Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
Kazusdan kelib chiqib apellatsiya instansiya sudi tomonidan chiqarilishi
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27-moddasida
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.12.2019 yildagi 24-sonli qarorining 13-bandiga
- Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi 2020
5.
Kazusdan kelib chiqib apellatsiya instansiya sudi tomonidan chiqarilishi kerak bo‘lgan sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini tuzing. 1.Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning 26-moddasida ma’muriy ishlarning sudga taalluqligi borasida borasida norma keltirilgan. Shuningdek, kodeksning 27-moddasida ma'muriy sudga taalluqli ishlar qatorida davlat boshqaruv organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari yoki harakatlari(harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish mumkinligi aytib o'tilgan. Shuningdek, taalluqlilik masalalari fuqarolarning buzilgan yoki nizolashayotgan huquqlarining ma'muriy - huquqiy munosabatlaridan paydo bo'ladi. Bizga ma'lumki, huquqiy munosabatning ma'muriy- huquqiy munosabat bo'lishi uchun bir tarafda davlat organi, ikkinchi tarafda yuridik yoki jismoniy shaxslar qatnashishi lozim. Yuqoridagi vaziyatda, Bo’stonliq tuman hokimligi davlat organi bo’lib, javobgar sifatida ma’muriy ishda qatnashsa, fuqaro Abdullayeva jismoniy shaxs bo’lib arizachi sifatida ma’muriy ishda qatnashmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.12.2019 yildagi 24-sonli qarorining 13-bandiga ko'ra: "Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslari qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) qarori, harakati (harakatsizligi) nizolashilayotgan organ joylashgan yoxud mansabdor shaxs ishlaydigan joydagi tumanlararo ma’muriy sudiga beriladi". 2. Keyingi savol esa birinchi instansiya sudining harakatlarini analiz qilish bilan bog’liq. O’zi odatda birinchi instansiya sudlari ishlarni ko’rishda qanday bosqichlarni amalga oshirishini batafsil keltirganimizdan so’ng, berilgan vaziyatni tahlil qilamiz. Demak, ma’muriy sudlarda ish qo’zg’atilishiga asos sifatida odatda ma’muriy organlar yoki mansabdor shaxslarning qonunga zid bo’lgan harakatlari natijasida huquq va manfaatlariga zarar yetgan jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan berilgan arizalar asos bo’ladi. Shuningdek arizalar manfaatdor shaxslar manfaatini ko’zlab prokurorlar yoki davlat organlari tomonidan ham berilishi mumkin. Keyingi masala esa ma’muriy sud tomonidan arizani ko’rib chiqib, qabul qilish va ish qo’zg’atish hisoblanadi. MSIYTK ning 132- moddasida mazkur masala belgilab qo’yilgan : “Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilishi va ish qo‘zg‘atishi shart. Sudya ushbu Kodeks 130-moddasi birinchi qismining 1 va 3- bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani, agar arizaga davlat bojini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi yoki arizachida mavjud bo‘lmagan dalillarni talab qilib olish haqidagi iltimosnomalar ilova qilingan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan bo‘lsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qo‘zg‘atishga haqli. Sudyaning ushbu Kodeks 130-moddasi birinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda asoslantirilgan bo‘lishi kerak”. Ariza qabul qilinib ish qo’zg’atilganidan keyingi bosqich bu aynan shu ishni sud muhokamasiga tayyorlash to’g’risida ajrim chiqariladi. Bu ajrimda sudya hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan qilinishi lozim bo’lgan harakatlar, ushbu harakatlar amalga oshirilishi lozim bo’lgan muddatlar, shuningdek sud muhokamasini o’tkazish joyi va vaqti ko’rsatiladi. Sud muhokamasidan keyin sud muzokaralari boshlanadi. Unda taraflar ish bo’yicha o’zlarining og’zaki fikrlarini bildirib o’tadilar. Shuningdek, bu vaqt oralig’ida taraflar sudyaga taqdim etgan dalillar tekshiriladi. Eng so’nggi bosqich bu hal qiluv qarori qabul qilish hisoblanib, sudya ikki taraf tomonidan bildirilgan fikrlarni eshitgandan va dalillarni yaxshilab tekshirib chiqqanidan keyin ushbu ish bo’yicha hal qiluv qarori qabul qiladi. 4. Keyingi masala vaziyatdan kelib chiqqan holda, davlat boji masalasini tahlil qilish hisoblanadi. Birinchi navbatda biz o’zi davlat boji deganda nima tushunilishi kerak degan savolga javob beramiz. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi 2020- Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling