Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
muddatlar va xarajatlar masalasini yoriting
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kazusdan kelib chiqib apellatsiya instansiya sudi tomonidan chiqarilishi kerak bo‘lgan sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini tuzing. Kazusga javob: 1.
muddatlar va xarajatlar masalasini yoriting.
3. Kazusdagi vaziyatdan kelib chiqib protsessual huquqiy vorislik va vakillikni tushuntirib bering. 4. Kazusdagi vaziyatda muddatlar masalasini va birinchi instansiya sudining harakatlarini tahlil qiling. 5. Kazusdan kelib chiqib apellatsiya instansiya sudi tomonidan chiqarilishi kerak bo‘lgan sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini tuzing. Kazusga javob: 1. Kazusdan kelib chiqib sudga taalluqlilik masalasini muhokama qiling va fikrlaringizni nazariy hamda huquqiy jihatdan asoslang. Sudlovga taaluqlilik - nizoning mazmunini, predmetini aniqlash va shu bo’yicha muayyan organga murojaat qilish. Asosan sudga taaluqlilikni arizada so’ralayotgan talabdan bilib olish mumkin. Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning 26-moddasiga ko’ra, ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir. Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning 27-moddasiga ko’ra, quyidagilar ma’muriy sudga taaluqli ishlar hisoblanadi: 1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi; . 2) mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi; 3) saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi; . 4) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi; 5) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi; 6) ushbu Kodeksning 27 1 -moddasida ko‘rsatilgan investitsiya nizolari bo‘yicha; 7) ushbu Kodeksning 27 2 -moddasida ko‘rsatilgan raqobat to‘g‘risidagi; Yuqoridagi kazusga binoan tumanlararo iqtisodiy sudning chiqargan qarori asosida Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi ijro varaqasini ish yurituvga qabul qilib, davlat ijrochisining 2021-yil 8-maydagi qarori bilan ijro ishi qo‘zg‘atgan. Davlat ijrochisi 2021- yil 19-iyunda “FAVORIT” MChJga ogohlantirish xati yuborib, 10 kun muddatda qarz to‘lanmasa, garovda bo‘lgan mol-mulk elektron auksion savdosiga chiqarilishini maʼlum qilgan. Davlat ijrochisi 2021-yil 26-iyun kuni “Mol-mulkni elektron auksion savdosiga chiqarish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilgan. “FAVORIT” MCHJ rahbari esa MIB ning ushbu xatti-harakati yuzasidan ma’muriy sudga murojaat qilgan. Lekin, ushbu kazusdagi vaziyat sodir bo’lgan 2021-yilgi holatga ko’ra, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 86 1 -moddasiga ko‘ra, iqtisodiy sud tomonidan berilgan ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisining chiqargan qarori ustidan undiruvchi yoki qarzdor tomonidan ijro hujjatini bergan iqtisodiy sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga, qaror chiqarilganligi haqida xabar qilingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda shikoyat berilishi mumkinligi belgilangan. Demak, iqtisodiy sudning chiqargan qarori asosida MIB ning xatti-harakatlari ustidan 2021-yilgi qonunchilik bo’yicha Iqtisodiy sudning o’ziga murojaat qilish mumkin. Ushbu nizoni ko’rish ma’muriy sudga taaluqli emas. 2023-yil 26-apreldagi ushbu qonunga kiritilgan o’zgarishga ko’ra, 2023-yildan boshlab ushbu turdagi nizo ma’muriy sudlarga taaluqli bo’ladi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling