Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
27
1 -modda. Investitsiyaviy nizolar bo‘yicha ishlar Investitsiyaviy nizolar jumlasiga investorlar bilan ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi ular mansabdor shaxslarining investitsiya shartnomasi shartlariga rioya qilinishi bilan bog‘liq qarorlariga, harakatlariga (harakatsizligiga) doir ishlar kiradi. 27 2 -modda. Raqobat to‘g‘risidagi ishlar Raqobat to‘g‘risidagi ishlar bo‘lib yuridik shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik shaxslar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va monopoliyaga qarshi organ o‘rtasida tovar hamda moliya bozorlarida raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan, ma’muriy sud sudloviga tegishli nizolar hisoblanadi. 27 3 -modda. Ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra ma’muriy suddan boshqa sudga o‘tkazish Talab sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ma’muriy sudga taqdim etilgan bo‘lsa, ariza (shikoyat) taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkaziladi. Agar ariza (shikoyat) sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni ko‘rib chiqish chog‘ida aniqlansa, ma’muriy sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish va ma’muriy sud ishini yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Arizani (shikoyatni), ish materiallarini ma’muriy suddan sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ma’muriy suddan taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazilgan ariza (shikoyat), ish materiallari o‘ziga o‘tkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak. O‘zbekiston Respublikasida sudlar o‘rtasida sudga taalluqlilik to‘g‘risidagi nizolarga yo‘l qo‘yilmaydi. 2-savol. Mazkur noqonuniy qurilma buzilgunga qadar ma’muriy sud qanday protsessual harakatlarni amalga oshirishi kerak? 92-modda. Dastlabki himoya choralarini ko‘rish asoslari Ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bo‘yicha sud, agar: 1) ma’muriy ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar arizachining yoki manfaatlarini ko‘zlab ariza berilgan shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining aniq xavfi mavjud bo‘lsa; 2) arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini bunday choralarni ko‘rmasdan turib himoya qilish mumkin bo‘lmasa yoki qiyin bo‘lsa, dastlabki himoya choralarini ko‘rishi mumkin. 93-modda 2-bandi. Quyidagilar dastlabki himoya choralari bo‘lishi mumkin: 2) boshqa shaxslarga nizo predmetiga taalluqli bo‘lgan muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash; Ushbu kazusdagi vaziyatda sud dastlabki himoya chorasi sifatida uchinchi shaxs S.Egallaboldiyevga nizo predmeti (yer)ga taalluqli bo’lgan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlashi mumkin. Kazusdagi holatda ham ma’muriy sud L.Kirilovning huquqlari Egallaboldiyev tomonidan buzilib uning yer uchastkasi kadastr hujjatini rasmiylashtirishga to‘sqinlik qilmoqda. Mazkur holatda sud MSIYuTK ning 92-moddasiga asosan ma’muriy ishni ko‘rib chiqish natijasida chiqariladigan sud hujjati qabul qilingunga qadar arizachi L.Kirilovning huquqiy manfaatlari buzilishi xavfi mavjudligini hisobga olib dastlabki himoya choralarini ko‘rishi lozim. Ammo O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Qarori, 19.05.2018 yildagi 15-son qarorning 14-bandiga asosan ma’muriy qo‘zg‘atilgunga qadar sud dastlabki himoya choralarini qo‘llashga haqli emas. Ushbu ish ma’muriy sud ish yurituviga qabul qilingandan so‘ng quyidagi harakatlarni amalga oshirishi lozim. MSIYutK ning 93-moddasi 2-bandiga asosan Egallaboldiyevning nizo predmetiga ya’ni unga tegishli qurilma joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan muayan harakatlarni amalga oshirishini sud taqiqlshi lozim. Bu bo‘yicha MSIYuTKning 95 va 97- moddalarga asosan daslabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risida sud ajrimi qabul qilinadi. 3-savol. Mazkur vaziyatda uchinchi shaxslarni ishga jalb qilish masalasini tahlil qiling va asoslantirib bering. “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasiga asosan huquqlari va qonuniy manfaatlariga ma’muriy hujjat yoki ma’muriy harakat daxldor bo‘lgan yoxud daxldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar uchinchi shaxslar hisoblanadi. Mazkur holatdagi uchinchi shaxs bu Egallaboldiyev hisoblanadi. Ma’muriy sud ish yurituvida uchinchi shaxslar ma’muriy huquqiy layoqatiga ko‘ra ikki turga ya’ni nizoning predmetiga mustaqil talab bilan arz qiluvchi hamda mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchunchi shaxslarga bo‘linadi. Kazusdagi holatda ham Egallaboldiyev MSIYuTK ning 45-moddasiga asosan nizo predmetiga mustaqil talab bilan arz qilmaydigan shaxs hisoblanadi. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar tarafning protsessual huquqlaridan foydalanadi va uning protsessual majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan arz qilingan talabning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, talabdan voz kechish, arz qilingan talabni tan olish yoxud kelishuv bitimi tuzish, sud hujjatining majburiy ijro etilishini talab qilish huquqi mustasno. Kazusda yustitsiyaviy ma’muriy huquqiy munosabat mavjud bo‘lib mazkur holatda uchinchi shaxlarni MSIYuTK ning 45-moddasiga asosan tarafning iltimosnomasi bilan yoki sudning tashabbusi bilan ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin. MSIYuTK ning 140-moddasi 1-bandiga asosan sudya ishni muhokamaga tayyorlashda uchinchi shaxsni jalb etish masalasini ko‘rib chiqadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi to’g’risida tegishli tarzda xabardor qilingan uchinchi shaxslar sud majlisiga kelmasa, ish ularning yo‘qligida ko‘rilishi mumkin. 4-savol. Ma’muriy organning harakati ustidan shikoyat qilish to’g’risidagi sud muhokamasi xususiyatlarini tahlil qiling. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling