Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari. Reja


Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishihuquqiy asoslarining rivojlanishi


Download 25.69 Kb.
bet3/3
Sana09.01.2022
Hajmi25.69 Kb.
#259326
1   2   3
Bog'liq
Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari. Reja

3.Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishihuquqiy asoslarining rivojlanishi

Mustaqillikka erishilishi bilan O‘zbekistonda mahalla institutiga mustahkam huquqiy poydevor yaratishning faol jarayoni boshlandi. Birinchi huquqiy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo‘ldi, uning 105-moddasida quyidagicha belgilab qo‘yilgan: "SHaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning masla-hatchilarini saylaydi".

Konstitutsiyaning ushbu qoidasi mahallaning huquqiy asoslarini yanada rivojlantirish uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. SHunday qilib, 1993 yil 2 sentyabr kuni "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun ilk marta qonunchilik darajasida mahalla faoliyatini tartibga soldi, ya’ni uning huquqiy maqomini belgilab berdi.

Fuqarolarning moddiy mustaqilligi va siyosiy-huquqiy ongi oshishiga sabab bo‘layotgan demokratik islohotlar chuqurlashib, bozor munosabatlari rivojlanib borgani sari mahalla institutining huquqiy asoslarini takomillashtirish zarurati tug‘ildi. Natijada 1999 yil 14 aprel kuni "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Unda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish huquqi bevosita mustahkamlab qo‘yildi, mahalla faoliyatining asosiy tamoyillari, uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga davlat kafolati belgilab berildi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlari kengaytirildi.

2004 yil 29 aprel kuni «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida"gi qonun mahalla faoliyatini demokratlashtirish yo‘lidagi ulkan qadam bo‘ldi. Ushbu qonunda, birinchidan, fuqarolar yig‘ini organlariga saylovning demokratik tamoyillari belgilab berildi va mahalla organlariga saylov tizimi barpo etildi, ikkinchidan, saylov jarayonining barcha bosqichlari batafsil tartibga solindi, uchinchidan, qonun darajasida mustahkam huquqiy kafolat yaratildi.

O‘tgan davr mobaynida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tarkibida bir qator tuzilmaviy o‘zgartishlar kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni asosida 2004 yilning 1 iyulidan boshlab fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 19 apreldagi qarori asosida fuqarolar yig‘inlarida “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi hududlarda osoyishtalikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olishda, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, hozirda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarida tashkil etilgan ushbu jamoatchilik tuzilmalari safiga 50 mingdan ortiq posbonlar jalb etilgan. Ularning samarali faoliyati natijasida 2011 yilda 2254 ta, 2012 yilda 1 ta mahallada jinoyat sodir etish holatlariga yo‘l qo‘yilmadi.

Bugungi kunda aholining kundalik hayoti, atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina yo‘nalishlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali hal etilmoqda. Ular aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, tegishli hududda qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, to‘ylar va boshqa marosimlar o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar beradi, atrof-muhitni muhofaza etadi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini o‘tkazadi, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiradi, guzarlar barpo etadi, kommunal to‘lovlarni to‘lanishiga ko‘maklashadi, kam ta’minlangan yoshlarning nikoh tuzishida va to‘y tadbirlarini o‘tkazishida moddiy yordam ko‘rsatadi, oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarini bankdan kredit olishiga kafil bo‘ladi va h.k.

Konsepsiyada belgilangan vazifalar ijrosi sifatida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri qabul qilindi va 2013 yilning 23 aprel kuni matbuotda e’lon qilindi. Ushbu qonun bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirishda, jamoatchilik nazorati sohasida, xususiy tadbirkorlik, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish borasidagi vakolatlari kengaytirildi.

Aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida qonunga fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan birgalikda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni aniqlash, fuqarolarning bandligiga ko‘maklashish, fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqarolarni ish bilan ta’minlash haqidagi me’yorlar kiritildi.

Qonunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berish bilan bir qatorda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish shakllari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kafolatlarini belgilovchi alohida modda kiritildi.



Mahallani xususiy tadbirkorlik, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish markaziga aylantirish borasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlariga fuqarolar yig‘ini hududida xususiy tadbirkorlik, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ko‘maklashish, tegishli maslahat markazlarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berildi. Xususan, fuqarolar yig‘inlari huzuridagi maslahat markazlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar yig‘ini hududida yashovchilar uchun qisqa muddatli kurslar tashkil etib, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari uchun mavjud imtiyozlar va preferensiyalar haqida ma’lumotlar beradi, fuqarolar yig‘ini hududida yashovchilarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda har tomonlama ko‘maklashmoqda.

Konsepsiyada “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari saylovi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha oqsoqollar va ularning maslahatchilari eng munosib fuqarolar ichidan saylanishini, fuqarolar ijtimoiy faolligini kuchaytirishda mahallaning ahamiyati va roli oshirilishini ta’minlaydigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilgan edi. Konsepsiyadagi ana shu vazifalarning ijrosi doirasida 2013 yil 22 aprelda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ham yangi tahrirda qabul qilindi.
Download 25.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling