Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

 
6-kazus 
Tumanlararo iqtisodiy sudining 2021-yil 7-maydagi ijro varaqasiga asosan qarzdor 
“FAVORIT” MChJdan “ASAKABANK” ATIB foydasiga jami 200.000.000 so‘m kredit 
qarzi va foizlari hamda sud xarajatlari uchun 3.700.000 so‘m undirish belgilangan.
Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi ijro varaqasini ish yurituvga qabul qilib, davlat 
ijrochisining 2021-yil 8-maydagi qarori bilan ijro ishi qo‘zg‘atgan. Davlat ijrochisi 2021-
yil 19-iyunda “FAVORIT” MChJga ogohlantirish xati yuborib, 10 kun muddatda qarz 
to‘lanmasa, garovda bo‘lgan mol-mulk elektron auksion savdosiga chiqarilishini maʼlum 
qilgan. Davlat ijrochisi 2021-yil 26-iyun kuni “Mol-mulkni elektron auksion savdosiga 
chiqarish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilgan.
Shu sababli, 2021-yil 13-sentabrda “FAVORIT” MCHJ rahbari sudga shikoyat bilan 
murojaat qilib, javobgar Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi davlat ijrochisining 2021-yil 


26-iyundagi “Mol-mulkni elektron onlayn-auksionda sotish uchun chiqarish to‘g‘risida”gi 
qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan. 
Sud tomonidan protsessual muddatlar o‘tkazib yuborilganligi sababli arizani ish 
yuritishga qabul qilish rad etilgan. 
Arizachi ushbu sud qaroridan norozi bo‘lib, appelyasiya instansiyasiga shikoyat bilan 
murojaat qilmoqchi bo‘ladi. Biroq bu vaqtda MCHJ rahbari Ochilov Jonibek chet elda 
bo‘lganligi sababli turmush o‘rtog‘i Axmedova Barno o‘zini qonuniy vakil sifatida sanab, 
ushbu shikoyatni imzolaydi va sudga taqdim etadi. 
Apellasiya instansiyasi ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqardi.
1. 
Kazusdan kelib chiqib sudga taalluqlilik masalasini muhokama qiling va 
fikrlaringizni nazariy hamda huquqiy jihatdan asoslang. 
2. 
Kazusdagi vaziyatdan kelib chiqib maʼmuriy sudlarda protsessual 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling