Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


  Kazusdan kelib chiqib apellatsiya instansiya sudi tomonidan chiqarilishi


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

5. 
Kazusdan kelib chiqib apellatsiya instansiya sudi tomonidan chiqarilishi 
kerak bo‘lgan sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini tuzing. 
1.Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning 26-moddasida ma’muriy 
ishlarning sudga taalluqligi borasida borasida norma keltirilgan. Shuningdek, kodeksning 
27-moddasida ma'muriy sudga taalluqli ishlar qatorida davlat boshqaruv organlarining 
va ular mansabdor shaxslarining qarorlari yoki harakatlari(harakatsizligi) ustidan sudga 
shikoyat qilish mumkinligi aytib o'tilgan. Shuningdek, taalluqlilik masalalari 
fuqarolarning buzilgan yoki nizolashayotgan huquqlarining ma'muriy - huquqiy 
munosabatlaridan paydo bo'ladi. Bizga ma'lumki, huquqiy munosabatning ma'muriy-
huquqiy munosabat bo'lishi uchun bir tarafda davlat organi, ikkinchi tarafda yuridik yoki 
jismoniy shaxslar qatnashishi lozim. Yuqoridagi vaziyatda, Bo’stonliq tuman hokimligi 
davlat organi bo’lib, javobgar sifatida ma’muriy ishda qatnashsa, fuqaro Abdullayeva 
jismoniy shaxs bo’lib arizachi sifatida ma’muriy ishda qatnashmoqda. Bundan tashqari, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.12.2019 yildagi 24-sonli 
qarorining 13-bandiga ko'ra: "Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslari 
qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) qarori, harakati 
(harakatsizligi) nizolashilayotgan organ joylashgan yoxud mansabdor shaxs 
ishlaydigan joydagi tumanlararo ma’muriy sudiga beriladi".
2. Keyingi savol esa birinchi instansiya sudining harakatlarini analiz qilish bilan bog’liq. 
O’zi odatda birinchi instansiya sudlari ishlarni ko’rishda qanday bosqichlarni amalga 
oshirishini batafsil keltirganimizdan so’ng, berilgan vaziyatni tahlil qilamiz. Demak, 


ma’muriy sudlarda ish qo’zg’atilishiga asos sifatida odatda ma’muriy organlar yoki 
mansabdor shaxslarning qonunga zid bo’lgan harakatlari natijasida huquq va manfaatlariga 
zarar yetgan jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan berilgan arizalar asos bo’ladi. 
Shuningdek arizalar manfaatdor shaxslar manfaatini ko’zlab prokurorlar yoki davlat 
organlari tomonidan ham berilishi mumkin. Keyingi masala esa ma’muriy sud tomonidan 
arizani ko’rib chiqib, qabul qilish va ish qo’zg’atish hisoblanadi. MSIYTK ning 132-
moddasida mazkur masala belgilab qo’yilgan : “Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan 
talablarga rioya etgan holda berilgan arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilishi va 
ish qo‘zg‘atishi shart. Sudya ushbu Kodeks 130-moddasi birinchi qismining 1 va 3-
bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani, agar arizaga davlat 
bojini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi yoki arizachida mavjud 
bo‘lmagan dalillarni talab qilib olish haqidagi iltimosnomalar ilova qilingan hamda bu 
iltimosnomalar qanoatlantirilgan bo‘lsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qo‘zg‘atishga 
haqli. Sudyaning ushbu Kodeks 130-moddasi birinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda 
tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi 
iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi arizani ish yuritishga qabul qilish 
to‘g‘risidagi ajrimda asoslantirilgan bo‘lishi kerak”. Ariza qabul qilinib ish 
qo’zg’atilganidan keyingi bosqich bu aynan shu ishni sud muhokamasiga tayyorlash 
to’g’risida ajrim chiqariladi. Bu ajrimda sudya hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar 
tomonidan qilinishi lozim bo’lgan harakatlar, ushbu harakatlar amalga oshirilishi lozim 
bo’lgan muddatlar, shuningdek sud muhokamasini o’tkazish joyi va vaqti ko’rsatiladi. 
Sud muhokamasidan keyin sud muzokaralari boshlanadi. Unda taraflar ish bo’yicha 
o’zlarining og’zaki fikrlarini bildirib o’tadilar. Shuningdek, bu vaqt oralig’ida taraflar 
sudyaga taqdim etgan dalillar tekshiriladi. Eng so’nggi bosqich bu hal qiluv qarori qabul 
qilish hisoblanib, sudya ikki taraf tomonidan bildirilgan fikrlarni eshitgandan va dalillarni 
yaxshilab tekshirib chiqqanidan keyin ushbu ish bo’yicha hal qiluv qarori qabul qiladi. 
4. Keyingi masala vaziyatdan kelib chiqqan holda, davlat boji masalasini tahlil qilish 
hisoblanadi. Birinchi navbatda biz o’zi davlat boji deganda nima tushunilishi kerak degan 
savolga javob beramiz. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi 2020-

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling