Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi to‘G‘risida


Majburiy pensiya badallarini oylik ish haqiga ta’siri


Download 49.01 Kb.
bet2/3
Sana17.01.2023
Hajmi49.01 Kb.
#1098115
1   2   3
Bog'liq
INPS

Majburiy pensiya badallarini oylik ish haqiga ta’siri

Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarining to‘lanishi natijasida ishlayotgan fuqarolar uchun ish haqidan (daromadidan) hech qanaqa yo‘qotish bo‘lmaydi. Ishlovchi fuqaroning shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazib berilayotgan har oylik pensiya majburiy badallari ushbu xodimning daromadiga qonunda belgilangan tartibda hisoblangan jismoniy shaxslarning daromad solig‘idan chegirib qolinadi.
Misol uchun, korxonada ishlovchi xodimga 2011 yil yanvar oyi uchun 500.0 ming so‘m ish haqi hisoblansa, bu holda jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari miqdori 5000 so‘mni tashkil etadi va ushbu miqdor xodimning daromadidan hisoblangan 65238,5 so‘m soliq summasidan chegirilib, fuqaroning shaxsiy jamg‘arib boriladigan xisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Natijada ishlovchi fuqaroning naqd pulda olayotgan oylik maoshi miqdori hech kamaymaydi.
Bundan tashqari, Qonunning 14-moddasiga asosan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob-varaqlarida to‘plangan mablag‘lar uchun hisoblangan foizlar hamda bu mablag‘lar hisobiga berilgan pensiyalar soliq to‘lashdan ozod qilinadi.
Shu bilan birga, Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandiga muvofiq, jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yo‘naltirilgan summalariga soliq solinmaydi.

Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti bo‘yicha davlat kafolatlari

Davlat jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi fuqarolarga shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida jamg‘arilgan mablag‘lari saqlanishi hamda to‘lanishini kafolatlaydi.
Qonunning 5-moddasiga asosan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larining saqlanishi va to‘lanishi Davlat tomonidan kafolatlanadi.
Shuningdek, Qonunning 10-moddasida shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida to‘plangan mablag‘larga daromad hisoblash foizi inflatsiya darajasida yuqori bo‘lishi lozimligi ko‘rsatilgan.


Download 49.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling