to‘g‘risidagi ishlarni yuritish fuqarolar yoki yuridik shaxslarning (bundan buyon
matnda manfaatdor shaxs deb yuritiladi) arizalari asosida qo‘zg‘atiladi.
188-modda. Ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish
organining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi)
ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasining
xususiyatlari
Ma’muriy organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi
boshqarish organlarining, ular
mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
to‘g‘risidagi ish ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni
qabul qilgan yoki ustidan
shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor
shaxsning vakillari ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Biroq sud majlisining vaqti va joyi
to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan ushbu shaxslarning kelmaganligi ishni
ko‘rish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan
yoki ustidan shikoyat
qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan ma’muriy organning, fuqarolar
o‘zini o‘zi
boshqarish organining, mansabdor shaxsning vakillari sud majlisiga
kelishini sud majburiy deb topishi va ularni tushuntirishlar berish uchun sud majlisiga
chaqirishi mumkin.
Ma’muriy organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular
mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish chog‘ida sud ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki
uning
ayrim qismlari, harakatlar (harakatsizlik) qonuniyligini, ustidan shikoyat
qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoxud ustidan shikoyat
qilinayotgan harakatni
(harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning vakolatlarini
tekshiradi, shuningdek ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari
yoxud harakatlar (harakatsizlik) arizachining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini buzganligini aniqlaydi.