258-modda. Majburiyat bajarilganligini tasdiqlash haqidagi talabni bajarmaslik oqibatlari
Kreditor tilxat berishdan, qarz hujjatini qaytarishdan yoki qaytarib berish imkoni yo‘qligini tilxatda ko‘rsatishdan bosh tortgan taqdirda, qarzdor ijroni to‘xtatib turishga haqli bo‘ladi. Bunday hollarda kreditor muddatni kechiktirgan hisoblanadi.
22-BOB
MAJBURIYATLARNING BAJARILISHINI TA’MINLASH
259-modda. Umumiy qoidalar
Majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanishi mumkin.
Majburiyatning bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi kelishuvning haqiqiy emasligi ushbu majburiyatning (asosiy majburiyatning) haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.
Asosiy majburiyatning haqiqiy emasligi uning bajarilishini ta’minlaydigan majburiyatning haqiqiy emasligiga olib keladi.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.10.00.00 Мажбурият ҳуқуқи / 03.10.02.00 Мажбуриятларнинг ижро қилиниши / 03.10.02.01 Неустойка]
1-§. Neustoyka
260-modda. Neustoyka tushunchasi
[СПиТ:
1.Мажбуриятлар бажарилишини таъминлаш турлари / Неустойка]
Qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdipda kreditorga to‘lashi shart bo‘lgan pul summasi neustoyka hisoblanadi.
Neustoyka to‘lash haqidagi talab bo‘yicha kreditor o‘ziga etkazilgan zararni isbotlashga majbur emas.
Neustoyka bilan faqat haqiqiy talab ta’minlanadi.
Agar qarzdor majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgar bo‘lmasa, kreditor neustoyka to‘lashni talab qilishga haqli emas.
261-modda. Neustoyka shakllari
Neustoyka jarima yoki penya shaklida bo‘ladi.
[СПиТ:
1.Мажбуриятлар бажарилишини таъминлаш турлари / Жарима]
Qarzdor majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda to‘laydigan va, qoida tariqasida, qat’iy pul summasida hisoblanadigan neustoyka jarima hisoblanadi.
[СПиТ:
1.Мажбуриятлар бажарилишини таъминлаш турлари / Пеня]
Qarzdor majburiyatlarning bajarilishini kechiktirib yuborganida to‘laydigan va o‘tkazib yuborilgan muddatning har bir kuni uchun majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz bilan hisoblanadigan neustoyka penya hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |