxakovaga tegishli xonadonda sodir etilgan o‘g‘rilik bo‘yicha


Download 437.71 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.11.2020
Hajmi437.71 Kb.
#153117
Bog'liq
dalillar nazariyasi ON Sobirov Sh


 

3.  Fuqaro  Isxakovaga  tegishli  xonadonda  sodir  etilgan  o‘g‘rilik  bo‘yicha 

quyidagilar  aniqlangan:  uning  qo‘shnisi  guvohlik  berishicha,  2020  yilning  20 

iyunida taxminan soat 20.00 larda do‘kondan uyga qaytayotib, qo‘lida qora rangli 

jomadoni bo‘lgan yoshlari 35lar chamasi erkak kishining uyning kirish yo‘lagidan 

chiqqanini ko‘rgan va ilgari uni uchratmagan. 

Uy yaqinidagi bozorda jabrlanuvchi Isxakovaning o‘g‘irlangan ashyolaridan 

biriga o‘xshash billur vazani sotishga uringan fuqaro Nosirov ushlangan va so‘roq 

qilinganda,  shaxsiy  buyumlarini  sotayotganligini  ta'kidlagan.  Uning  uyida 

o‘tkazilgan  tintuv  natijasida  tilla  sirg‘a,  uzuk  va  soat  topilgan  va  ularni  ham 

o‘ziniki  ekanligini  takrorlagan.  Qo‘shimcha  so‘roq  qilinganda  ushbu  narsalarni 

uning  tanishi  Obidov  sotish  uchun  berganligini  aytgan.  Obidov  ushlab  so‘roq 

qilinganda, o‘g‘rilikka daxli yo‘qligini, shu kuni ishda bo‘lganligini ta'kidlagan.  

Mazkur  holatga  jinoyat-protsessual  qonunchiligi asosida huquqiy  baho 

bering. Isbot qilish jarayonini tahlil qiling. 

 

Mazkur  kazusga  huquqiy  baho  berish  uchun  bir  nechta  protsessual 



choralarni  amalga  oshirish  lozim  bo’ladi.  Avvalambor  esa  isbot  qilish  hamda 

dalillar  va  ularni  to’plash  jarayonini  taxlil  qilib  olamiz.  O’zbekiston 

Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (bundan keyingi matnlarda JPK) 85-

moddasida  “Isbot  qilish  ishni  qonuniy,  asoslangan  va  adolatli  hal  qilish  uchun 

ahamiyatga  ega  bo‘lgan  holatlar  to‘g‘risidagi  haqiqatni  aniqlash  maqsadida 

dalillarni  to‘plash,  tekshirish  va  baholashdan  iboratdir”,  deb  belgilab  qo’yilgan. 

Ya’ni,  jinoyat  ishi  bo‘yicha  muhim  deb  hisoblangan  har  bir  holat  to‘la,  har 

tomonlama,  xolisona  tekshirilishi  lozim.  Bundan  ko‘zlangan  asosiy  maqsad 

haqiqatni  aniqlashdir.  Haqiqatni  aniqlash  isbotlash  jarayoni  asosida  amalga 

oshiriladi.  Isbotlash  jarayoni  dalillarni  to‘plash,  tekshirish  va  baholashdan  iborat 

hisoblanadi.  Moddaning  mazmunidan  anglash  mumkinki,  isbot  qilish  dalillar 

to’plash  bilan  ajralmas  hisoblanadi.  Mantiqan  fikr  yuritganda  ham  isbot  qilish 

uchun avvalo dalil to’plash lozim bo’ladi.  


 

Berilgan kazusda ham dalillar to’plash hamda isbot qilish masalasiga alohida 



urg’u  berilgan.  JPKning  81-moddasida  dalillarning  tushunchasi  va  turlari 

keltirilgan  bo’lib,  unga  ko’ra,  ijtimoiy  xavfli  qilmishning  yuz  bergan-

bermaganligini,  shu  qilmishni  sodir  etgan  shaxsning  aybli-aybsizligini  va  ishni 

to‘g‘ri  hal  qilish  uchun  ahamiyatga  molik  boshqa  holatlarni  surishtiruvchining, 

tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan 

har  qanday  haqiqiy  ma'lumotlar  jinoyat  ishi  bo‘yicha  dalil  hisoblanadi.  Bu 

ma'lumotlar guvohning, jabrlanuvchining, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, 

sudlanuvchining  ko‘rsatuvlari,  ekspertning  xulosasi,  ashyoviy  dalillar,  ovozli 

yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va 

sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi.  

Jinoyat  protsessida  dalillarni  to’plashning  bir  qancha  uslublari  mavjud 

bo’lib,  JPKning  87-moddasida  bizdagi  amalda  bo’lgan  dalillarni  to’plash  turlari 

sanab  o’tilgan.  Ular  orasida  quyidagilar  bor:  gumon  qilinuvchini,  ayblanuvchini, 

sudlanuvchini, guvohni, jabrlanuvchini, ekspertni so‘roq qilish; yuzlashtirish; tanib 

olish  uchun  ko‘rsatish;  ko‘rsatuvni  hodisa  ro‘y  bergan  joyda  tekshirish;  olib 

qo‘yish;  tintuv;  ko‘zdan  kechirish;  guvohlantirish;  murdani  eksgumatsiya  qilish; 

eksperiment  o‘tkazish;  ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish  uchun  namunalar olish; 

ekspertiza va taftish tayinlash; taqdim etilgan ashyolar va hujjatlarni qabul qilish; 

telefonlar  va  boshqa  so‘zlashuv  qurilmalari  orqali  olib  borilgan  so‘zlashuvlarni 

eshitish, shuningdek tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish yo‘li bilan to‘planadi.  

Mazkur kazusda ham yuqoridagilardan ayrimlarini qo’llagan holda dalillarni 

aniqlash va to’plash mumkin bo’ladi. Kazusga ko’ra, Isxakovaning uyi yaqinidagi 

bozorda  jabrlanuvchi  Isxakovaning  o‘g‘irlangan  ashyolaridan  biriga  o‘xshash 

billur  vazani  sotishga  uringan  fuqaro  Nosirov  ushlangan  va  so‘roq  qilinganda, 

shaxsiy  buyumlarini  sotayotganligini  ta'kidlagan.  Uning  uyida  o‘tkazilgan  tintuv 

natijasida  tilla  sirg‘a,  uzuk  va  soat  topilgan  va  ularni  ham  o‘ziniki  ekanligini 

takrorlagan. Demak, bu vaziyatda dalillar to’plashning gumon qilinuvchini so’roq 

qilish  hamda  tintuv  turlari  qo’llanilgan.  Qo‘shimcha  so‘roq  qilinganda  esa  ushbu 



 

narsalarni  uning  tanishi  Obidov  sotish  uchun  berganligini  aytgan.  Obidov  ushlab 



so‘roq  qilinganda,  o‘g‘rilikka  daxli  yo‘qligini,  shu  kuni  ishda  bo‘lganligini 

ta'kidlagan.  Ko’rish  mumkinki,  Nosirov  qo’shimcha  so’roq  qilinganda 

ko’rsatuvlari  o’zgarmoqda.  Dastlabki  so’roqda  sotmoqchi  bo’lgan  narsalarini 

o’ziniki degan bo’lsa, qo’shimcha so’roqda esa Obidovdan olganini ta’kidlamoqda.  

Mazkur  holatda  tergovchi  dalillarni  to’plash  usullarining  boshqa  turlaridan 

foydalanishi  mumkin.  Xususan,  JPKning  125-moddasida  keltirilgan  tanib  olish 

uchun  ko’rsatish  usulidan  foydalanish  maqsadga  muvofiq.  Agar  Isxakova  tanib 

olish uchun ko’rsatishga chaqirilsa, Nosirov sotmoqchi bo’lgan billur vaza hamda 

uyidan  topilgan  tilla  sirg‘a,  uzuk  va  soat  unga  ko’rsatiladi.  Isxakova  o’ziniki 

bo’lmagan narsani meniki deb tan’a qilmasligi uchun ko’rsatishdan avval JPKning 

126-moddasiga muvofiq oldindan so’roq qilinishi va yo’qotgan narsalarini ta’riflab 

berishi  lozim  bo’ladi.  Agar  uning  ko’rsatmalari  to’g’ri  chiqib,  Nosirovdan  olib 

qo’yilgan  narsalar    Isxakovaniki  bo’lib  chiqsa,  unda  navbatdagi,  yuzlashtirish 

usulidan  foydalanish  maqsadga  muvofiq  bo’ladi.  Ya’ni,  bunday  holatda  Nosirov 

hamda  Obidov  bir-biri  bilan  yuzlashtiriladi  hamda  o’sha  joyning  o’zidayoq 

ularning ikkisini sinxron tarzda qo’shimcha so’roq qilish mumkin bo’ladi. Albatta, 

bu  holatda  Isxakovaning  o’z  narsalarini  tanib  olganligi  Nosirov  hamda  Obidovga 

tushuntiriladi.  Shu  orqali  haqiqatni  aniqlash  mumkin  bo’ladi.  Agar  Obidov 

o’g’irlikka  daxli  yo’qligini  takrorlasa,  tergovchi  vaziyatga  qarab  daktiloskopik 

ekspertiza  ham  tayinlashi  mumkin.  bunda  Obidovning  barmoq  izlari  Nosirovning 

uyidan  topilgan  predmetlardagi  izlar  bilan  taqqoslab  ko’riladi  hamda  Obidovning 

jinoyatga aloqadorlik masalasi hal qilinishi mumkin.  

Umumiy  xulosa  qilib  aytadigan  bo’lsak,  isbot  qilish  hamda  dalillarni 

to’plash  bir-birini  taqozo  qiladi.  Haqiqatni  aniqlashda  dalillarni  to’plash  usullari 

muhim  ahamiyatga  ega.  So’roq  qilish,  tintuv,  olib  qo’yish,  tanib  olish  uchun 

ko’rsatish, yuzlashtirish kabi uslublar mazkur kazusga yechim topganidek, istalgan 

boshqa jinoyatlarni ochishda ham asosiy o’ringa egadir. 

 


 

 



 

4.  Fuqaro  Qosimov  JKning  97-moddasining  1-qismi  bilan  qo‘zg‘atilgan 

jinoyat  ishida  ayblanuvchi  tariqasida  ishtirok  etishga  jalb  qilinadi.  Dastlabki 

tergov  davomida  tergovchi  JPK  talablariga  ko‘ra  tintuv  o‘tkazish  zarur  deb 

hisoblab,  tintuv  o‘tkazadi.  Ayblanuvchi  Qosimov  oila  a'zolarining  barchasi 

tergovchi talabi bilan tashqariga chiqarilib,  tintuv faqat tergovchi, ikki nafar xolis 

va mahalla raisi ishtirokida o‘tkaziladi. 

Biroq  tintuv  yakunlangach,  olingan  buyumlar  ro‘yxatiga  kiritilgan  holda 

avtomobil  kaliti,  haydovchilik  guvohnomasi,  avtomobilning  texnik  taloni  va 

sug‘urta  polisi  bayonnomada  aks  ettirilmasdan,  tergovchi  tomonidan  ish 

materiallari  bilan  birgalikda  olib  qo‘yiladi.  Uy  egalari  tergovchiga  iltimos  qilib 

avtomobilga  tegishli  hujjatlarni  va  kalitni  olib  ketmaslikni,  u  oilasining  yagona 

daromad  manbai  ekanligini  aytishadi.  Biroq  tergovchi  avtomobil  jabrlanuvchi 

oilasiga yetkazilgan zararni qoplash uchun olib qo‘yilayotganini ma'lum qilib, uy 

egalarining iltimosini rad qiladi.    



Vaziyatga  huquqiy  baho  bering.  Isbot  qilish  predmeti  va  jinoyat 

tarkibining o‘zaro munosabati haqida fikr bildiring. 

 

Mazkur vaziyatga huquqiy baho berish uchun ayrim savollarga javob topish 

lozim bo’ladi. Xususan, quyidagi savollarga: 

 



Tintuv qaysi hollarda o’tkaziladi; 

 



Tintuv  davomida  xonadon  egalarining  tashqariga  chiqarib  yuborilishi 

asoslimi; 

 

Olib qo’yish harakati qaysi hollarda o’tkaziladi; 



 

Mazkur  vaziyatdagi  olib  qo’yish  harakatlari  to’g’ri  amalga 



oshirilganmi? 

 

Yuqoridagi  masalalarga  oydinlik  kiritish  asnosida  vaziyatga  huquqiy  baho 



berish  mumkin  bo’ladi.  Shuni  ta’kidlab  o’tish  kerakki,  olib  qo’yish  va  tintuv 

protsessual  jihatdan  bir-biriga  yaqin  bo’lgani  uchun  JPKda  ular  bitta  bobda 

berilgan.  Kazusga  ko’ra,  fuqaro  Qosimov  O’zbekiston  Respublikasi  Jinoyat 

kodeksining  (keyingi  o’rinlarda  JK)  97-moddasi  1-qismi  bilan  qo‘zg‘atilgan 

jinoyat  ishida  ayblanuvchi  tariqasida  ishtirok  etishga  jalb  qilinadi.  O’zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  (keyingi  o’rinlarda  JPK)  36-

moddasida  tergovchining  vakolatlari  berilgan  bo’lib,  ular  orasida  shaxsni  ishda 

ayblanuvchi  tariqasida  jalb  etish  vakolati  ham  mavjud.  Demak,  fuqaro 

Qosimovning ayblanuvchi sifatida ishga  jalb etilishi protsessual jixatdan noto’g’ri 

emas.  Jinoyat  kodeksidan  ma’lumki  97-modda  1-qismi  qasddan  odam  o’ldirish 

jinoyati  hisoblanadi.  Dastlabki  tergov  davomida  tergovchi  JPK  talablariga  ko‘ra 

tintuv  o‘tkazish  zarur  deb  hisoblab,  tintuv  o‘tkazadi.  JPKning  158-moddasiga 

ko’ra, Surishtiruvchi va tergovchi biror turar joy, xizmat, ishlab chiqarish binosida 

yoki  o‘zga  joyda  yoxud  biror  shaxsda  ish  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  narsa  yoki 

hujjatlar  bor  deb  o‘ylash  uchun  yetarli  ma'lumotga  ega  bo‘lgan  taqdirda  tintuv 

o‘tkazishga haqli hisoblanadi.  Tintuv qidirilayotgan shaxsni, shuningdek murdani 

topish  uchun  ham  o‘tkazilishi  mumkin.  Demak,  bundan  ko’rish  mumkinki, 

tergovchi tomonidan tintuv o’tkazilishi asosga ega.  

Endi  keyingi  masalaga  oydinlik  kiritib  olamiz.  Ayblanuvchi  Qosimov  oila 

a'zolarining  barchasi  tergovchi  talabi  bilan  tashqariga  chiqarilib,  tintuv  faqat 

tergovchi, ikki nafar xolis va mahalla raisi ishtirokida o‘tkazilishi huquqiy jihatdan 

to’g’rimi. JPKning 160-moddasi 1-2-qismlaridan bu savolga javob topamiz. Unga 

ko’ra,  “Olib  qo‘yish  yoki  tintuv  o‘tkazishda  xolislar,  zarurat  bo‘lgan  taqdirda 

mutaxassis  va  tarjimon  ham  ishtirok  etadilar.  Olib  qo‘yish  yoki  tintuv  o‘tkazish 

jarayonida  bu  harakatlar  uyida  o‘tkazilayotgan  shaxsning  o‘zi  yoki  hech 

bo‘lmaganda  uning  voyaga  yetgan  oila  a'zolaridan  birining  ishtirok  etishi 

ta'minlanishi  lozim.  Basharti  ularning  ishtirok  etishini  ta'minlashga  imkon 

bo‘lmasa,  tegishli  hokimlik  yoki  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organining 



 

vakili taklif qilinadi”. Bundan ko’rish mumkinki, tergovchi tomonidan ayblanuvchi 



Qosimov  hamda  oila  a’zolarining  tashqariga  chiqarilib  yuborilishi  noto’g’ri 

harakat  hisoblanadi.  Kazusda  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organi  vakili 

sifatida mahalla raisi ishtirok etgan. Moddaga ko’ra, mahalla raisi oila a’zolarining 

o’rnini  bosishi  mumkin.  Faqatgina,  noma’lum  sabablar  tufayli  oila  a’zolarining 

ishtirok  etish  imkonsiz  holatlarda  bunga  yo’l  qo’yiladi.  Kazusda  esa  oila 

a’zolarining  ishtiroki  imkonsiz  emas  edi.  Ular  hech  qanday  vajsiz,  tergovchining 

xohishiga  ko’ra  tashqariga  chiqarib  yuborildi.  Bu  protsessual  jihatdan  noto’g’ri 

holat  hisoblanadi.  Demak,  mazkur  holatda  tergovchi  tomonidan  dastlabki 

protsessual xatolikka yo’l qo’yildi. Muhokama davomida tergovchi tomonidan yo’l 

qo’yilgan boshqa xatoliklarni ham aniqlashga harakat qilamiz. 

Navbatdagi savolga  e’tibor  qaratamiz. Kazusga ko’ra,  tintuv  yakunlangach, 

olingan  buyumlar  ro‘yxatiga  kiritilgan  holda  avtomobil  kaliti,  haydovchilik 

guvohnomasi,  avtomobilning  texnik  taloni  va  sug‘urta  polisi  bayonnomada  aks 

ettirilmasdan, tergovchi tomonidan ish materiallari bilan birgalikda olib qo‘yiladi. 

Xo’sh, olib qo’yish  chorasi o’zi nima  va qanday  holatlarda  qo’llaniladi?  JPKning 

157-moddasida  yozilishicha,  jinoyat  ishi  uchun  ahamiyatga  molik  narsa  va 

hujjatlarning  aynan kimda  va  qayerda ekanligi  ma'lum  bo‘lib, ularni  qidirishning 

hojati  bo‘lmasa,  surishtiruvchi,  tergovchi  va  sud  ularni  olib  qo‘yishga  haqlidir. 

Olib qo‘yishdan avval jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan predmet va hujjatlarni 

ihtiyoriy ravishda tergovchiga topshirilishi so‘raladi. Har qanday holatda, bu narsa 

va  hujjatlarni  ish  uchun  olib  qo‘yish  tashabbusi  tergovchidan  chiqadi.  Shu  bois 

ushbu  tergov  harakatini  amalga  oshirishdan  avval,  tergovchi  asoslantirilgan  qaror 

chiqaradi. Olib qo’yish  chorasi ham  tintuv  singari 159-moddada  ko’rsatilganidek, 

surishtiruvchi, tergovchi qarori yoki sud ajrimiga ko’ra amalga oshiriladi.  

Lekin, bizga muhim bo’lgan jihati keyingi savolda namoyon bo’ladi. Ya’ni, 

uy egalari tergovchiga iltimos qilib avtomobilga tegishli hujjatlarni va kalitni olib 

ketmaslikni,  u  oilasining  yagona  daromad  manbai  ekanligini  aytishadi.  Biroq 

tergovchi avtomobil jabrlanuvchi oilasiga yetkazilgan zararni qoplash uchun olib 



 

qo‘yilayotganini  ma'lum  qilib,  uy  egalarining  iltimosini  rad  qiladi.  Mazkur 



vaziyatda  tergovchi  tomonidan  olib  qo’yish  chorasi  to’g’ri  amalga  oshirildimi, 

yo’qmi? Quyida mana shu savolga javob izlab ko’ramiz.  

 JPKning  161-moddasida  olib  qo’yish  hamda  tintuv  o’tkazishning  tartibi 

berilgan  bo’lib,  unda  muhim  jihatlar  sanab  o’tilgan.  Xususan,  surishtiruvchi, 

tergovchi olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazishga kirishishdan oldin olib qo‘yish yoki 

tintuv  o‘tkazilayotgan  shaxsni  qaror  yoki  ajrim  bilan  tanishtirib  imzo  qo‘ydirishi 

shart.  Lekin,  kazusda  bu  haqida  ma’lumot  berilmagan.  Shuning  uchun  bunga 

alohida e’tibor qaratmay qo’ya qolamiz. Shuningdek, surishtiruvchi, tergovchi olib 

qo‘yish  chog‘ida  qaror  yoki  ajrim  bilan  tanishtirganidan  so‘ng  olinishi  lozim 

bo‘lgan  narsa  va  hujjatlarni  ixtiyoriy  ravishda  berishni  taklif  qiladi,  taklif  rad 

etilgan  taqdirda  majburiy  ravishda  oladi.  Basharti  bu  narsa  va  hujjatlar  olib 

qo‘yishni  amalga  oshirish  to‘g‘risidagi  qarorda  yoki  ajrimda  ko‘rsatilgan  joydan 

topilmasa,  u  holda  tintuv  o‘tkaziladi.  Surishtiruvchi,  tergovchi  tintuv  o‘tkazishga 

kirishayotganida  qaror  yoki  ajrim  taqdim  etganidan  so‘ng,  olib  qo‘yilishi  kerak 

bo‘lgan narsa va hujjatlarni berishni taklif qiladi.  Basharti ular ixtiyoriy ravishda 

berilsa, olib qo‘yish bayonnomasi tuziladi. Agar qidirilayotgan narsa yoki hujjatlar 

berilmasa  yoxud  to‘liq  holda  topshirilmagan  bo‘lsa,  tintuv  o‘tkaziladi.  Tintuv 

chog‘ida  bu  xususdagi  qarorda  yoki  ajrimda  ko‘rsatilgan  narsa  yoki  hujjatlar 

qidiriladi  va  olinadi.  Ish  uchun  ahamiyatga  molik  boshqa  narsa  yoki  hujjatlar, 

shuningdek  saqlanishi  taqiqlangan  ashyolar  topilgan  taqdirda,  ular  ham  olib 

qo‘yilishi  lozim.  Surishtiruvchini,  tergovchini  bu  narsa  yoki  hujjatlarni  olib 

qo‘yishga  undagan  asoslar  tintuv  o‘tkazilganligi  haqidagi  bayonnomada  aks 

ettiriladi.  

Olinayotgan  narsa  va  hujjatlarning  hammasi  xolislarga,  olib  qo‘yish  yoki 

tintuv  o‘tkazishda  ishtirok  etgan  boshqa  shaxslarga  ko‘rsatiladi,  bayonnomada 

to‘liq  aks  ettiriladi,  zarurat  bo‘lgan  taqdirda  o‘ralib,  muhrlanadi.  O‘ralgan  va 

muhrlangan  narsa  va  hujjatlarni  keyingi  tergov  davomida  ochishga  faqat  xolislar 

ishtirokida yo‘l qo‘yiladi.  



 

Moddaning so’nggi qismidan anglash mumkinki, olib qo’yilayotgan har bir 



predmet  olib  qo’yish  bayonnomasida  aks  etishi  lozim.  Ammo,  berilgan  kazusda 

tergovchi avtomobil kaliti, haydovchilik guvohnomasi, avtomobilning texnik taloni 

va  sug‘urta  polisi  bayonnomada  aks  ettirilmasdan,  tergovchi  tomonidan  ish 

materiallari  bilan  birgalikda  olib  qo‘yilganligini  ko’rish  mumkin.  JPKning  163-

moddasi  aynan  olib  qo’yish  yoki  tintuv  bayonnomasi  deb  nomlanadi.  Uning 

ikkinchi  qismida  quyidagicha  norma  kiritib  qo’yilgan:  “Bayonnomada  narsa  va 

hujjatlarning  aynan  qayerda  va  qanday  sharoitda  topilganligi,  ixtiyoriy  ravishda 

berilganligi yoki majburiy ravishda olinganligi ko‘rsatilishi lozim. Barcha olingan 

narsa va hujjatlar bayonnomada birma-bir qayd qilinib, ularning miqdori, o‘lchovi, 

og‘irligi, har qaysisining o‘ziga xos belgilari ko‘rsatilishi, zarurat bo‘lgan taqdirda 

o‘ralishi  va  muhrlanishi  lozim”.  Mazkur  moddadan  ham  ko’rinib  turibdiki,  olib 

qo’yilgan  barcha  narsalar  olib  qo’yish  bayonnomasiga  kiritilishi  lozim.  Demak 

mazkur  holatda  ham  tergovchi  protsessual  xatolikka  yo’l  qo’ygan.  Bu  uning  biz 

aniqlagan ikkinchi xatosi hisoblanadi. 

Olib qo’yish natijasida olingan narsalar ashyoviy dalil sifatida e’tirof etiladi. 

“Dalillar  maqbulligiga  oid  jinoyat-protsessual  qonuni  normalarini  qo’llashning 

ayrim  masalalari  to’g’risida”gi  O’zbekiston  Respublikasining  Oliy  Sudi 

Plenumining  qarori  3-bandida  ham  agar  faktik  ma’lumotlar  qonunga  xilof  usullar 

orqali  yoki  JPK  talablari  buzilgan  holatda  olinadigan  bo’lsa  maqbul  emas  deb 

topiladi  deb  belgilab  qo’yilgan.

1

  Bu  norma  JPKning  95



1-

moddasida  ham  keltirib 

o’tilgan.  Bundan  kelib  chiqadiki,  JPK  normalariga  zid  ravishda  tergovchi 

tomonidan  olib  qo’yilgan  avtomobil  kaliti,  haydovchilik  guvohnomasi, 

avtomobilning texnik taloni va sug‘urta polisi dalil sifatida qabul qilish uchun ham 

maqbul emas. Demak, yuqoridagi olib qo’yilgan ashyolar ham JPK talablariga zid 

ravishda olib qo’yilgan. Bu tergovchining uchinchi xatosi hisoblanadi.  

                                                           

1

 “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo’llashning ayrim masalalari to’g’risida”gi 



O’zbekiston Respublikasining Oliy Sudi Plenumining qarori. Toshkent sh., 2018-yil 24-avgust, 24-son.

 


 

Va  nixoyat  tergovchining  so’nggi  so’zlari  ham  mantiqiy  jihatdan  ham 



huquqiy jihatdan ham asosga ega emas. Ya’ni, u avtomobil jabrlanuvchi oilasiga 

yetkazilgan  zararni  qoplash  uchun  olib  qo‘yilayotganini  ma'lum  qilib,  uy 

egalarining  iltimosini  rad  qilgan.  Aslida  esa,  jinoyat  protsessual  qonunchiligida 

jinoyat  ishi  uchun  ahamiyatga  ega  bo’lgan  narsa  va  hujjatlar  jabrlanuvchiga 

zararni qoplash uchun emas, aksincha o’sha ashyoga zarar yetkazilishi yoki yo’q 

qilinib  yuborilishini  oldini  olish  maqsadida  olib  qo’yiladi.  Bu  holatni  ham 

protsessual xatolik deb hisoblash mumkin. 

Yuqoridagilardan umumiy  xulosa qilib aytadigan bo’lsak, mazkur kazusda 

tergovchi  tomonidan  bir  qator  protsessual  xatoliklarga  yo’l  qo’yilgan.  Xususan, 

eng avvalo ayblanuvchi Qosimov oila a'zolarining barchasi tergovchi talabi bilan 

tashqariga  chiqarilib,  tintuv  faqat  tergovchi,  ikki  nafar  xolis  va  mahalla  raisi 

ishtirokida  o‘tkazilishi  dastlabki  xatolik  hisoblanadi.  JPKning  160-moddasi  2-

qismiga  ko’ra,  olib  qo‘yish  yoki  tintuv  o‘tkazish  jarayonida  bu  harakatlar  uyida 

o‘tkazilayotgan shaxsning o‘zi yoki hech bo‘lmaganda uning voyaga yetgan oila 

a'zolaridan birining ishtirok etishi ta'minlanishi lozim.  

Shuningdek,  tergovchi  avtomobil  kaliti,  haydovchilik  guvohnomasi, 

avtomobilning texnik taloni va sug‘urta polisi bayonnomada aks ettirilmasdan olib 

qo‘yilganligi ham tergovchining navbatdagi xatosi hisoblanadi. Bu JPKning 161-

moddasi 7-qismida hamda 163-moddasi 2-qismida belgilab qo’yilgan. 

Va  nihoyat  tergovchi  tomonidan  avtomobil  jabrlanuvchi  oilasiga 

yetkazilgan  zararni  qoplash  uchun  olib  qo‘yilishi  ham  noto’g’ri  hisoblanadi. 

Ulardan  tashqari  olib  qo’yish  hamda  tintuv  to’g’risidagi  qaror  bilan  ham 

ayblanuvchi va uning oila a’zolari tanishtirilmadi. 

Muxtasar  qilib  aytganda  tergovchi  mazkur  holatlatda  bir  qator  xatolarga 

yo’l qo’yib, JPK normalariga xilof tarzda harakat qilgan. 

 

 



 

Download 437.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling