Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 27-moddasining 2-


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 27-moddasining 2-
qismiga asoslangan deya olamiz. Ya’ni mahalliy davlat hokimiyati organlarining
davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga 
vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning qarorlari ustidan aynan ma’muriy sudga 
murojaat qilinadi. 
3) Kazusdan kelib chiqib arizachining talabdan voz kechishi tartibi va huquqiy 
oqibatini tushuntirib bering. 
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeksning 136-moddasida 
Ariza (shikoyat)ning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, ariza (shikoyat)dan voz 
kechish qoidalari keltirilgan bo`lib, unga ko`ra: Arizachi ishni birinchi instansiya 
sudida ko‘rish chog‘ida ishning mazmunan ko‘rilishi yakuni bo‘yicha chiqariladigan 
sud hujjati qabul qilinguniga qadar ariza (shikoyat)ning asosini yoki predmetini 
o‘zgartirishga haqli. 
Arizachi ishni har qanday instansiya sudida ko‘rishda ishni ko‘rish yakuni 
bo‘yicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar ariza (shikoyat)dan to‘liq 
yoki qisman voz kechishga haqli. 
3
 
https://lex.uz/docs/-3527353
 


Sud ariza (shikoyat)ning asosi va predmeti bir vaqtda o‘zgartirilishini qabul 
qilmaydi. Sud, shuningdek ariza (shikoyat)dan voz kechishni, agar bu qonunchilikka 
zid bo‘lsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlarini buzsa, qabul qilmaydi. Bunday hollarda sud ishni mazmunan ko‘radi. 
Ariza (shikoyat)ning asosini yoki predmetini o‘zgartirishni, arizachining ariza 
(shikoyat)dan to‘liq yoki qisman voz kechishini qabul qilish haqida yoxud qabul 
qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. 
Bizga berilgan vaziyatda yuridik shaxs hisoblangan “KULTUR” MCHJ 
manfaatida Qashqadaryo viloyat prokurorining arizasidan manfaatdor shaxs 
hisoblangan jamiyat raisi arizadan voz kechishni hamda ish yurituvni tugatishni 
so`ragan. Ma’muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeksning 45-moddasiga 
ko`ra: “Prokuror tomonidan arizachining huquqini himoya qilish maqsadida taqdim 
etilgan talabdan arizachining voz kechishi arizani ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi 
deb belgilanib qo`yilgan.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling