Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


“Ma’muriy ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti”


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

“Ma’muriy ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti” 
to‘g‘risida OSPQ ning 1-bandida ma’muriy ishlarning kassatsiya tartibida qayta 
ko‘rilishi birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari hujjatlarining qonuniyligi va 
asosliligi, ular tomonidan moddiy huquq normalari to‘g‘ri qo‘llanilishini va protsessual 
qonun talablariga rioya etilishini ta’minlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi. 
IV.Kassatsiya shikoyatini qaytarish tartibini tahlil qiling. 
 
Tartibga ko‘ra kassatsiya instansiyasining sudyasi tomonidan shikoyat arizasini 
qaytarish masalasi 5 kunlik muddat ichida hal etiladi. 
“Ma’muriy ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti” 
to‘g‘risida OSPQ ning 12-bandida keltirilishicha, kelib tushgan kassatsiya shikoyati 
(protesti) kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan o‘rganib chiqiladi va u 
besh kunlik muddatda MSIYutK 231-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan 
quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: 
kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish va ishni talab qilib olish 
to‘g‘risida; 
kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risida; 
kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risida. 
Kassatsiya shikoyatini (protestini) o‘rganish natijalari bo‘yicha chiqarilgan 
ajrimning ko‘chirma nusxasi besh kunlik muddatda kassatsiya shikoyatini (protestini) 
bergan shaxsga yuboriladi.


Kodeksning 224-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi 
quyidagi hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytaradi, agar: 
 kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeks 228-moddasi ikkinchi qismining 
1 — 5 bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa; 
 davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda 
to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar kassatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan 
bo‘lsa, qonunda davlat bojini to‘lash muddatini kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib 
to‘lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud 
bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa; 
 kassatsiya shikoyatiga (protestiga) uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok 
etuvchi shaxslarga yuborilganligiga doir dalillar ilova qilinmagan bo‘lsa; 
 kassatsiya shikoyatni (protestini) qaytarish to‘g‘risida ariza kelib tushgan 
bo‘lsa. 
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda kassatsiya 
shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari ko‘rsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish 
chog‘ida to‘langan davlat bojini qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi. 
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma 
nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan 
hujjatlar bilan birga yuboriladi. 
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan 
taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan 
hisoblanadi. 
Kassatsiya tartibida berilgan shikoyatni qaytarishning huquqiy oqibatiga 
to‘xtaladigan bo‘lsak, kodeksning 224-moddasi so’nggi qismida, ushbu modda birinchi 
qismining 1, 2 va 3-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni 
(protestni) bergan shaxs umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli. Ayrim 
holatlarda qayta murojaat qilish yo‘l qo‘yilmaydi, masalan, kassatsiya shikoyati 


(protesti) bo‘yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar 
bo‘yicha kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling