Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o‘z fuqarolik huquqlariga o‘z erklariga muvofiq EGA bo‘ladilar va bu huquqlarini o‘z manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiradilar


Download 1.26 Mb.
bet102/133
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1403089
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   133
Bog'liq
FUQAROLIK (I) KODEKSI

1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.10.00.00 Мажбурият ҳуқуқи / 03.10.04.01 Умумий қоидалар / 03.10.99.00 Гаров]
281-modda. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish
Ushbu Kodeksning 280-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan garovdagi mol-mulkni sotish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kimoshdi savdosida sotish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Garovga qo‘yuvchining iltimosiga ko‘ra, sud undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish to‘g‘risidagi qarorda uni kimoshdi savdosida sotishni bir yilgacha muddatga kechiktirishga haqli. Kechiktirish ushbu mol-mulkni garovga qo‘yish bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha tapaflarning huquq va bupchlariga ta’sir qilmaydi hamda qarzdorni kreditorning kechiktirish davri mobaynida ko‘paygan zarari va neustoykani undirishdan ozod qilmaydi.
Garovga qo‘yilgan mol-mulkning kimoshdi savdosi boshlanadigan vaqtdagi boshlang‘ich sotish bahosi undiruv sud tartibida mol-mulkka qaratilgan hollarda sud qarori bilan yoki boshqa hollarda garovga oluvchining garovga qo‘yuvchi bilan kelishuvi natijasida belgilanadi.
Garovga qo‘yilgan mol-mulk kimoshdi savdosida eng yuqori bahoni taklif qilgan shaxsga sotiladi.
Kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e’lon qilinganida garovga oluvchi garovga qo‘yuvchi bilan kelishib, garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotib olishga va xarid narxini garov bilan ta’minlangan o‘z talablari hisobiga o‘tkazishga haqli. Bunday kelishuvga nisbatan olish-sotish shartnomasi qoidalari qo‘llaniladi.
Takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e’lon qilinganida garovga oluvchi garov narsasini takroriy kim oshdi savdosidagi boshlang‘ich sotish narxidan ko‘pi bilan o‘n foiz kamaytirgan summada baholab, o‘zida olib qolishga haqli.
Agar garovga oluvchi garov narsasini o‘zida olib qolish huquqidan takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy davomida foydalanmasa, garov shartnomasi bekor qilinadi.
Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa garovga oluvchining talabini qoplashga etarli bo‘lmasa, u qonunda yoki shartnomada boshqacha ko‘rsatma bo‘lmaganida, etishmayotgan summani garovga asoslangan imtiyozdan foydalanmagan holda qarzdorning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.
Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa garovga oluvchining garov bilan ta’minlangan talabidan oshib ketsa, farq garovga qo‘yuvchiga qaytarib beriladi.
Qarzdor yoki uchinchi shaxs bo‘lgan garovga qo‘yuvchi garov narsasi sotilguncha xohlagan vaqtda garov bilan ta’minlangan majburiyatni yoki uning ijrosi kechiktirib yuborilgan qismini bajarib, undiruvni unga qaratishga va uni sotishga barham berishi mumkin. Bu huquqni cheklaydigan kelishuv o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.10.00.00 Мажбурият ҳуқуқи / 03.10.04.01 Умумий қоидалар / 03.10.99.00 Гаров]

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling