Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


va shu yerda joylashgan qurilish osti 122,05 kv.metr turar joyga (marhum) otasi


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

va shu yerda joylashgan qurilish osti 122,05 kv.metr turar joyga (marhum) otasi 


B.Pardayev nomiga egalik huquqini eʼtirof etish majburiyatini yuklashni so‘rab
tushuntirish berdi.
Sud majlisining bo‘lib o‘tish joyi hamda vaqti to‘g‘risida Urganch tuman hokimligi 
rasman xabardor etilgan bo‘lishiga qaramay javobgar vakili sudga kelmadi. Shu 
sababli sudya arizani qanoatlantirish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qildi.
Bundan norozi bo‘lgan javobgar vakili apellatsiya shikoyati bilan murojaat qildi. 
1. 
Kazusdan kelib chiqib sudga taalluqlilik masalasini muhokama qiling va 
fikrlaringizni nazariy hamda huquqiy jihatdan asoslang. 
2. 
Kazusdagi vaziyatdan kelib chiqib maʼmuriy sudlarda vakillikning o‘ziga 
xos jihatlarini tahlil qiling va vakilning sud majlisiga kelmaganlik oqibatlarini 
tushuntirib bering. 
3. 
Kazusdagi vaziyatdan kelib chiqib davlat boji masalasini tahlil qiling. 
4. 
Kazusdagi vaziyatda birinchi instansiya sudining harakatlarini tahlil 
qiling. 
5. 
Kazusdan kelib chiqib apellatsiya instansiya sudi tomonidan chiqarilishi 
kerak bo‘lgan sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini tuzing. 
Dastlabki savolga to’xtaladigan bo’lsak, ya’ni mazkur ish ma’muriy sudga taalluqlilik 
jihatiga ko’ra mansubmi yoki yo’q degan muammoga, qonun hujjatlari va shaxsiy 
fikrdan foydalangan holda javob beramiz. O’zi ma’muriy sudga taalluqlilik deganda 
nimani tushunishimiz kerak ? “Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risida”gi kodeks 
(keyingi o’rinlarda MSIYTK deb yuritiladi) ning 26-moddasida aynan mazkur 
savolga javob berib o’tilgan unga ko’ra : “Ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik 


shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy 
munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy 
sudlarga taalluqli ishlar mustasno”. Ya’ni bunda Konstitutsiyaviy sud, fuqarolik ishlari 
bo’yicha sudlar, iqtisodiy sudlar va shuningdek harbiy sudlar tomonidan ko’riladigan 
ishlarni hisobga olmaganda, ma’muriy sudlar jismoniy (nafaqat fuqarolar va balki chet el 
fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar) va yuridik shaxslar (ularga shuningdek chet 
ellik yuridik shaxslar va xalqaro tashkilotlar ham mansub bo’lishi mumkin) ning buzilgan 
yoki nizolashayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish 
to’g’risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 
ishlarni ko’rishini keltirib o’tilgan. Endi biz aynan shu ishlarni yanada aniqlashtirish 
maqsadida MSIYTK ning navbatdagi ya’ni 27-moddasiga yuzlanamiz. Unda ma’muriy 
sudda ko’riladigan ishlar belgilab qo’yilgan bo’lib, ular :

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling