Fuqaro Nazarov Sh "Next" supermarketidan "Akfa" diodli yoritgichlarni xarid qiladi
Download 25.07 Kb.
|
1 2
Bog'liqFuqarolik huquqi
Savol: Fuqaro Nazarov Sh “Next” supermarketidan “Akfa” diodli yoritgichlarni xarid qiladi. Xarid qilayotgan vaqtida supermarket xodimlari ushbu yoritgichlar mutlaqo xavfsiz, zamonaviy ekanligi hamda asosiysi unga nisbatan bir yil kafolat muddati berilishini ma’lum qilishadi. Nazarov Sh ushbu diodli yoritgichlardan 6 oy davomida foydalanganidan so’ng, yoritgich nosoz bo’lib qoladi. Shundan so’ng Nazarov Sh supermarketga borib, yoritgichlarni yangisi bilan almashtirib berishlarini talab qiladi. Supermarket yoritgichlarni yangisiga almashtirib beradi. Nazarov Sh ushbu yangi yoritgichlarga nisbatan yana bir yil muddatga kafolat beriladimi? deb so’raganida supermarket xodimi yangi yoritgichga nisbatan qolgan 6 oy davomida kafolat berilishini ma’lum qiladi. Bunga Nazarov Sh e’tiroz bildirib, Fuqarolik Kodeksining 404-moddasiga muvofiq, “Tovar (butlovchi buyum) almashtirilganda kafolat muddati yangidan o’ta boshlaydi” degan norma mavjudligini bildiradi. Supermarket esa, “butlovchi buyumning kafolat muddati asosiy buyumning kafolat muddatiga teng hisoblanadi va asosiy buyumning kafolat muddati bilan bir vaqtda o’ta boshlashini” ma’lum qiladi. Mazkur holatda kafolat muddati qanday hisoblanishi kerak. Nazarov Sh.ning iste’molchi sifatidagi huquqlari qanday himoya qilinishi kerak? Muddatlarni hisoblashga doir fikringizni bayon qiling. Javob: Hozirgi davrda amalga oshirilayotgan sud huquq islohotlari keng ko’lamdava bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu amalga oshirilayotgan islohotlar avvalambor, fuqarolar huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr qimmatini yanada mustahkamlashga qaratilgan siyosatdir. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlashda Fuqarolik huquqi katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu huquq sohasi orqali fuqarolar o’z huquq va erkinliklarini qay yo’l bilan himoya qilishni bilishlari mumkin. Bizga berilgan masalaga to’xtalishdan avval, biz Fuqarolik huquqi predmetiga to’xtalishni lozim deb topdik. Chunki, Fuqarolik huquqi predmetida sub’ektlar o’rtasidagi munosabatga alohida to’xtalib o’tilgan. Fuqarolik huquqi predmeti bu - yuridik jihatdan teng bo’lgan sub’ektlar o’rtasidagi mulkiy va shaxsiy-nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan hamda mustahkamlaydigan huquqiy normalar yig’indisidir.1 Darhaqiqat, bizning masalamizda ikki sub’ekt yuridik jihatdan tengdir va ular o’rtasida bo’layotgan munosabat mulkiy munosabatdir. Bu munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquqiy normalar yig’indisi mamlakatimizda juda ham ko’p. Aynan bizning masalamizni yoritib beradigan normalar mamlakatimizni oliy vakillik organi tomonidan juda ham ko’p qabul qilingan va hozirgi kunda bu normalar amal qilmoqda. Bu normalar doirasiga “Fuqarolik Kodeksi”, “Fuqarolik-protsetsual kodeksi”, “Ite’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni2va boshqa qonunlar shular jumlasidandir. Bizning masalamizdagi sub’ektlar o’rtasidagi munosabat Fuqarolik-huquqiy munosabat bo’lib, ma’lum bir ijtimoiy munosabatdir. Endi bevosita masalamizga qaytsak. Masalamizda bizga berilgan birinchi savol kafolat muddati qanday hisoblanishi kerak deyilgan. Biz bu savolga javob topish uchun bir nechta qonun hujjatlariga murojaat qildik. Jumladan, Fuqarolik kodeksining 404-moddasida: “Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, kafolat muddati tovar sotib oluvchiga topshirilgan paytdan e’tiboran o’ta boshlaydi. Agar sotib oluvchi sotuvchiga bog’liq bo’lgan holatlar tufayli oldi-sotdi shartnomasida kafolat muddati belgilangan tovardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo’lsa, sotuvchi tegishli holatlarni bartaraf etmaguncha kafolat muddatining o’tishi boshlanmaydi. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, ushbu Kodeksning 416-moddasida belgilangan tartibda sotuvchiga tovarning kamchiliklari haqida xabar qilish sharti bilan kafolat muddati tovarda aniqlangan kamchiliklar tufayli undan foydalanib bo’lmagan vaqtga uzaytiriladi. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, butlovchi buyumning kafolat muddati asosiy buyumning kafolat muddati bilan bir vaqtda o’ta boshlaydi. Tovar (butlovchi buyum) almashtirilganda kafolat muddati yangidan o’ta boshlaydi”.3 Bu normani masalamiz bilan birgalikda tahlil qilsak. Masalamizda “Akfa” diodli yoritgichlar oldi-sotdi shartnomasida tovar hisoblanadi. Fuqaro Nazarov Sh tomonidan xarid amalga oshirilayotganda sotuvchi tomonidan bu yoritgichlarga bir yil kafolat muddati berilgan. Bu diodli yoritgichlar kafolat muddatining 6 oyi muddatida yaroqsiz holatga kelib qolgan. Bizda tabiiy savol tug’iladi, kafolat muddati qanday hisoblanishi kerak? Tovar olinganda sotuvchi taraf tomonidan ushbu tovarga qancha kafolat muddati berilishi haridorga tushuntiriladi. Xaridor ushbu tovarni sotib olishga qaror qilgandan so’ng, tovarga (uning qutisiga) tovar sotilgan muddat ko’rsatiladi va ushbu muddatni tasdiqlovchi belgi (imzo yoki muxr) qo’yiladi. Ushbu sanadan boshlab kafolat muddati o’tay boshlaydi. Ma’lumki ushbu fuqarolik munosabat oldi-sotdi munosabati bo’lib, ushbu munosabat shartnomalarda belgilanadi. Qonun hujjatlarida ushbu shartnomalar og’zaki yoki yozma shaklda bo’lishi belgilangan.4 Fan va texnika taraqqiyoti rivojlanishi bilan savdo uylari va xaridorlar o’rtasidagi shartnomaviy munosabatlarda savdo uyi tomonidan mahsulot sotib olganlik to’g’risidagi chekka qo’shimcha sifatida haridor savdo uyidan qanday turdagi, qaysi mahsulotdan, qancha sotib olganligini tasdiqlovchi hujjat beriladi. Ushbu muammoli vaziyatda ushbu hujjat shartnoma vazifasini o’taydi. Ushbu shartnomada shuningdek tovar sotib olingan vaqt ham aniq formatda ko’rsatiladi. Kafolat muddati davrida kamchiliklari tufayli foydalanilmagan tovarni sotuvchi almashtirib berishi kerak. Tovar va uning butlovchi buyumlari almashtirilganda, kafolat muddati ularga nisbatan yangidan o’ta boshlaydi.5 Bizning masalamizdagi “Akfa” diodli yoritgichlar tovar hisoblanadi va bu masalada butlovchi buyum yo’q. Butlovchi buyum deganda asosiy tovarning bir tarkibiy qismi bo’la oladigan va asosiy ashyo o’z vazifasini bajarishi uchun ko’maklashuvchi ashyolarni tushunish mumkin. Masalan: agar televizor sotib olsangiz, televizorning o’zi asosiy buyum uning boshqaradigan pulti va boshqa mehanizmlari butlovchi buyum hisoblanadi. Yoki bo’lmasa, uyali aloqa vositasini sotib olsangiz, uyali aloqa vositasini o’zi asosiy buyum uni quvvatlantiruvchi qurilmasi va quloq orqali eshitadigan qurilmasi (naushniki) butlovchi buyumi hisoblanadi. Shu boisdan ham professor H.Rahmonqulovning “Oldi sotdi shartnomasi” darsligida tovar va uning butlovchi buyumi degan tushunchaga to’xtalib, tovar uchun alohida hamda butlovchi buyum uchun alohida holatlar nazarda tutilgan. Bizning masalamizda Nazarov Sh tomonidan “Akfa” diodli yoritgichlar sotib olingan bo’lib, bu “Akfa” diodli yoritgichlarini qismlari yo’q va bitta vazifani ya’ni yoritish vazifasini amalga oshiradi. Lekin masalamizning boshqa tomoni ham bor. Fuqaro Nazarov Sh sotib olgan tovarini o’ziga bog’liq bo’lgan holatda yaroqsiz ahvolga keltiradigan bo’lsa, bunda supermarket “Akfa” diodli yoritgichlarni almashtirib berish majburiyatini olmaydi. Bundan kelib chiqadiki almashtirib berilmagan tovarga kafolat muddati ham berilmaydi. Lekin masalamiz yuzasidan berilgan savollar ushbu holatlarni qamrab olmagan. Biz faqatgina Nazarov Sh ning istemolchi sifatida qanday huquqlari buzilayotganligi va supermarket hodimi kafolat muddati qolgan 6 oyga belgilanadi degan qonunga xilof aytgan holatini qonuniy asoslantirib berishimiz lozim. Next supermarket xodimi kafolat muddati qolgan 6 oy uchun yangi tovarni berishini aytsa, fuqaro Nazarov Sh tomonidan tegishlicha o’zini haq huquqlarini himoya qilishga haqli. Chunki, Fuqarolik kodeksining 404-moddasining oxirgi xat boshisida shunday deyilgan: “Tovar (butlovchi buyum) almashtirilganda kafolat muddati yangidan o’ta boshlaydi”. Bundan kelib chiqadiki oldi-sotdi shartnomasi tuzilayotgan vaqtda “Akfa” diodli yoritgichlar uchun 1 yil kafolat muddati berilgan. Bu kafolat muddati davomida “Akfa” diodli yoritgichlar fuqaro Nazarov Sh ning ehtiyojini qondirishi shart bo’ladi. Agarda 1 yil muddat ichida “Akfa” diodli yoritgichlar yaroqsiz holatga keladigan bo’lsa, Next supermarket xodimi quyidagi majburiyatlarni bajarishi shart: “Akfa” diodli yoritgichlarni yangisiga almashtirib berishi; Almashtirilgan “Akfa” diodli yoritgichlarga yangidan 1 yil kafolat muddati berilishi shart. Masalaga qonuniy yondashadigan bo’lsak, supermarket hodimi Nazarov Sh ni qaysidir ma’noda chalg’itishga harakat qilganligi yaqqol ko’rinib turibdi. Butlovchi buyum deb nosoz bo’lib qolgan buyumning o’rniga almashtirib berilayotgan buyumni nazarda tutgan. Bu esa qonuniy jihatdan noto’g’ri hisoblanadi. Bir qancha yuridik adabiyotlarga nazar tashlaydigan bo’lsak shu jumladan Fuqarolik kodeksining 404- moddasida ham aniq qilib batafsil yozib qo’yilgan. Shu boisdan ham Nazarov Sh supermarket hodimidan almashtirib berilgan Akfa diodli yoritgichlari kafolat muddatini yangidan hisoblashni ya’ni 1 yil muddatli kafolat muddatiga berishini talab qilishga haqli. Binobarin, Next supermarket xodimi bu talablarni bajarmasa, unda o’z huquqlarini himoya qilish maqsadida Nazarov Sh tegishli organga murojaat qilish huquqiga ega. Birinchi galda fuqaro Nazarov Sh shu supermarket rahbariga yozma shikoyat bildirishi kerak. Sababi, supermarket rahbari bo’lgan voqeadan xabardor bo’lgani maqsadga muvofiqdir. Chunki, supermarket rahbari ham “Akfa” diodli yoritgichlarni qolgan 6 oy uchun kafolat muddati beriladi deb ta’kidlashi mumkin. Yoki bo’lmasa, aksincha o’z hodimining qilgan hatti harakatini qoralagan holda, Akfa diodli yoritgichini kafolat muddatini 6 oy emas balki 1 yil qilib berishi mumkin. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasida iste’molchi huquqlarini davlat tomonidan himoya qilinishi ta’minlanadi. Iste’molchilarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishini davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek, sudlar ta’minlaydilar. Quyidagilar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organlaridir: O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi; O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi; O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi; O’zbekiston Respublikasi Davlat arxetiktura va qurilish qo’mitasi; O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi; iste’molchilarning huqularini himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini o’z vakolatlari doirasida nazorat qiluvchi boshqa davlat boshqaruvi organlari6 Bundan ko’rinib turibdiki, fuqaro Nazarov Sh O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining hududiy organiga shikoyat shaklida yozma murojaat qilishi kerak. Bu masalani vakolatga ega bo’lgan bu organ vaziyatni o’rganib chiqib haqiqatdanam fuqaro Nazarov Sh ning huquqlari buzilganlik holatlarini aniqlasa, O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining hududiy organi fuqaroning huqularini himoya qilib, sudga murojaat qiladi. Shu bilan bir qatorda Nazarov Sh O’zbekiston Respublikasi Istemolchilar huquqlarini himoya qilish Federatsiyasiga ham buzilgan huquqini tiklashini so’rab murojat qilishga haqli. Istemolchilar huquqlarini himoya qilish Federatsiyasi ham bo’lgan vaziyatni qonunlar yordamida o’rganib chiqib Nazarov Sh ga qonuniy jihatdan yordam beradi. Masalamiz yuzasidan xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar faqat fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgandir. Fuqarolarning istemolga bo’lgan huquqlari ham qonun bilan himoyalangan. Zero, qonunchiligi kuchli rivojlangan davlatda fuqarolarning huquqlari himoyasi kafolatlanadi. Amalga oshirilayotgan barcha islohotlar insonlarni turmushini yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. Prizedentimiz ta’biri bilan aytganda, “Islohot islohot uchun emas balki inson uchun xizmat qilmog’i darkor.” Shu boisdan hozirgi kunga kelib amalga oshirilayotgan islohotlar shu darajada jadal suratlar bilan ketmoqdaki, fuqarolarning barcha huquqlari qonun yo’li bilan ta’minlab berilmoqda. Masalamizda esa Nazarov Sh ning iste’molga bo’lgan huquqlari qanday holatda buzilganligi va uni qanday usullar bilan himoya qilinishi xususida to’xtalib o’tdik. Masalamiz yuzasida berilgan savollarga ahamiyat beradigan bo’lsak, Nazarov Sh ning iste’molchi sifatidagi huquqlari haqiqatdan ham buzilganligi aytishimiz mumkin. Chunki, Next supermarket xodimi tomonidan qonunga xilof xatti-harakat qilingan. Muddatlarni hisoblashda xatoga yo’l qo’ygan. Almashtirib berilgan buyumning kafolat muddati yangidan o’ta boshlashini qonun hujjatlari bilan yuqoridagi holatlarda isbotlab berishga harakat qildik. Bu masalada alohida ahamiyat beradigan holat butlovchi buyum tushunchasi bo’lib, supermarket xodimi bu tushunchani boshqacha tarzda talqin qilganligini ko’rishimiz mumkin. Yuqorida keltirilgan fikrlarni yuridik adabiyotlarga tayangan holda butlovchi buyum tushunchasini ham yoritishga harakat qildik. Bularning barchasini umumlashtiradigan bo’lsak, Nazarov Sh ni iste’molga bo’lgan huquqlari buzilgan. Next supermarketi xodimi nosoz holatga kelib qolgan “Akfa” diodli yoritgichlarni almashtirib berganida kafolat muddatini 1 yil qilib ya’ni, yangidan hisoblashi maqsadga muvofiq bo’lar edi. Download 25.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling