Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


  Kazusdan kelib chiqib kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan chiqarilishi


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

5. 
Kazusdan kelib chiqib kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan chiqarilishi 
lozim bo‘lgan sud hajjatini aniqlang va uning asoslantiruvchi va qaror qismini tuzing. 
1. Ushbu savolga javob yozishda, avvalo, sudga taalluqlik o’zi nima ekanligiga aniqlik 
kiritib o’tsak. Sudga talluqlilik deyilganda, ma’muriy ishni umumiy yurisdiksiya sudlari 
bo’lmish fuqarolik, iqtisodiy, jinoiy sudlarga emas, aynan ma’muriy sudga taalluqliligini 
hamda ushbu masala yuzasidan hal qiluv qarori yoki qaror aynan ma’muriy sudlar 
tomonidan chiqarilib, muammo yoki nizoga barham berilishi nazarda tutiladi.
Bizga berilgan muammoli vaziyatga ko’ra, arizachi Madaminov Sulton maʼmuriy 
sudga ariza bilan murojaat qilib, tuman hokimining qarorini bekor qilishni so‘ragan. 
MSIYutK ning 27-moddasida, ma’muriy sudga taalluqli va ular tomonidan hal etiladigan 
ishlar ro’yxati aks ettirilgan. Ushbu ro’yxatning 1-qismi 2-bandiga ko’ra, mahalliy davlat 
hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni 
amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda 
fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish 
to‘g‘risidagi ishlar ma’muriy sudning sudloviga taalluqli ekanligi ko’rsatilgan.


“Mahalliy davlat hokimiyati organlari to’g’risida”gi qonunning 1-moddasiga ko’ra,
viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor shaxsi bo‘lib, 
ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. 
Ushbu keltirilgan normalardan ko’rinib turibdiki, arizachi Madaminov Sultonning 
maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat qilib, tuman hokimining qarorini bekor qilishni so’rab 
sudga murojaat qilishi ma’muriy sudning sudloviga taalluqli.
Lekin ushbu jarayonda arizachi tomonidan talab noto’g’ri qo’yilmoqda. Ya’ni hokimni 
qarorini bekor qilish talabi. Chunki “Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risida”gi qonunning 59-
moddasida qayd etilishicha, ma’muriy hujjat manfaatdor shaxsning arizasi yoki ma’muriy 
shikoyatiga ko‘ra ma’muriy hujjatni qabul qilgan ma’muriy organ, yuqori turuvchi 
ma’muriy organ tomonidan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa 
organlar tomonidan ham bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Ma’muriy hujjat 
qonunda belgilangan tartibda sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bundan 
ko’rinib turibdiki, arizachi hokimni qarorini bekor qilishni so’rab emas, hokim qarorini 
haqiqiy emas deb topishni talab sifatida qo’yib, o’z arizasini ma’muriy sudga taqdim 
etganda, huquqiy asosga ega bo’lardi. 
2. MSIYutK ning 12-bob(110-115-moddalar)i Sud xarajatlari bilan bog’liq 
masalalarni, 13-bob(116-121-moddalar)i esa protsessual muddatlar bilan bog’liq 
masalalarni tartibga solgan. Shuningdek, muddatlar masalasi ko’rilayotgan ish bilan bog’liq 
normalarda ham o’z aksini topgan.
Bizga berilgan muammoli vaziyatga ko’ra, 03.2023-yilda arizachi Madaminov Sulton 
maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat qilib, 12.12.2022-yildagi 10/501-sonli tuman 
hokimining qarorini bekor qilishni so‘ragan. MSIYutK ning 186-moddasiga ko’ra, agar 
ushbu Kodeksda yoki o‘zga qonunlarda boshqa muddatlar belgilanmagan bo‘lsa, ma’muriy 
organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, 
harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) manfaatdor shaxsga o‘zining huquqlari, 
erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida ma’lum bo‘lgan paytdan 
e’tiboran uch oy ichida sudga berilishi mumkin. (Hozirda ushbu normaga o’zgartirish 
kiritilgan bo’lib, shikoyat berish muddati 3 oydan 6 oyga uzaytirilgan, kazus berilgan vaqtda 


qonunchilikdagi muddat 3 oyni tashkil qilgan). Ariza (shikoyat) berishning uzrli sababga 
ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin. 
Bundan ko’rinib turibdiki, arizachi Madaminov Sulton shikoyat qilish bilan bog’liq
muddatni o’tkazib yuborgan. Lekin birinchi instansiya sudining 2023-yil 18-apreldagi hal 
qiluv qarori bilan arizachi tomonidan o‘tkazib yuborilgan sudga shikoyat qilish muddati 
uzrli deb topilib, ariza qanoatlantirilgan. Ushbu holatda muddatlar masalasi bo’yicha 
qonunchilik normalariga amal qilingan deyishga asos mavjud. 
Shuningdek, apellatsiya instansiyasi sudining 2023-yil 1-maydagi qarori bilan birinchi 
instansiya sudining hal qiluv qarori bekor qilinib, arizani qanoatlantirish rad etilgan. 
Ushbu holatda ham muddatlar masalasi bo’yicha qonunchilik normalariga amal 
qilingan deyishimiz mumkin. Chunki MSIYutK ning 203-moddasiga ko’ra, apeliyatsiya 
shikoyati hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin. 
Apellatsiya instansiyasi sudining qaroridan norozi bo‘lib, fuqaro Komilov Xayit 2023-
yil 1-iyunda Oliy sudga kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, apellatsiya instansiyasi 
sudining qarorini bekor qilib, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini kuchida 
qoldirishni so‘ragan. 
Shuningdek, ushbu holatda ham muddatlar masalasi bo’yicha qonunchilik normalariga 
amal qilingan deyishimiz mumkin. Chunki MSIYutK ning 227-moddasiga ko’ra, Kassatsiya 
shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran 
bir yil ichida berilishi mumkin. (Ammo buning uchun fuqaro Madaminov tirik bo’lishi 
lozim edi) 
MSIYutKning 110-moddasiga ko’ra, sud xarajatlari davlat bojidan va ishni ko‘rish 
bilan bog‘liq sud chiqimlaridan iborat bo‘ladi.
O’zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni 3-
moddasining 
birinchi qismiga 
muvofiq davlat boji deganda, yuridik ahamiyatga molik 
harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va 
(yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy 
to‘lov tushuniladi. 


MSIYutKning 113-moddasiga ko’ra, sud chiqimlari sud xabarnomalari va sud 
hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlaridan, sud tayinlagan ekspertizani 
o‘tkazish, guvohni chaqirish, dalillarni joyida ko‘zdan kechirish, sud majlisini 
videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlardan, shuningdek ishni 
ko‘rish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan iboratdir.
Shuningdek, Oliy Sud Plenumining “Ma’muriy ishlar bo’yicha sud harajatlarini 
undirish amaliyoti haqida”gi 20-sonli qarorining 13-bandiga ko’ra, ma’muriy ishlarni 
ko’rish bilan bog’liq chiqimlarga:
guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar; 
dalillarni joyida ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar; 
sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlari; 
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar kiradi. 
Ushbu muammoli vaziyatga ko’ra, agar fuqaro “Davlat boji to’g’risida”gi qonunning 
10-moddasida qayd etilgan, ma’muriy sudlarda davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod 
qilingan subyektlar qatorida bo’lmasa, Davlat boji stavkalarining Miqdorlari ga ko’ra, 
agar arizachi Madaminov fuqaro sifatida hokim qarori ustidan arz qilayotgan bo’lsa, bazaviy 
hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida arz 
qilayotgan bo’lsa, BHM 10 baravari miqdorida davlat boji to’lashi lozim bo’ladi.
Oliy Sud Plenumining “Ma’muriy ishlar bo’yicha sud harajatlarini undirish amaliyoti 
haqida”gi 20-sonli qarorida qayd etilishicha, umumiy qoidaga ko‘ra, ish bo‘yicha sud 
xarajatlarini nizoda nohaq bo‘lib chiqqan taraf to‘laydi. 
Shuningdek, sud harajatlarini taraflar o’rtasida taqsimlash va ularni davlat foydasiga 
undirish MSYutK 115-moddasi bilan tartibga solinadi.
Shuni aytib o’tish lozimki, sud chiqimlarimni to’lashdan ozod etish qonunda nazarda 
tutilmagan.
3. Avvalo, bu savolga javob berishda protsessual huquqiy vorislik va vakillik 
tushunchalariga to’xtalib o’tsak. MSIYutK ning 43-moddasida qayd etilishicha, taraflardan 


biri nizoli yoki sud hujjati bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan holda 
(yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, fuqaroning vafot etishi va majburiyatlardagi 
shaxslar o‘zgarishining boshqa hollarida) sud bu tarafni uning huquqiy vorisi bilan 
almashtiradi.
Vakillik deganda, bir shaxsning boshqa shaxs nomidan yuridik harakatlarni amalga 
oshirishi tushuniladi. Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi Kodeksda vakillikni ikki xil 
ko’rinishi keltirilgan. Bu qonuniy vakillik va shartnoma bo’yicha (ixtiyoriy) vakillik. 
Protsessual huquqiy vorisiylik va vakillikni farqlariga to’xtaladigan bo’lsak, bular 
o’rtasidagi asosiy farq protssesual huquqiy vorisiylik taraflardan biri nizoli yoki sud hujjati 
bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan holda sud bu tarafni uning huquqiy 
vorisi bilan almashtirishidadir. Sudda vakillikda esa fuqaroning sudda shaxsan ishtirok 
etishi uni ish bo’yicha vakilga ega bo’lish huquqidan mahrum qilmaydi. Ya’ni ishda ham 
vakil ham fuqaro o’zi ishtirok eta oladi.
4. Kazusdagi holatda birinchi istansiya sudini harakatlariga baho beradigan bo’lsak, 
Birinchi instansiya sudining 2023-yil 18-apreldagi hal qiluv qarori bilan arizachi tomonidan 
o‘tkazib yuborilgan sudga shikoyat qilish muddati uzrli deb topilib, ariza qanoatlantirilgan. 
Bunda birinchi navbatda e’tibor qaratishimiz lozim bo’lgan jarayon shuki, bu arizachi 
tomonidan arizada keltirilayotgan talab. Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risida”gi qonunning 
59-moddasiga ko’ra, sud ma’muriy hujjatni faqat haqiqiy emas deb topa oladi. Ushbu 
normalarga ko’ra sudda ma’muriy hujjatni bekor qilish vakolati yo’q. Bundan ko’rinib 
turibdiki, birinchi instansiya sudi MSIYutKning 134-moddasi 1-qismi va 1-bandiga 
asoslanib, shikoyatning talabi 128-moddadagi arizaning mazmuniga muvofiq bo’lmagan, 
qonuniy asosga ega bo’lmagan talab bo’lganligi uchun ariza sud tomonidan chiqarilgan 
ajrim asosida qaytarilishi lozim edi.
Kazusdagi holatda apellyatsiya istansiya sudini harakatlariga baho beradigan bo’lsak, 
apellatsiya instansiyasi sudining 2023-yil 1-maydagi qarori bilan birinchi instansiya 
sudining hal qiluv qarori bekor qilinib, arizani qanoatlantirish rad etilgan. Bunda arizani 
qanoatlantirish nima sababdan rad qilingani noma’lum. Balki yuqorida qayd qilinganidek, 


talab noto’g’ri qo’yilgani uchun hal qiluv qarori bekor qilinib, arizani qanoatlantirish rad 
etilgandir.
Arizachi S.Madaminov fuqaro X.Komilovga maʼmuriy ish bo‘yicha qabul qilingan sud 
qarorlari ustidan shikoyat qilish va boshqa huquqlarni beruvchi ishonchnoma bergan bo‘lsa-
da, arizachi 2023-yil 29-mayda vafot etgan. Komilov Xayit kassatsiya shikoyatiga 
Madaminov Sultonning kassatsiya shikoyati berilgan kunga qadar vafot etganligini 
tasdiqlovchi o‘lim haqidagi guvohnoma va o‘zining vakolatini tasdiqlovchi ishonchnomani 
ilova qilib, apellatsiya instansiyasi sudining qaroridan norozi bo‘lib, arizachi nomidan 2023-
yil 1-iyunda Oliy sudga kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan.
Ushbu kassatsiya shikoyati bilan bog’liq ishni ko’rishda shuni ta’kidlab o’tishimiz 
lozimki, Fuqarolik kodeksi 141-moddasi 1-qismi 6-bandiga ko’ra, ishonchnomaning amal 
qilishi uni bergan fuqaroning vafot etishi bilan tugaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, arizachi 
S.Madaminov vafot etishi bilan fuqaro X.Komilovga ishonchnoma asosida berilgan 
huquqlar ham o’z kuchini yo’qotgan. Bunday holda Oliy sud MSIYutK ning 233-moddasi 
1-qismi 1-bandiga asoslanib, kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat 
qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgani tufayli 
shikoyatni ish yuritishga qabul qilishni rad etishi lozim. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling