Fuqarolik huquqiy tusdagi shartnoma 15-son


Download 19.29 Kb.
bet1/3
Sana25.12.2022
Hajmi19.29 Kb.
#1064826
  1   2   3
Bog'liq
Talabalar shartnoma kunlik


Fuqarolik huquqiy tusdagi shartnoma 15-son
12.08.2022 yil Buxoro shahar

Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov birinchi tomondan keyingi o‘rinlarda «Buyurtmachi» deb ataladi, ikkinchi tomondan Vobkent tumani Cho‘rikalon MFY, Taligandum qishlog‘ida yashovchi Shukurov Jahongir Ne’mat o‘g‘li keyinchalik o‘rinlarda «Ijrochi» deb ataladi, taraflar suhbat o‘tkazish yo‘li bilan quyidagi shartnomani tuzdilar




1. Shartnoma predmeti
1.1. “Ijrochi” universitetning o‘quv binolari hamda talabalar turar joylarida devorlarni oqlash, bo‘yoq qilish, suvoq qilish kabi ta’mirlash ishlarini bajaradi, “Buyurtmachi” uning xizmati evaziga haq to‘laydi.
2. Tomonlar majburiyati
2.1. “Ijrochi” “Buyurtmachi” ning mas’ullari talabiga asosan aytilgan joyga yetib boradi, va ular tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtiga bajarilishini ta’minlaydi.
2.2. “Buyurtmachi” ko‘rsatilgan xizmatlar evaziga “Ijrochi”ning plastik kartochkasiga bajarilgan ishlari uchun kelasi oyning 20-sanasigacha ish haqi ko‘chirib beradi.
3. Hisob-kitob tartibi
3.1. “Buyurtmachi”, “Ijrochi”ga ko‘rsatgan xizmatlari uchun har oy tugaganidan so‘ng, 27 ish kuni uchun Respublikada o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 (uch) baravari (3 x 920 000 = 2 760 000) miqdorida haqni ishlagan davriga mutanosib ravishda to‘laydi.
3.2. “Buyurtmachi”, “Ijrochi”ga ko‘rsatgan xizmatlari davomida har bir kun uchun qo‘shimcha ravishda 20 000 so‘m miqdorda ovqat puli to‘laydi.
4.Tomonlar javobgarligi
4.1. Ushbu shartnoma bo‘yicha tomonlar o‘rtasida kelishmovchilik, nizo yuzaga kelsa, ikki tomonning o‘zaro kelishuvi yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari asosida hal etiladi.
4.2. Tomonlar uzrsiz sabab bilan zimmalaridagi majburiyatlarni bajarmagan taqdirda kechiktirilgan har bir kun uchun 0,4 %, lekin to‘lanmay qolgan summaning 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydi.



Download 19.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling