Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
Kazusdagi vaziyatdan kelib chiqib protsessual huquqiy vorislik va
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
3.
Kazusdagi vaziyatdan kelib chiqib protsessual huquqiy vorislik va vakillikni tushuntirib bering. Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning 43-moddasiga ko’ra, taraflardan biri nizoli yoki sud hujjati bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan holda (yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, fuqaroning vafot etishi va majburiyatlardagi shaxslar o‘zgarishining boshqa hollarida) sud bu tarafni uning huquqiy vorisi bilan almashtiradi. Huquqiy vorislik ma’muriy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin. Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.Taraf huquqiy voris bilan almashtirilganidan keyin ma’muriy sud ishlarini yuritish almashtirish amalga oshirilgan bosqichning o‘zida davom ettiriladi. Huquqiy voris ishga kirishguniga qadar sud protsessida amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga o‘rnini bo‘shatib bergan shaxsga qay darajada majburiy bo‘lgan bo‘lsa, huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir. Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning 58-moddasiga ko’ra, Sudda yuridik shaxslarning ishlarini ularning qonunchilikda yoki ta’sis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari va (yoki) ularning vakillari yuritadi.. Fuqarolar o‘z ishlarini sudda shaxsan o‘zlari va (yoki) vakillari orqali yuritishga haqlidir. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish bo‘yicha vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum qilmaydi. Vakillik 2 xil bo’ladi: qonuniy vakillik va shartnomaviy vakillik. 59- moddaga binoan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) himoya qiladi. Belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi lozim bo‘lgan ish bo‘yicha uning vakili sifatida bedarak yo‘qolgan shaxsning mol-mulkini qo‘riqlash va boshqarish uchun tayinlangan shaxs qatnashadi. Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e’lon qilingan shaxsning merosxo‘ri ishtirok etishi kerak bo‘lgan ish bo‘yicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan bo‘lsa, vasiy yoxud meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi merosxo‘rning vakili sifatida qatnashadi. Qonuniy vakil sudda ish olib borishni o‘zi vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga ega. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik qilinayotgan shaxsning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga taalluqli ishlar ko‘rib chiqilayotganda uning manfaatlarini ko‘zlab barcha protsessual harakatlarni amalga oshiradi. O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsning, muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar ko‘rib chiqilayotganda shu shaxsning manfaatlarini ko‘zlab barcha protsessual harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi. Qonuniy vakillar va vakillar o‘z manfaatlarini ko‘zlab yoki uni vakil qilgan shaxsning manfaatlariga zid ravishda protsessual harakatlarni amalga oshirishga haqli emas. 60-moddaga muvofiq Ishonch bildiruvchi o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudda ish yuritishni shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi. Quyidagilar shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakil bo‘lishi mumkin: 1) advokatlar; 2) nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan yoki yon shajara bo‘yicha qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari; 3) yuridik shaxslarning xodimlari — ushbu yuridik shaxslarning ishlari bo‘yicha; 4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — ushbu tashkilotlar a’zolarining ishlari bo‘yicha; 5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari; 6) birgalikda protsessual ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirig‘i bo‘yicha; 7) ishni ko‘rib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida ishtirok etishga ruxsat berilgan shaxslar. Yuqoridagi kazusda MCHJ rahbari Ochilov Jonibek chet elda bo‘lganligi sababli turmush o‘rtog‘i Axmedova Barno o‘zini qonuniy vakil sifatida sanab, ushbu shikoyatni imzolaydi va sudga taqdim etadi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling