56-modda. To‘liq davlat ta’minotida turgan bolalarga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi
to‘lash
Oldingi
tahrirga qarang.
Chin yetim bolalarga to‘liq davlat ta’minotida turgan davrida pensiyani hisoblash bazaviy
miqdorining 100 foizi miqdorida pensiya to‘lanadi.
(56-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ota-onasining biridan ajralgan va to‘liq davlat ta’minotida turgan bolalarga pensiyani
hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi miqdorida pensiya to‘lanadi.
(56-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Shu davrdagi to‘lanishi lozim bo‘lgan pensiya puli bolaning nomiga tijorat bankida ochilgan
depozit hisobvarag‘iga o‘tkazib qo‘yiladi.
(56-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
57-modda. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari to‘lash muddati
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi to‘lashni to‘xtatishga sabab bo‘luvchi holatlar paydo
bo‘lganida pensiyani to‘lash ana shunday holat paydo bo‘lgandan keyingi oyning birinchi kunidan
1
boshlab to‘xtatiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
58-modda. Pensiya to‘lanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi shart-sharoitlar o‘zgarganligi to‘g‘risida
pensionerning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya
Do'stlaringiz bilan baham: |