boji, 4.519.478 so‘m ekspertiza to‘lovi jami 1.781.631.631 so‘m
undirish
belgilanganligini, hal qiluv qarori 14.01.2021 yilda ijro harakatlari o‘tkazish uchun
Majburiy ijro
byurosining Toshkent shahar, Bektemir tuman bo‘limiga yuborilgan
O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etish
to‘g‘risida”gi Qonunning 23, 30, 85-modda talablari buzilganligini, xususan oradan
10 oy
22 kun o‘tgan bo‘lsa-da, Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar Bektemir tuman
bo‘limi mansabdor shaxslari tomonidan sud qarori ijrosini taʼminlanmasdan
va unga
yetkazilgan zarar undirilmasdan kelinayotganligini inobatga olib,
Toshkent shahar
Bektemir tuman majburiy ijro xodimlarining harakatsizligini qonunga xilof deb
topib,
sud qarorini tez kunlarda ijro etilishi taʼminlash maqsadida majburiyat yuklashni
so‘ragan.
Sud majlisida O.Suyarovning
ishonchli vakili A.Dadajonov shikoyat arizasini to‘liq
qo‘llab quvvatlab, uni qanoatlantirishni so‘radi.
Javobgar Majburiy ijro byurosi Bektemir
tumani bo‘limi hamda uchinchi shaxs Toshkent shahar Bektemir tumani hokimiyati
vakillari sud majlislarining vaqti va joyi tegishli tarzda xabardor qilingan bo‘lsada
kelmadi va kelmaganlik sabablarini sudga maʼlum qilmadi.
Sudya arizani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qildi. Bundan
norozi bo‘lgan arizachi vakili apellatsiya shikoyati bilan murojaat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: