Fuqarolik ishlari boʼyicha Mirobod tumanlararo sudiga


Download 17.04 Kb.
Sana04.05.2023
Hajmi17.04 Kb.
#1425425
Bog'liq
Da\'vo arizasi


Fuqarolik ishlari boʼyicha Mirobod tumanlararo sudiga

Daʼvogar: Aziza Abdunazarova Abdullayevna
Manzil: Mirobod tuman, Nukus ko’chasi, 12a-uy. 17-xonadon.
tel: +99899 999 09 09
E-mail: Abdunazarova@gmail.com

Javobgar: Baxtiyor Behzodov Bilolovich


Manzil: Chilonzor tuman, Qatortol ko’chasi, 21-uy, 24-xonadon.
Tel: +99890 008 90 08
E-mail: Behzodov01@gmail.com

DА’VO АRIZА
(Аliment undirish haqida)
Men va javobgar oʼrtamizdagi qonuniy nikoh Chilonzor tuman fuqarolik xolati dalolatnomalarini yozish bo’limi tomonidan 2020-yil 28-avgust kuni 09767 -son bilan qayd etilgan.
Birgalikdagi turmushimizdan bir nafar uch yoshga to’lmagan Azizbek Bilolov Baxtiyor o’g’li ismli farzandim bor. Kelisha olmaganligimiz uchun nikohdan ajralganmiz. Farzandimni yolg’iz o’zim moddiy ta’minlab kelayabman. Javabgar farzandim va mening ta’minotim uchun moddiy yordan bermaydi. Moddiy yordamga muhtojman.
Oʼrtamizda aliment toʼlash toʼgʼrisida kelishuv mavjud emas.
Yuqoridagilarga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 117-moddasiga asosan
SOʼRАYMАN:
2022-yil 1-aprel kunida tug’ilgan Azizbek Bilolov Baxtiyor o’g’li ismli farzandim moddiy ta’minoti uchun 1995-yil 24-oktyabrda tugʼilgan javobgar Baxtiyor Behzodov Bilolovichdan har oyda pul bilan toʼlanadigan qatʼiy 500.000 (besh yuz ming) soʼm summasida aliment undirishni.

Ilova:
1. Daʼvo ariza nusxasi


2. Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma.
3. Tugʼilganlik haqida guvohnoma nusxasi.
4. Fuqarolik ishlari bo’yicha Mirobod tumanlararo sudining Nikohdan ajratish to’g’risida hal qiluv qarori.

Daʼvogar ________________ Aziza Abdunazarova Abdullayevna


(imzo)
2022- yil 11-noyabr
Download 17.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling