Fuqarolik ishlari boʻyicha Daʼvo ariza berilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sud nomiga


Download 23.41 Kb.
Sana16.03.2023
Hajmi23.41 Kb.
#1278374
Bog'liq
daʼvo ariza.


Fuqarolik ishlari boʻyicha Daʼvo ariza berilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sud nomiga




Daʼvogar: Buronov Davronbek Bahtiyorovich

Xorazm viloyati Urganch shahri Al-Xorazmiy mahallasi Shabnam ko`chasi 128-uy

+998937406442
buronovdavronbek@gmail.com




Javobgar: Matchanova Sevara Kuvandik qizi

Xorazm viloyati Urganch shahri Ma`rifat mahallasi Amir Temur ko`chasi 23-uy

+998914273768
matchanovasevara30@gmail.com

D A ʼ V O A R I Z A
(Nikohdan ajratish haqida)

Men va javobgar oʻrtamizdagi qonuniy nikoh Urganch shahar tomonidan 02.03.2019 kuni ____________-son bilan qayd etilgan.


Birgalikdagi turmushimizdan farzandimiz yo`q.
Men o’zaro kelishmovchiliklar va farzandsizlik sababli oilani saqlab qolishni va javobgar bilan oilaviy hayotni davom ettirishning imkoni yoʻq deb hisoblayman.
Men 1 oydan buyon javobgar bilan bir oila sifatida yashamayman.
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 41-moddasiga binoan, agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yoʻq deb topsa, ularni nikohdan ajratadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 6-sonli “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 16-bandiga muvofiq, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi talab, faqat, er-xotin bundan buyon birga hayot kechirishlarining va oila batamom buzilganligi sababli uni saqlab qolishning iloji yoʻqligi aniqlangan holdagina qanoatlantirilishi lozim. Turmushda kechadigan vaqtinchalik kelishmovchiliklar va tasodifiy sabablarga koʻra er-xotin oʻrtasida kelib chiqqan ixtiloflar, shuningdek er-xotindan birining yoki har ikkalasining jiddiy vajlar keltirmagan holda nikoh munosabatlarini davom ettirishni xohlamasligi nikohdan ajratish uchun yetarli asos boʻla olmaydi. Nikohdan ajratishga asoslar boʻlmaganda, sud daʼvoni rad etadi.
Yuqoridagilarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 41-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189-191-moddalariga asosan


SOʻRAYMAN:

Javobgar bilan oʻrtamizdagi Urganch shahar tomonidan 02.03.2019 kuni _______-son bilan qayd etilgan nikohdan ajratishni.




Ilova qilinayotgan hujjatlar:
1. Daʼvo ariza nusxasi;
2. Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma;

Buronov Davronbek Bahtiyorovich

__________
(imzo)



13.01.2023



Download 23.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling