Fuqarolik huquqida shartnoma tushunchasi, shartnomaviy sharh va uning ahamiyati
Download 65.54 Kb. Pdf ko'rish
|
fuqarolik-huquqida-shartnoma-tushunchasi-shartnomaviy-sharh-va-uning-ahamiyati
ISSN 2223-4047 Вестник магистратуры. 2022. № 2-1 (125) __________________________________________________________________________________ 55 M. Zokirova, A. Adilbekova FUQAROLIK HUQUQIDA SHARTNOMA TUSHUNCHASI, SHARTNOMAVIY SHARH VA UNING AHAMIYATI Maqolada fuqarolik huquqida shartnoma tushunchasi va shartnomadan yuzaga keluvchi majburiyatlar yoritilgan. Shuningdek, maqolada fuqarolik huquqida mavjud bo`lgan shartnoma turlari ya’ni lizing, haq evasiga xizmat ko`rtsatish va boshqa bir qator shartnomalar misolida taraflar o`rtasida vujudag keluvchi majburiyatlar ochib berilgan. Kalit so`zlar: Fuqarolik huquqi, fuqarolik huquqida shartnoma, shartnoma yuzasidan vujudga keluvchi majburiyatlar, kreditor, shartnomada taraflar, lizing, korporativ nizo, oldi-sotdi shartnoma, buyurtmachi ijrochi. Kirish: Shartnoma o'ziga xos huquqiy munosabat va yuridik fakt sifatida majburiyatlarning vujudga kelishi uchun asoslardan biri hisoblanadi. Zero, majburiyatlarning eng an'anaviy va “original” ifodasi amaliyotda shartnoma ko'rinishida namoyon bo'ladi. Ma'lumki, majburiyatlar turli-tuman yuridik faktlar natijasida vujudga keladi. Lekin, majburiyatlarning vujudga keltiruvchi eng muhim va keng tarqalgan vosita bu shartnomalar hisoblanadi. Shartnomalardan boshqa yuridik faktlar majburiyatlarning vujudga kelishida o'ziga xos o'ringa ega bo'lsa, ular shartnomalar kabi asosiy o'rinni egallaydi. Masalan, bir tomonlama bitimlarda bir shaxsning erki irodasi asosida majburiyat vujudga keladi va bunday majburiyatlar fuqarolik huquqida va amaliyotda u qadar ko'p uchramaydi . Shu bilan birga bir tomonlama bitimlar majburiyat tushunchasining an'anaviy qolipiga mos kelmasligini ham ta'kidlab o'tish lozim. Ya'ni, majburiyat tushunchasidagi qarzdor va kreditor o'rtasidagi huquqdorlik va majburlik formulasi bir tomonlama bitimlarda aynan ifodalanmaydi. Majburiyatni vujudga keltiruvchi boshqa asoslardan farq qilib, faqat shartnomalardagina majburiyat formulasi to'liq va aynan o'z ifodasini topadi. Majburiyat formulasiga muvofiq, kreditor - qarzdor va talab qilish huquqi – majburlik (harakatni amalga oshirish yoki harakatdan tiyilish)ning o'zaro nisbati har bir shartnomaning o'zagini tashkil etadi. Chunki shartnomaga muvofiq bir taraf ikkinchi tarafga tovarni mulk qilib berish, ishni bajarish, xizmat ko'rsatish majburiyatini olsa, ikkinchi taraf haqni to'lash va ijroni qabul qilish majburiyatini oladi . Agar FKda har bir shartnomaga berilgan ta'rifga e'tibor qaratadigan bo'lsak, ular quyidagi qolipga muvofiq shakllantirilganligini ko'rishimiz mumkin: - bir tarafning ikkinchi taraf foydasiga amalga oshiradigan harakatlari, ikkinchi tarafning ana shu harakat uchun amalga oshiradigan muqobil harakati (bir tomonlama shartnomalarda mazkur qolipdagi ikkinchi tomonning harakati talab qilinmaydi). Mazkur harakatlarni yuridik tilda majburiyat deb nomlash qabul qilinganligi har bir shartnoma ta'rifi bevosita majburiyat atamasi atrofida talqin qilinganligini tushunish mumkin. Majburiyat va shartnoma tushunchalari o'rtasidagi nisbatni tahlil qilib, “har qanday shartnoma – bu majburiyat, har qanday majburiyat – shartnoma emas” – degan aksiomani taklif qilish mumkin. Chunki majburiyat tushunchasi shartnoma tushunchasiga qaraganda kengroq tushuncha hisoblanadi.O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 363-moddasiga ko'ra, sud shartnoma shartlarini sharhlashda undagi so'z va iboralarning asl ma'nosini e'tiborga oladi. Shartnomaning sharti aniq bo'lmasa, uning asl ma'nosi uni boshqa shartlarga va butun shartnomaning ma'nosiga taqqoslash yo'li bilan aniqlanadi. Mazkur modda muhim amaliy ahamiyatga ega, negaki juda ko'p sabablar bilan shartnomani sharhlash zarurati vujudga keladi, bu narsa ko'pincha shartnomaning shartlarini aniqlashtirish jarayonida, shuningdek shartnomani tuzish chog'ida yo'l qo'yilgan kamchilik oqibatida yuzaga keladi. Shuningdek bunday zarurat shartnomada foydalanilgan atamalar, iboralar har xil ma'noga ega bo'lganda va turlicha tushunchalarni keltirib chiqarganda tug'iladi. Ushbu moddada shartnoma shartlarini sud tomonidan sharhlanishi ustida borayotgan bo'lsa-da, zarur bo'lib qolganda taraflarning o'zlari ham mazkur moddaning qoidalarini qo'llashlari uchun hech qanday to'sqinlik yo'q. Kelishuvga erishib bo'lmagan holda, nizo sud tartibida hal etiladi. Ta'kidlash joizki, shartnomadan kelib chiqadigan har qanday nizoni ko'rib chiqish chog'ida sud u yoki bu darajada shartnomani sharhlashni amalga oshiradi. Shartnomani sharhlashning mohiyatini anglashda huquqni sharhlash bilan bog'liq qoidalardan foydalanish ham mumkin. Ma'lumki, qonun va boshqa normativ-huquqiy aktlarni, har bir normani hayotda to'g'ri tatbiq qilish, qo'llash, ya'ni ular bilan jamiyatda, kishilar o'rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish muhimdir. © M. Zokirova, A. Adilbekova, 2022. ISSN 2223-4047 Вестник магистратуры. 2022. № 2-1 (125) Download 65.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling