Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
Mazkur vaziyatda apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan amalga
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
Mazkur vaziyatda apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan amalga
oshirilishi lozim bo’lgan harakatlarni tahlil qiling. Ushbu vaziyatda apellatsiya instansiya sudi Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi kodeksning 209-moddasi birinchi qismi 2-bandiga muvofiq apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to’g’risida ajrim chiqaradi. Bunga asos apellatsiya shikoyati (protesti) qonunchilikka muvofiq apellatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lmagan sud hujjati ustidan berilganligi. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ko‘rsatiladi, apellatsiya shikoyatini berishda to‘langan davlat bojini qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi. “Davlat boji to’g’risida”gi qonunning 18- moddasi 1-qismi 3-bandiga muvofiq davlat boji to’liq yoki qisman qaytariladi. Apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va ilova qilingan hujjatlar bilan birga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Unga ko’ra, Sud alohida sud hujjati tarzida ajrim chiqargan taqdirda, ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor bo‘lgan boshqa shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa ajrim elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, apellatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. 5-savol (20%) Mazkur vaziyat bo’yicha dalillar va isbotlash masalalarini tahlil qiling. 65-moddasida dalillarga quyidagicha ta’rif berilgan, Ish bo‘yicha dalillar ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan faktlar haqidagi ma’lumotlar bo‘lib, ular asosida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arz qilingan talablari va e’tirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlaydi. Bunday ma’lumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), guvohlarning ko‘rsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling