Fuqarolarning huquq va erkinliklarining kafolatlari. Fuqarolarning burchlari
Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari
Download 64.5 Kb.
|
Fuqarolarning huquq va erkinliklarining kafolatlari. Fuqarolarni
Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari – bu Konstitutsiya darajasida mustahkamlangan va tegishli davlat hududida yashovchi har bir fuqaro uchun jamiyat, davlat va shaxslar manfaati yo`lida ma'lum bir hatti- harakatlarni bajarish yoki ulardan tiyilish majburiyatidir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning birinchi chaqiriq VI-sessiyasida qilgan ma'ruzasida: "Insonning o`z huquq va burchlarini bilishi insonning konstitutsiyaviy huquqlarining ta'minlanishini kafolatlaydi. Biz odamlardagi eski tuzum psixologiyasini o`zgartirishimiz va yangi huquqiy ongni shakllantirishimiz lozim. Inson anglasinki, erkinlik – bu burch mas'uliyatidir" deb ta'kidlandi.. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 19-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo`lgan huquqlari va burchlari bilan o`zaro bog`liqdir. O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining burchlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-52 – moddalarida mustahkamlangan bo`lib ular quyidagilardan iborat: - Barcha fuqarolar Konstiutsiyada belgilab qo`yilgan burchlarini bajaradilar. - Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. - Fuqarolar O`zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir. - Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar. - Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig`imlarni to`lashga majburdirlar. - O`zbekiston Respublikasini himoya qilish - O`zbekiston Respublikasi har bir fuqarosinining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o`tashga majburdirlar. Har bir fuqaro qonun oldida tengdir va boshqa fuqarolarning millati, tili, dini va e'tiqodini hurmat qilishi shart. Har bir fuqaro o`z huquq va erkinliklaridan manfaatlari yo`lida foydalanayotganda, uning hatti-harakatlari boshqalarga, ya'ni shaxs, davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazmasligi lozim.
Download 64.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling