Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o‘z fuqarolik huquqlariga o‘z erklariga muvofiq EGA bo‘ladilar va bu huquqlarini o‘z manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiradilar


Download 1.26 Mb.
bet39/133
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1403089
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   133
Bog'liq
FUQAROLIK (I) KODEKSI

1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.04.00.00 Фуқаролик қонунчилиги объектлари / 03.04.03.00 Моддий неъматлар / 03.04.03.01 Кўчар ва кўчмас мол-мулк]
[СПиТ:
1.Юридик шахслар / Корхона]
85-modda. Korxona
Butun korxona mulkiy kompleks sifatida ko‘chmas mulk hisoblanadi.
Butun korxona yoki uning qismi olish-sotish, garovga qo‘yish, ijara hamda ashyoviy huquqlarni belgilash, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq boshqa bitimlarning ob’ekti bo‘lishi mumkin.
Mulkiy kompleks bo‘lgan korxona tarkibiga uning faoliyati uchun mo‘ljallangan hamma mulk turlari, shu jumladan er uchastkalari, binolar, inshootlar, uskuna, inventar, xom ashyo, mahsulot, talab qilish huquqi, qarzlar, shuningdek korxonani, uning mahsuloti, ishlari va xizmatlarini aks ettiruvchi xususiy alomatlarga (firma nomi, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari) bo‘lgan huquqlar va boshqa mutlaq huquqlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kiradi.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.04.00.00 Фуқаролик қонунчилиги объектлари / 03.04.03.00 Моддий неъматлар / 03.04.03.01 Кўчар ва кўчмас мол-мулк]
86-modda. Ashyolarning tasnifi
Ashyolar fuqarolik huquqlarining ob’ektlari sifatida quyidagilarga bo‘linadi:
xususiy va turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolar;
bo‘linadigan va bo‘linmaydigan ashyolar;
iste’mol qilinadigan va iste’mol qilinmaydigan ashyolar;
asosiy va mansub ashyolar;
murakkab ashyolar.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.04.00.00 Фуқаролик қонунчилиги объектлари / 03.04.03.00 Моддий неъматлар / 03.04.03.01 Кўчар ва кўчмас мол-мулк]
87-modda. Xususiy va turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar
Alohida, faqat o‘zigagina xos, uni bir xil ashyolar orasidan ajratib turadigan va shu tariqa xususiy alomatlarga ega bo‘lgan ashyo xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyo hisoblanadi. Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar jumlasiga noyob, ya’ni o‘zi bir dona bo‘lgan ashyolar, shuningdek muayyan usul bilan ajratib qo‘yilgan ashyolar (muhr bosish, alohida belgilar tushirish, nomer, raqam berish va shu kabilar) kiradi.
Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar boshqasi bilan almashtirib bo‘lmaydigan ashyolardir.
Bir turdagi hamma ashyolarga xos alomatlarga ega bo‘lgan hamda soni, og‘irligi, o‘lchovi va shu kabilar bilan belgilanadigan ashyolar turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar hisoblanadi.
Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar boshqasi bilan almashtirsa bo‘ladigan ashyolardir.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.04.00.00 Фуқаролик қонунчилиги объектлари / 03.04.03.00 Моддий неъматлар / 03.04.03.01 Кўчар ва кўчмас мол-мулк]

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling