avgustdagi 46-10-134-Q/21-sonli qarori, tuman hokimining 23.02.2021 yildagi 107-
10-134-Q/21-sonli qarori bilan bekor qilinganligi sababli ma'muriy ishni ish
yuritishdan tugatishni so'radi. Ammo sudya ish yuritish boshlanib bo`lganligi va bu
holatda ish yuritishni tugatib bo`lmasligini aytadi. Bu holatda jamiyat raisi tomonidan
ish yuritishni so‘rab sudga murojaat qilinishida biroz xatolik mavjud.
Chunki bizga
berilgan vaziyatda ish yuritish tugatilmaydi aksincha, ariza (shikoyat)ni ko‘rmasdan
qoldirishga asos bo‘ladi.
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning
105-moddasida arizani ko`rmasdan qoldirish asoslari keltirilgan bo`lib unga ko`ra:
Sud quyidagi hollarda arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldiradi, agar:
1) fuqarolik ishlari bo‘yicha sud, ma’muriy sud ish yurituvida ayni bir shaxslar
o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan
ish mavjud bo‘lsa;
2) ariza (shikoyat) imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega
bo‘lmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining
bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
3) arizachi birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni o‘zining ishtirokisiz
ko‘rilishi to‘g‘risida arz qilmagan bo‘lsa;
Do'stlaringiz bilan baham: