Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

Asoslantiruvchi qism 
 
Oʻzbekiston Respublikasi MSIYTKning 189-moddasi 2-qismiga asosan, sud ustidan 
shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) 
qonun hujjatlariga zid ekanligini hamda arizachining huquqlari va qonun bilan 
qo’riqlanadigan manfaatlarini buzayotganini aniqlasa, qarorni yoki uning ayrim qismlarini 
haqiqiy emas, yoxud harakatlarni (harakatsizlik) ni qonunga xilof deb topish to’g’risida hal 
qiluv qarori qabul qiladi. 
Ushbu masalalar to’g’risda O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 
“Ma’muriy ishlarni ko’rishda birinchi instansiya sudi tomonidan protsessual huquq 
normalarini qo’llashning ayrim masalalari to’g’risida” 2018-yil 19-maydagi 15-sonli, 
“Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) 
ustidan shikoyat qilish to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish bo’yicha sud amaliyoti haqida” 
2019-yil 24-dekabrdagi 24-sonli, “Sudlar tomonidan ma’muriy ishlarni apellatsiya tartibida 
ko’rish amaliyoti to’g’risida” 2021-yil 20-apreldagi 15-sonli qarorlarida ta’kidlangan. 
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asoslar mavjud. 
Demak, birinchi instansiya sudida sudya ishni ko’rishda javobgar vakili ish yuritilishi 
o’tkaziladigan vaqt va joy bo’yicha oldindan xabar qilingan bo’lsada, sud majlisiga 
kelmagani uchun ishni usiz ko’rib chiqadi va arizachi B.Usmanov foydasiga hal qiluv qarori 


chiqaradi. Lekin ishni javobgar vakilisiz ko’rish mumkin emas. Bu MSIYTK ning 149-
moddasida ish yuritishni keyinga qoldirish uchun keltirilgan 3-asos “sud protsessi 
ishtirokchilaridan birortasi, agar sud ishni uning ishtirokisiz ko‘rish mumkin emas deb 
hisoblasa, kelmagan taqdirda” deb belgilab qo’yilgan.
Apellatsiya instansiya sudi, birinchi instansiya sudining mazkur ish bo’yicha chiqargan 
hal qiluv qarorini bekor qilish lozim deb topadi. 
Yuqorida bayon etilganlarga hamda MSIYTK ning 215, 217, 2019, 221-moddalarga 
asoslanib sudlov hay’ati 
Qaror qiladi : 
Mazkur ish yuzasidan qabul qilingan Urganch tumanlararo ma’muriy sudining arizachi 
talabini qanoatlantirish to’g’risidagi hal qiluv qarori bekor qilinsin.
Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Qarordan norozi taraflar bir yil ichida 
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy sudlov hay’atiga kassatsiya tartibida 
shikoyat qilishi (protest keltirishi) mumkin. 
Raislik qiluvchi (Imzo)
Hay’at a’zolari (Imzo) 
(Imzo) 
9-Kazus 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling