Fuqarolar sog`ligini saqlash sohasida qabul qilingan Qonunlarning iste`molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati


Download 383.84 Kb.
bet1/4
Sana23.03.2023
Hajmi383.84 Kb.
#1289893
  1   2   3   4
Bog'liq
Fuqarolar sog\'lig\'ini saqlash to\'g\'risidagi qonun.

Reja:

  •  
  • Fuqarolar sog`ligini saqlash sohasida qabul qilingan Qonunlarning iste`molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati
  • Xizmatlar sohasida qabul qilingan Qonunlarning iste`molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati
  • Aholi sog`ligi huquqiy muhofazada

Fuqarolar sog`ligini saqlash sohasida qabul qilingan Qonunlarning iste`molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati

  • Iste`molchilarning huquqlari buzilish holatlari tez-tez uchrab turadigan sohalardan yana biri sog`liqni saqlash bilan bog`liq soha hisoblanadi. Respublikamiz mustaqillika erishgan kundan boshlaboq sog`lom avlodni tarbiyalashga katta e`tibor berila boshladi. Natijada, fuqarolar sog`ligini saqlashga qaratilgan qator qonunlar tizimi ishlab chiqildi va hayotimizga joriy etildi. Shunday Qonunlardan biri 1996 yil 29 aprelda qabul qilingan «Fuqarolar sog`ligini saqlash to`g`risida»gi Qonuni hisoblanadi. Fuqarolar sog`ligini saqlash to`g`risidagi Qonun hujjatlarining asosiy vazifalari fuqarolarning sog`ligini saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini ta`minlash, fuqarolarning sog`lom turmush tarzini shakllantirish, davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining fuqarolar sog`ligini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish hisoblanadi.

Ushbu Qonunning «Fuqarolarning sog`liqni saqlash huquqi» deb ataluvchi 13-moddasida xususan shunday deyilgan: O`zbekiston Respublikasi fuqarolari sog`liqni saqlash borasida daxlsiz huquqqa egadirlar. Davlat yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy movqeidan qat`i nazar fuqarolarning sog`ligi saqlanishini ta`minlaydi. Davlat fuqarolarda kasalliklarning har qanday shakllari borligidan qat`i nazar, ularning kamsitishlardan himoya qilinishini kafolatlaydi. Ushbu qoidani buzishda aybdor bo`lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo`ladilar.

  • Ushbu Qonunning «Fuqarolarning sog`liqni saqlash huquqi» deb ataluvchi 13-moddasida xususan shunday deyilgan: O`zbekiston Respublikasi fuqarolari sog`liqni saqlash borasida daxlsiz huquqqa egadirlar. Davlat yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy movqeidan qat`i nazar fuqarolarning sog`ligi saqlanishini ta`minlaydi. Davlat fuqarolarda kasalliklarning har qanday shakllari borligidan qat`i nazar, ularning kamsitishlardan himoya qilinishini kafolatlaydi. Ushbu qoidani buzishda aybdor bo`lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo`ladilar.
  • Ko`pchilik hollarda tibbiyot muassasalarida bemorlarning huquqlarining buzilish hollarining guvohi bo`lamiz. Bemorning huquqlari ushbu Qonunning 24-moddasida o`z aksini topgan.

Download 383.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling